Lev Tolstoy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 20:
'''Tolstoy Lev Nikolayevich''' [1828. 28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlogʻi — 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1873), faxriy akad. (1900). 1844—47 y.larda Qozon untining arabturk va huquqshunoslik ftlarida oʻqigan. 1851—53 y.larda Kavkazda boʻlib, janglarda ishtirok etgan. 1854 y. Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga koʻra, qamaldagi Sevastopolga utkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. T. 1855 y.da Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng "Sovremennik" ("Zamondosh") jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Chernoʻshevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin sheʼrlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati taʼsirida sheʼrlar yozgan. Birinchi yirik asari — "Inson kamolotining toʻrt davri" avtobiografik asari ("Bolalik", 1852; "Oʻsmirlik", 1852-54; "Yoshlik", 185557; "Yigitlik", yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi T.ning "Sevastopol hikoyalari" (1855) toʻplamiga kirgan hikoya va ocherklarida oʻz ifodasini topgan.
 
50-y.lar T. ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uygʻunlashtirishga harakat qiladi. T. ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil "Kazaklar" qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Bu asarda oʻz inʼikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri T.ning 60-y.lar ijodida yanada teranlashadi.
 
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olgan "Urush va tinchlik" (1863—69) epopeyasi T. ning 60-y.larda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning oʻz davri muammolaridan qochishi, deb baholagan boʻlsalarda, yozuvchi "Urush va tinchlik" romani bilan oʻz davrida roʻy bergan va oʻzi shaxsan guvoh boʻlgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 y.lardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, koʻplab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uygʻunlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-a. oʻrtalarida epik asarlar davri utdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-y.larda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa "Urush va tinchlik"dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin boʻla olmas edi. 1812 y.da Rossiyaning Napoleon qoʻshinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, T.ning rus xalqi ongidagi ana shu uygʻonishga murojaat etishi "Urush va tinchlik" romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini oʻtadi.
lar ijodida yanada teranlashadi.
 
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olgan "Urush va tinchlik" (1863—69) epopeyasi T. ning 60-y.
 
larda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning oʻz davri muammolaridan qochishi, deb baholagan boʻlsalarda, yozuvchi "Urush va tinchlik" romani bilan oʻz davrida roʻy bergan va oʻzi shaxsan guvoh boʻlgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 y.lardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, koʻplab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uygʻunlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-a. oʻrtalarida epik asarlar davri utdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-y.larda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa "Urush va tinchlik"dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin boʻla olmas edi. 1812 y.da Rossiyaning Napoleon qoʻshinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, T.ning rus xalqi ongidagi ana shu uygʻonishga murojaat etishi "Urush va tinchlik" romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini oʻtadi.
 
T.ning 70-y.lar ijodida "Anna Karenina" romani aloxdda mavqega ega. "Urush va tinchlik"dan bu romanni yozguniga qadar boʻlgan davrda T.ning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat toʻgʻrisidagi orzu umidlari roʻyobga chiqmadi. 60-y.lardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda T.ning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli oʻylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizigʻiga ega boʻlgan tarixi tasvir etilgan. T., aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta eʼtiqod qoʻygan, hayotda roʻy berayotgan voqealarga va kishilarning xattiharakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga boʻlgan munosabatiga, shakshubhasiz, taʼsir oʻtkazgan. T.ning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir boʻlayotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat aʼzolarida qanday chirkin xislatlar mavjud boʻlmasin, kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi.