Nikolay Rerix: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Rerix Nikolay Konstantinovich''' [1874.27.9 (9.10), Peterburg — 1947.13.12, Nagar, Hindistonning Panjob shtati] — rus rassomi, arxeolog , jamoat arbobi. Peterburg BAda oʻqigan (1893—97), Parijda malakasini oshirgan (1900—01). Rassomlarni ragʻbatlantirish jamiyati kotibi (1901 y.dan) va uning qoshidagi racm maktabi direktori (1906—18). Peterburg BA akad. (1909 y.dan). "Sanʼat dunyosi" birlashmasi aʼzosi (1910—19 y.lar uyushma raisi). 1918 y.dan xorijda (AQSH va Hindistonda) yashagan. R. ijodi mavzuini uning arxeologiya hamda slavyan va Skandinaviya mamlakatlariga, 20-y.lardan buddizmga boʻlgan qiziqish belgiladi ("Dozor", 1905; "Tibet. Monastir", 1942; ikkalasi ham Rus muzeyida); dastlab tarixiy mavzularda asarlar yaratgan R. ijodida keyinchalik manzara, tabiat koʻrinishlari yetakchi oʻrinni egallay boshladi: "Chopar" (1897), "Dengiz ortidan kelgan mehmonlar" (1901), "Shahar qurmoqdalar" (1902) va b.
 
lardan buddizmga boʻlgan qiziqish belgiladi ("Dozor", 1905; "Tibet. Monastir", 1942; ikkalasi ham Rus muzeyida); dastlab tarixiy mavzularda asarlar yaratgan R. ijodida keyinchalik manzara, tabiat koʻrinishlari yetakchi oʻrinni egallay boshladi: "Chopar" (1897), "Dengiz ortidan kelgan mehmonlar" (1901), "Shahar qurmoqdalar" (1902) va b.
 
R., shuningdek, teatr dekoratsiyasi (I.V.Stravinskiy, "Muqaddas bahor" baleti, 1913; A.P.Borodin, "Knyaz Igor" operasi, 1914 va b.) va monumental sanʼatda ham ijod qilgan. Markaziy va Sharqiy Osiyoda yirik ekspeditsiyalar uyushtirgan (1924—28 va 1934— 35) hamda qimmatbaho arxeologik va etnografik materiallar toʻplagan.