Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 21:
M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20—15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu yerda turli davrlarda Gʻarbiy yarim shardagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri mavjud boʻlgan. Mil. av. 1ming yillik oʻrtalaridan aholi oʻtroq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, sanʼat taraqqiy etgan. Milod boshlarida Markaziy Amerikaning shim.-gʻarbiy qismida mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning boshlarida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida atsteklar ham bor edi, ular hozirgi Mexiko sh.ni barpo etdilar va 14-a.da yirik davlat tuzdilar, bu davlat 15-a.da Markaziy va Jan. M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu yerda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish texnikasi, tasviriy sanʼat birmuncha rivoj topdi. 1517 y. M.ni ispanlar bosib ola boshladilar. 16-a. oxiriga kelib M. xududi butunlay zabtetildi. Yangi Ispaniya vitseqirolligi tuzildi, butun hokimiyat ispan zamindorlari qoʻl ostiga oʻtdi. Mahalliy aholining aksar qismi oʻz yerlaridan mahrum etildi, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik cherkoviga tobe boʻlib qoldi. Ocharchilik, kasalliklar koʻplab indeyslarning yostigʻini quritdi (ispanlar zabt eta boshlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys boʻlgan boʻlsa, 1605 y.ga kelganda 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Ishchi kuchi yetishmay qolgach, Afrikadan koʻplab negr qullar keltirila boshladi. I. ch. sanoatining rivojlanishiga turli yoʻllar bilan toʻsqinlik qilindi, koʻpchilik ekinlarni ekishni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotish davlat monopoliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi bosh koʻtarib bir necha bor qoʻzgʻolon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ichki bozorning vujudga kelishi, milliy ongning uygʻonishi taʼsirida 19-a.ning boshlarida meksikan millati tarkib topa boshladi.
 
Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi davrida (1810—26), xususan, 1810—15 y.larda M.da M. Idalgo va X. M. Morelos rahbarligida dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi, bu qoʻzgʻolon sha-fqatsiz bostirildi. Ispaniyadagi 1820—23 y.lar inqilobi va Jan. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan koʻtarilishiga sabab boʻldi. A. Iterbude boshchiligidagi harakat keng xalq ommasi tomonidan koʻllab-quvvatlandi. 1821 y. M. mustaqil davlat, 1824 y. esa respublika deb eʼlon qilindi. 1845 y. AQSH Texasni, 1846—48 y.lardagi Amerika-Meksika urushi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarshi uyushtirilgan Angliya-Fransiya-Yspaniya intervensiyasi meksikan xalqining qahramonona qarshiligiga uchrab, interventlarning magʻlubiyati bilan tugadi. 1877-80 va 1884-1911 y.larda general P. Dias prezident boʻlib turdi; ana shu davrda fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, kongress oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 20-a.ning boshlaridan inqilobiy yuksalish roʻy bera boshladi. 1910 y.da dehqonlar harakati avj olib ketdi. F. Vilya, E. Sapata dehqonlar harakatining eng yirik rahbarlari edilar. 1910—17 y.larda M.da inqilob boʻlib oʻtdi. 1911 y. may oyida Dias rejimi agʻdarib tashlandi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi.
 
ning boshlaridan inqilobiy yuksalish roʻy bera boshladi. 1910 y.da dehqonlar harakati avj olib ketdi. F. Vilya, E. Sapata dehqonlar harakatining eng yirik rahbarlari edilar. 1910—17 y.larda M.da inqilob boʻlib oʻtdi. 1911 y. may oyida Dias rejimi agʻdarib tashlandi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi.
 
1929—33 y.lardagi jahon iktisodiy boʻhroni davrida inqilobiy harakat kuchaydi va milliy inqilobiy partiyaning radikal qanoti vakili L. Kardenas-idelrio prezident qilib saylandi. Uning hukumati (1934—40) mu-him oʻzgarishlar qildi, yer islohoti oʻtkazdi.
Qator 55 ⟶ 53:
Adabiyoti 16-a.ga kadar tub joy indeys qabilalari tillarida, ispanlar bosib olganidan keyin ispan tilida rivojlandi. Mustamlakachilikdan avvalgi davrda mayya (3—9-a.lar) va atsteklar (14—16-a.lar) adabiyoti gʻoyat ravnaqtogshi. Mustamlakachilik davridagi adabiyot yevropacha anʼanalar yoʻlidan bordi. Xalq ogʻzaki ijodiyoti ham uzluksiz rivojlanib adabiyotga kuchli taʼsir etib turdi.
 
Ispan gumanist maʼrifatparvari B. de Las Kasas adabiyotning rivojida katta rol oʻynadi. Ispan tilida ilk bor E. Kartesning "Ispan qirollariga mak-tublar", B. Dias del Kastiloning "Yangi Ispaniya istilochilarining asl tarixi" asarlari vujudga keldi. B. de Valbuenaning "Meksikaning latofati" dostoni (1604) M. mavzuidagi birinchi asar boʻldi. 17-a. adabiyotida sheʼriyat asosiy oʻrinni egalladi. 18-a.da R. Landivarning "Meksika qishlogʻi" (1781), F. Klavixeroning "Meksikaning qadimgi tarixi" (1780—81) dostonlari maydonga keldi. Mustaqillik uchun kurash yillarida (1810—24) A. Kintan Rooning inqilobiy sheʼrlari shuhrat qozondi (milliy madhiya —"Oʻn oltinchi sentyabr" va b.). X. X. Fernandes de Lisardaning "Perikilo Sarniyento" romanida mustamlakachilik tuzumi qattiq tanqid qilindi.
 
da R. Landivarning "Meksika qishlogʻi" (1781), F. Klavixeroning "Meksikaning qadimgi tarixi" (1780—81) dostonlari maydonga keldi. Mustaqillik uchun kurash yillarida (1810—24) A. Kintan Rooning inqilobiy sheʼrlari shuhrat qozondi (milliy madhiya —"Oʻn oltinchi sentyabr" va b.). X. X. Fernandes de Lisardaning "Perikilo Sarniyento" romanida mustamlakachilik tuzumi qattiq tanqid qilindi.
 
Mustaqil M. adabiyotida paydo boʻlgan birinchi badiiy yoʻnalish romantizm edi. M. Akunya, G. Priyetoning sheʼrlari va M. Payno ("Shaytonning nayranglari"), L. Inklan ("Astusia...")ning M. milliy mustaqilligini haqqoniy va badiiy tasvirlagan tari-xiy romanlari romantizm ruhida yozildi. 19-a.da M. sheʼriyatida modernizm paydo boʻldi (M. X. Oton, S. Dias Miron, A. Nervo va b.)19-a. oxirida, P. Dias diktaturam davrida nasriy realistik tamoyil vujudga keldi. R. Delgado, X. Lopes Portilo-i-Roxas romanlarida mamlakat ijtimoiysiyosiy hayotining qaramaqarshiligi va illatlari fosh etildi. 1910—17 y.lardagi burjuademokratik inqilob M.da tarakdiypar-var adabiyotning rivojlanishiga sabab boʻldi. M. Asuelaning "Pastdagilar" (1916) romanida kurashayotgan xalqsiymosi va ommaviy harakatlar aks ettirilgan. M. L. Gusman ("Burgut bilan ilon", 1928), G. Lopes-i-Fuentes ("Harbiy lager", 1931; "Mening generalim", 1934) va b. yozuvchilarning asarlari ham shu ruxda yozildi.
Qator 74 ⟶ 70:
Mustamlaka davrida cherkovlarning sirti va ichi xilma-xil oʻymakorlik uslubida bezatildi, ayniqsa, 18-a.da ultrabarokko (hashamdorlik) rivoj topdi, yogʻoch oʻymakorligi usulida rangbarang haykallar yasash, diniy mavzudagi rangtasvir va odamlar qiyofasini chizish (B. de Echave, M. Kabrera), keyinchalik akademik haykaltaroshlik (M. Tolsa) urf boʻldi.
 
19-a,da M. tasviriy sanʼatida Yevropa badiiy madaniyati oʻziga yoʻl ocha boshladi. Shu bilan birga, tasviriy sanʼ-atda milliy mavzuga qiziqish boshlandi. 19a. oxiri — 20-a.boshlarida M.tasviriy sanʼatiga Yevropadagi yangi badiiy oqimlar ("modern", impressionizm) taʼsir eta boshladi. Bir qancha sanʼatkorlar (X. Murilo, S. Erran) M. sanʼatini tiklash, zamonaviy milliy uslub yaratish gʻoyasini olgʻa surdilar. X. G. Posada esa xalq badiiy anʼanalari bilan bogʻliq inqilobiydemokratik satirik grafikaga asos soldi. 50—60-y.larda mahobatli tasviriy sanʼatda yangi meʼmorlik binolari bilan bogʻliq asarlar (bezakli mozaika, boʻrtiq mozaika, naqshlar) asosiy oʻrin tuta boshladi. M.da tasviriy sanʼat va grafikaga Karaganda zamonaviy haykaltaroshlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq sanʼatida indeys va ispan sanʼati anʼanalari qoʻshilib ketgan.
 
tasviriy sanʼatiga Yevropadagi yangi badiiy oqimlar ("modern", impressionizm) taʼsir eta boshladi. Bir qancha sanʼatkorlar (X. Murilo, S. Erran) M. sanʼatini tiklash, zamonaviy milliy uslub yaratish gʻoyasini olgʻa surdilar. X. G. Posada esa xalq badiiy anʼanalari bilan bogʻliq inqilobiydemokratik satirik grafikaga asos soldi. 50—60-y.
 
larda mahobatli tasviriy sanʼatda yangi meʼmorlik binolari bilan bogʻliq asarlar (bezakli mozaika, boʻrtiq mozaika, naqshlar) asosiy oʻrin tuta boshladi. M.da tasviriy sanʼat va grafikaga Karaganda zamonaviy haykaltaroshlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq sanʼatida indeys va ispan sanʼati anʼanalari qoʻshilib ketgan.
 
== Musiqasi ==
M. musiqasi qadimdan oʻziga xos va boy. Mahalliy aholi, jumladan, qad. atsteklar turmushida (mas, diniy va ibodat marosimlarida, ish paytlarida) musika katta rol oʻynagan. Bir qancha shaharlarda maxsus musika maktablari boʻlgan. Birmuncha sof "indeys musiqasi" ayrim chekka joylardagi tub aholi oʻrtasida hanuz saqlanib qolgan. Hoz. M. hududining katta qismida ispan va kreol musiqa madaniyati taʼsirida indeys musiqasi ham uchrab turadi. Qad. cholgʻu asboblari — gitara hamda unga oʻxshash gitarron va haranita, skripka, arfa, truba koʻpdan mashhur.
 
Professional musiqa 16-a.dan rivojlana boshladi, 19-a. boshlaridan poytaxt va yirik shaharlarda italyan kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1825 y. Mexikoda birinchi musiqa akademiyasi, 1826 y. simfonik orkestr paydo boʻldi. 1866 y. konservatoriya ochildi. 19-a.ning oʻrtalaridan opera janrida ishlaydigan milliy kompozitorlar paydo boʻla boshladi. S. Revu-eltas va Ch. Chaves (20-a.ning 1-yarmi) milliy kompozitorlar maktabining asoschilaridir. Kompozitorlar L. Sandi, D. Ayala, B. Galindo, R. Alfter, dirijyor L. Errera de la Fuente, skripkami G. Shering , pianinochilar K. Baraxas va M. T. Kastrilon, gitarachi A. Bribyeska, ashulachilar X. Araya, E. Kasanovas yetakchi musiqa arboblaridir. Mexikoda Milliy simfonik orkestr, Un-t simfonik orkestri, Milliy opera, universitet huzurida oliy musiqa maktabi ishlaydi. Bir qancha shtatlarda simfonik orkestrlar bor. Xalq musiqasini ijro etadigan koʻplab vokal-instrumental ansambllar katta muvaffaqiyat qozongan.
 
ning 1-yarmi) milliy kompozitorlar maktabining asoschilaridir. Kompozitorlar L. Sandi, D. Ayala, B. Galindo, R. Alfter, dirijyor L. Errera de la Fuente, skripkami G. Shering , pianinochilar K. Baraxas va M. T. Kastrilon, gitarachi A. Bribyeska, ashulachilar X. Araya, E. Kasanovas yetakchi musiqa arboblaridir. Mexikoda Milliy simfonik orkestr, Un-t simfonik orkestri, Milliy opera, universitet huzurida oliy musiqa maktabi ishlaydi. Bir qancha shtatlarda simfonik orkestrlar bor. Xalq musiqasini ijro etadigan koʻplab vokal-instrumental ansambllar katta muvaffaqiyat qozongan.
 
M.da balet sanʼati ayniqsa rivoj topgan. M. xoreografiya sanʼati raqs folklori va indeyslarning qad. raqslari bilan ispan raqqoslarining anʼanalari zaminida paydo boʻlgan. Hoz. sahna raqsi 30-y.larda amerikacha "modern" raqsi taʼsirida tarkib topa boshlagan. Folklor bilan "modern" raqsining qoʻshilishidan oʻziga xos milliy raqs shakllari paydo boʻldi. 1966 y.dan Mexikoda har yili xalqaro raqs tanlovlari oʻtkaziladi. 1947 y.dan Milliy balet, 70-y.lardan M. raqsi akademiyasining zamonaviy balet jamoasi, mustaqil balet truppasi va b. ishlab turibdi. M. folklor baleti chet ellarda ham juda mashhur.
Qator 93 ⟶ 83:
 
== Kinosi ==
19-a. oxiridan kinoxronika paydo boʻldi, 1905 y. birinchi badiiy film koʻyildi. 1910 y.da M. mustaqillik kurashi haqidagi "Alam hayqirigʻi" filmi, qisqa metrajli komediya va melodramalar chiqarildi. 30-y.lardan ovozli kino rivojlana boshladi. S. M. Eyzenshteyn boshchiligida 1931—32 y.larda M. haqidagi film yaratilishi M. kino arboblari hayotida katta voqea boʻldi. 20-a. 30—40-y.larida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizolar, xalq hayoti aks ettirildi. "Mariya Kandelyariya" (1944), "Durdona" (1947), "Rio Eskondido" (1948), "Qishloqi qiz" (1949) kabi badiiy jihatdan yuksak kinofilmlar butun dunyoga ma-shhur boʻldi. M. kino sanʼatining key-ingi eng yaxshi asarlari: "Gʻisht teruvchilar" (rej. X. Fone), "Janubdagi uy" (rej. S. Olxovich), "Pastkash odamlar" (rej. X. Estrada),’ "Xuan Peres Xolote" (rej. A. Burns), "100-meridian" (rej. A. Xoskovich). M.da yiliga 70 dan ortiq badiiy film ishlanadi, 2000 kinoteatr bor, Oʻzbekiston — M. muiosabatlari. Garchi Oʻzbekiston bilan M. oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida hukumatlararo bitim tuzilmagan boʻlsa ham, oʻzaro savdo-sotiq aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. OʻzR bilan M. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1998 y.da 1855,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. "Savdoiqtisodiy hamkorlik" va "Investitsiyalarni ragʻbatlantirish hamda oʻzaro himoya qilish" toʻgʻrisida shartnomalar tuzish masalasi koʻrib chiqilayotir.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
19-a. oxiridan kinoxronika paydo boʻldi, 1905 y. birinchi badiiy film koʻyildi. 1910 y.da M. mustaqillik kurashi haqidagi "Alam hayqirigʻi" filmi, qisqa metrajli komediya va melodramalar chiqarildi. 30-y.
 
lardan ovozli kino rivojlana boshladi. S. M. Eyzenshteyn boshchiligida 1931—32 y.larda M. haqidagi film yaratilishi M. kino arboblari hayotida katta voqea boʻldi. 20-a. 30—40-y.larida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizolar, xalq hayoti aks ettirildi. "Mariya Kandelyariya" (1944), "Durdona" (1947), "Rio Eskondido" (1948), "Qishloqi qiz" (1949) kabi badiiy jihatdan yuksak kinofilmlar butun dunyoga ma-shhur boʻldi. M. kino sanʼatining key-ingi eng yaxshi asarlari: "Gʻisht teruvchilar" (rej. X. Fone), "Janubdagi uy" (rej. S. Olxovich), "Pastkash odamlar" (rej. X. Estrada),’ "Xuan Peres Xolote" (rej. A. Burns), "100-meridian" (rej. A. Xoskovich). M.da yiliga 70 dan ortiq badiiy film ishlanadi, 2000 kinoteatr bor, Oʻzbekiston — M. muiosabatlari. Garchi Oʻzbekiston bilan M. oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida hukumatlararo bitim tuzilmagan boʻlsa ham, oʻzaro savdo-sotiq aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. OʻzR bilan M. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1998 y.da 1855,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. "Savdoiqtisodiy hamkorlik" va "Investitsiyalarni ragʻbatlantirish hamda oʻzaro himoya qilish" toʻgʻrisida shartnomalar tuzish masalasi koʻrib chiqilayotir.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->