Kutubxona: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 17:
OʻzRda K.ning ommaviy, ilmiy va maxsus turlari bor. Ommaviy K.lar adabiyotlarni saralash va keng kitobxonlar ommasiga yetkazish, faoliyatida turli kitobxonlar guruhlariga moʻljallangan kitoblarni targʻib qilish va oʻqishni boshqarishda faol va taʼsirchan usullarni qoʻllaydi. Bu guruhga Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi shahar va qishloq K.lari, kasaba uyushmalarining korxonalardagi K.lari, klublar, madaniyat uylaridagi K.lar kiradi.
 
Ilmiy va maxsus K.lar fan, iqtisodiyot va madaniyatning turli tarmoqlaridagi olimlar va mutaxassislarga xizmat koʻrsatadi, shuningdek, oliy va maxsus oʻquv yurtlari talabalarining ehtiyojlarini qondiradi. Ilmiy K.larga yirik davlat, akademiya, universitet va tarmoqlar K.lari; maxsus K.larga texnika K.lari, muassasalar, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari va h.k.dagi K.lar kiradi. Saqlanayotgan adabiyotlar tarkibiga qarab K.ni universal, koʻp sohali va soha K.lariga ajratish mumkin. K.lar oʻz navbatida, faoliyati, mintakaviy darajasiga, mansubligiga qarab yana turlarga boʻlinadi (milliy K., davlat K.si, viloyat K.si, oʻsmirlar K.si, qishloq xoʻjaligi K.si va b.). Fantexnika taraqqiyoti sharoitida alohida K.kitobxonlarning talablarini qondirishga qodir emas. Shuning uchun K.larni birgalikda faoliyat koʻrsatish jarayoni koʻzatilmoqda. Bu K. tarmoqlarini markazlashtirishda namoyon boʻlmoqda.
 
kitobxonlarning talablarini qondirishga qodir emas. Shuning uchun K.larni birgalikda faoliyat koʻrsatish jarayoni koʻzatilmoqda. Bu K. tarmoqlarini markazlashtirishda namoyon boʻlmoqda.
 
Har qanday K.ning asosiy vazifasi kitob fondini jamlash, joylashtirish hamda kitobxonlarga xizmat qilishdan iborat. Kitob fondini jamlash uchun ushbu K.ga kerakli nashrlar muntazam kuzatib boriladi, aniqlanadi va ularni K.ga olish kutubxona kol-lektori orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yirik K.lar bosma nashrlarning toʻliq yoki qisman nazorat nusxasini olish xuquqiga ega, shuningdek, ular uchun mamlakat ichida va chet mamlakatlardan kitoblar sotib olish imkoni yaratiladi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish darajasi K. fondini toʻliq toʻplashga birmuncha bogʻliq.