Sugʻorish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ (3) using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 5:
S. qadimiy davrlardan boshlab sugʻormasdan hosil olib boʻlmaydigan issiq mintaqalarda, keyinchalik esa yogʻin notekis yogʻadigan, natijada qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan barqaror hosil olinmaydigan zonalarda rivojlandi. Misr, Mesopotamiya, Oʻrta Osiyo, Meksika, Eronning quruq iqlimida odamlar toshqin suvlar bosadigan maydonlarda oziqovqatga yarokli oʻsimliklarni oʻstirishga oʻrgandi. Keyinchalik bunday yerlar marzalar bilan oʻralib, ularda suvni uzoq vakt saqlab qolish va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan muntazam hosil olish imkoni yaratildi. Surxondaryo vohasi, Fargʻona vodiysining sharqiy qismi, Amudaryo deltasi, Zarafshon daryosi havzasida oʻtkazilgan arxeologik qazishlar muntazam S. Oʻrta Osiyoda mil. av. 2ming yillikda boshlanganligidan dalolat beradi. Amudaryoning quyi oqimida mil. av. 8—7-a.dan mil. 3asrgacha S. juda taraqqiy etgan. S.ning rivojlanishi va sugʻoriladigan maydonlarning kengayishi bilan suvni uzoq masofalarga olib borish ehtiyoji paydo boʻldi. Bosh inshooti sodda boʻlgan dastlabki kanallarning barpo qilinishi mil.dan av. 1ming yillik oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Oʻrta asrlarda sugʻorma dehqonchiliqda buyuk kashfiyot — birinchi suv koʻtargich — chigʻir yaratildi. Natijada ariklar yoki tabiiy suv manbalaridan balandda joylashgan kichikroq yer uchastkalarini sugʻorish mumkin boʻldi.
 
Oʻrta Osiyoda sugʻoriladigan yerlarning keskin kengayishi 19-a. oxirlariga toʻgʻri keladi. Ammo yangi yerlarni rejali oʻzlashtirish va dehqonchilikka yaroqsiz boʻlib qolgan sugʻoriladigan yerlarni qayta tiklash, katta maydonlarni S. imkoniyatini beradigan yirik sugʻorish sistemalarini barpo etish faqat 20-a.ning 20y.laridan boshlab olib borildi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda faqat 1965— 90y.larda sugʻoriladigan yerlar maydoni 5,8 mln.ga (1965)dan 8,8 mln.ga ga yetadi. Oʻzbekistonda esa 2001 y.da 4,3 mln.ga sugʻoriladigan yerlarda dehqonchilik qilindi (1914 y.da 1,8 mln.ga).
 
ning 20y.laridan boshlab olib borildi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda faqat 1965— 90y.larda sugʻoriladigan yerlar maydoni 5,8 mln.ga (1965)dan 8,8 mln.ga ga yetadi. Oʻzbekistonda esa 2001 y.da 4,3 mln.
 
ga sugʻoriladigan yerlarda dehqonchilik qilindi (1914 y.da 1,8 mln.ga).
 
Sugʻoriladigan yer maydonlarining kengayishi qishloq xoʻjaligi.da suv isteʼmolining koʻpayishiga olib keldi. Natijada suv ombori qurish yoʻli bilan daryo oqimlarini mavsumiy, keyingi yillarda esa koʻp yillik tartibga solish muhim masalaga aylandi. Yuqori quvvatli nasoslarning yaratilishi qariyb 250– 300 m³/s suvni bosqichmabosqich balandlikka koʻtarib, qishloq xoʻjaligi. ekinzorlarini mashina yerdamida sugʻorishga imkon berdi. Hoz. davrda Orol dengizi havzasida jami yillik hajmi 105 mlrd. m³ boʻlgan umumiy oqimning 95 mlrd. m³ suvi Sta sarflanmoqda. Bu esa suv resurslarini toʻldirish va sugʻorish sistemasining barcha boʻgʻinlarida suvni tejashni taqozo qiladi. Suv resurslarini toʻldirish asosan suvni havzalararo qayta taqsimlash (AmuBuxoro, AmuQorakoʻl, Qoraqum va b. kanallar), oqova va shoʻrlangan drenaj suvlaridan qayta foydalanish hisobiga amalga oshirilmoqda.