Sabron: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Sabron''', Savron — Turkiston sh.ning shim.da mavjud boʻlgan qad. shahar va viloyat. Maxmud Koshgʻariyning yozishicha, S. yirik turk qabilasi — oʻgʻuzlar qoʻlida boʻlgan. S. 10-a.da kuchli chegara qalʼa hisoblangan. Maqdisiyning yozishicha, u 7 qator devor bilan oʻralgan. 11-a.dan shahar bir necha asr oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, chunki Chingizxon yurishlari haqidagi asarlarda S. umuman tilga olinmaydi. Yoqut Hamaviy (13-a.) ham uning ajamlar (arab boʻlmagan xalqlar), yaʼni turkiy xalqlar shahri boʻlganligini taʼkidlaydi. S. oʻtuzlar hududi bilan qoʻshni turkiy qabila — kimaklar (qipchoqlarning bir toifasi) yeri chegarasida joylashgan boʻlib, baland devorlar bilan ihota qilingan. 1065 y. S saljuqiy sultonlardan boʻlgan Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. 13-a.da Joʻji ulusining sharqiy kismi — Oq Oʻrdaga tobe boʻlgan. Amir Temurning Oltin Oʻrdaga kilgan yurishlari davrida qattiq shikastlangan.
 
dan shahar bir necha asr oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, chunki Chingizxon yurishlari haqidagi asarlarda S. umuman tilga olinmaydi. Yoqut Hamaviy (13-a.) ham uning ajamlar (arab boʻlmagan xalqlar), yaʼni turkiy xalqlar shahri boʻlganligini taʼkidlaydi. S. oʻtuzlar hududi bilan qoʻshni turkiy qabila — kimaklar (qipchoqlarning bir toifasi) yeri chegarasida joylashgan boʻlib, baland devorlar bilan ihota qilingan. 1065 y. S saljuqiy sultonlardan boʻlgan Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. 13-a.da Joʻji ulusining sharqiy kismi — Oq Oʻrdaga tobe boʻlgan. Amir Temurning Oltin Oʻrdaga kilgan yurishlari davrida qattiq shikastlangan.
 
Shayboniylar davrida muhim strategik qalʼa hisoblangan. 16-a.ga kelib baland devor va chuqur xandaklar bilan oʻralgan mustahkam qalʼa sifatida qayd etilgan. Mashhur avliyo Mir Arab S.lik boʻlgan. 200 ta hind qullari kavlagan, dunyoda tengi yoʻq 2 ta koriz qurdirgan. Sdan 1 farsax narida boʻlgan korizning boshlanishi ustiga qalʼa qurilgan. Suv, hoʻkiz bilan aylantirilgan chigʻir orqali yuqoriga olib chiqilgan. 1582 y. Abdullaxon II shaharni egallagan, kanal qazish, dehqonchilik ishlarini yana yoʻlga qoʻygan, lekin S. oz fursatdan soʻng qozokdar hukmronligiga oʻtgan. Rossiya imperiyasining bosqini paytida qalʼa sifatida mavjud boʻlmagan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>