Xebey: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
Qator 1:
'''Xebey''' — Xitoyning shim. qismidagi provinsiya, sharqdan Sariq dengizning Lyaodun va Boxayvan qoʻltiqlari oʻrab turadi. Mayd. 202,7 ming km2km². Aholisi 65,7 mln. kishi (1999). Hududining katta qismi Buyuk Xitoy tekisligida, gʻarb, shim. va shim.
 
gʻarbida togʻlar bor. Daryolari zich. Maʼmuriy markazi — Shitszyachjuan sh.
Qator 5:
X. — Xitoyning eng rivojlangan provinsiyalaridan biri. Koʻmir, metallurgiya, mashinasozlik, toʻqimachilik, farforchinni sanoatlari mamlakat ahamiyatiga ega tarmoqdar. Mamlakatda qazib olinadigan koʻmirning katta qismi X.ga toʻgʻri keladi, shuningdek, temir rudalari hamda neft konlari topilgan. Koʻp tarmoqli mashinasozlik, xususan, energetika, konchilik, transport, metallurgiya, neft sanoati uchun jihozlar, q.x. mashinalari i.ch. rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Xandan va Shitszyachjuanda yirik toʻqimachilik ktlari, Tanshanda keramika kti ishlab turibdi. Provinsiyaning markaziy va sharqiy qismlari provinsiya tarkibida boʻlmagan Pekin va Tyantszin markazga boʻysunuvchi shaharlar bilan mamlakatning yagona sanoat rnini tashkil qiladi. X. — mamlakatning muhim dehqonchilik rni. Asosiy ekinlari: gʻalla va paxta, shuningdek, moyli va b. texnika ekinlari ekiladi. Q.x., asosan, shaharlar aholisini oziq-ovqat xom ashyosi bilan taʼminlashga qaratilgan. Bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, tariq, sholi ekinlari katta hududlarni egallaydi. Shuningdek, soya, yer yongʻoq, kunjut, kanop ham ekiladi. Tamakichilik, sabzavot va bogʻdorchilik bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachilikda qoramol, eshak, qoʻy va choʻchqa boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Qirgʻoqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi. Buyuk kanal orqali kema qatnaydi.
 
X. hududida qad. odam — sinantroplar qoldiqlari topilgan. Qadimda X. hududi "Yan va Yu yeri" deb nomlangan. 17-a. oʻrtalarigacha turli podshohlik va davlatlar tarkibida boʻlgan, oʻsha vaqtdan Chjili provinsiyasi tarkib topgan. 1928 y.dan X. nomi bilan ataladi.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}}
 
[[Turkum:Xebey]]
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{stub}}
 
[[Turkum:Xebey]]