Kartoshka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Kartoshka''' (Solanum tuberosum L.) — tomatdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Jan. Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Jan. va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and K.si (S.andigenum) va chili K. yoki yevropa K.si (S.tuberosum) bir yillik ekin sifatida ekiladi. K.ni Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxm. 14 ming yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565 y. keltirilgan. Rossiyada 18-a. boshlarida ekila boshlagan. Oʻzbekistonga esa 19-a.ning 70-y.laridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon boʻyicha K. ekilgan umumiy mayd. 17,9 mln. ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 mln. t (1999). Oʻzbekistonda ekin mayd. 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy (3 mln.ga), Polsha (1,2 mln.ga)da koʻp ekiladi.
 
ning 70-y.laridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon boʻyicha K. ekilgan umumiy mayd. 17,9 mln. ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 mln. t (1999). Oʻzbekistonda ekin mayd. 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy (3 mln.ga), Polsha (1,2 mln.ga)da koʻp ekiladi.
 
K. oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va b. mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. K. tuganagi tarkibida 75—80% suv, 23,7% quruq modda, shu jumladan, 17,5% kraxmal, 1—2% oqsil, 0,5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), poʻstida esa zaharli modda — solonin bor. K. kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga koʻra, bir kishi uchun yillik K. isteʼmoli mikdori 45 kg ni tashkil etadi.