Kommunizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
[[File:Hammer and Sickle Red Star with Glow.png|thumb|Kommunizm ramzi: Qizil yulduzcha ichidagi bolgʻa va oʻroq]]
'''Kommunizm''' aslida [[lotincha]] soʻz bo‘lib, „umumiylik, mushtaraklik, birgalik, ahillik“ degan maʼnolarni bildiradi. <ref>[http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=3577&Itemid=59 Ozod Sharafiddinov Eʼtiqodimni nega oʻzgartirdim?]</ref>
'''Kommunizm''' (lot. communis — umumiy) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli karashlarning umumiy nomi (ibtidoiy K., xayoliy K., "kazarma" K.i va b.). Unga koʻra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu gʻoya "ideal jamiyat" nomi bilan Platon, keyinroq T.Mor, T.Kampanella, Sh.Furye va b.ning asarlarida ilgari surildi, K. yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19—20-a.larda K.Marks, F.Engels va VM.Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, K. — kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla K. deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. K. nazariyotchilari bu ikki bosqichning oʻziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini koʻrsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oʻziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular K.da "har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha" tamoyili amal qiladi, "K.da muhim ijtimoiy tafovutlar boʻlmaydi, hamma teng boʻladi", "davlat oʻz vazifasini bajarib boʻladi va barham topadi", deb hisoblashgan.
 
larda K.Marks, F.Engels va VM.Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, K. — kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla K. deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. K. nazariyotchilari bu ikki bosqichning oʻziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini koʻrsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oʻziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular K.da "har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha" tamoyili amal qiladi, "K.da muhim ijtimoiy tafovutlar boʻlmaydi, hamma teng boʻladi", "davlat oʻz vazifasini bajarib boʻladi va barham topadi", deb hisoblashgan.
 
K. gʻoyasining asosida tarixni faqat materialistik tushunish, formatsiyaviy qarash, sinfiylik va partiyaviylik tamoyillariga asoslanish, proletariat manfaatlarinigina himoya qilish qabilar yotadi. Jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, inson erkinligi, mustaqillik va demokratiya tamoyillariga zid boʻlgan bu gʻoyalar sobiq SSSR hududida, "sotsialistik lager" deb atalgan jahon sotsialistik sistemasi davlatlarida tatbiq qilindi. 20-a. ning 20-y.laridan zoʻrlik yoʻli bilan proletariat (amalda partiya)ning maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan diktaturasi oʻrnatildi. Rivojlanish va taraqqiyotning xilma-xilligi, turli xalqlar va mamlakatlarga xos milliymaʼnaviy xususiyatlarning mavjudligi inkor etildi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining yagona kommunistik jamiyatga borishini asoslashga harakat qilindi. Birok, K.ning "erkinlik", "tenglik" toʻgʻrisidagi shiorlari soxta va asossiz ekanligi maʼlum boʻldi.