Teatr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 20:
Ikkinchi jahon urushi yillarida Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov sh.laridan koʻchib kelgan teatrlar mamlakatimiz shaharlarida oʻz faoliyatini olib bordi. 50—60y.larda Hamza nomidagi akademik drama teatri va b. teatrlarda turli mavzu, sermazmun, ijtimoiypsixologik, maishiy va falsafiy, rangbarang uslubda spektakllar sahnalashtirildi. 1968 y. "Yosh gvardiya" teatri (hoz. Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri) tashkil qilindi.
 
70—80y.lar T.da ziddiyatli davr boʻldi; bir tomondan, milliy anʼanalarga eʼtibor kuchaygan boʻlsa, ikkinchidan, dabdababozlik, hayotni xaspoʻshlab koʻrsatish avj oldi. 1976 y. "Ilhom" teatrstudiyasi ish boshladi. 1986 y. Respublika Satira teatri tashkil topdi. 80y.larning 2yarmida hayotni haqqoniy aks ettirish, janrlar rangbarangligi, tomoshaviylikka intilish mayllari yuzaga kelib, astasekin kuchayib bordi. Bu davrda Abror Hidoyatov nomidagi T. yetakchi oʻringa chiqib oldi.
 
larning 2yarmida hayotni haqqoniy aks ettirish, janrlar rangbarangligi, tomoshaviylikka intilish mayllari yuzaga kelib, astasekin kuchayib bordi. Bu davrda Abror Hidoyatov nomidagi T. yetakchi oʻringa chiqib oldi.
 
Oʻzbekiston mustaqil davlat deb eʼlon qilingach, oʻzbek T. i hayotida ham yangi davr boshlandi. Istiklol tufayli milliy merosga tayanib ijod qilish, milliy qadriyatlar, anʼanalarni tiklashga intilish jiddiy tuye oldi. Bu davrda oʻzbek T.ida quyidagi ilgʻor tendensiyalar, ijodiy izlanishlar koʻzga tashlanadi: birinchidan, T.lar repertuarida tarixiy mavzuning salmogʻi oshdi. Buyuk ajdodlarimiz — allomalar, shoirlar, davlat arboblari, lashkarboshilarning hayoti va taraqqiyot uchun kurashini yorituvchi oʻnlab sahna asarlari yaratildi. Sahnalarda shoʻrolar davrida hatto tilga olish man etilgan Bahouddin Naqshband, Hakim atTermiziy, Imom alBuxoriy kabi allomalar, "Avesto" kitobi asosida Zardushtiy hayotini yorituvchi sagʻna asarlari vujudga kelib, davrimiz tomoshabinlari maʼnaviyatini boyitdi, tarixiy, diniy eʼtiqodga nisbatan qarashlarni oʻzgartirdi. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar haqida yaratilgan 20 ga yaqin sahna asarlari maʼnaviy va madaniy hayotimizda katta voqea buldi. Ikkinchidan, zamonaviy oʻzbek T.ida tasavvuf bilan bogʻliq "Muqabbat sultoni", "Mashrab" (Milliy teatr), "Xitoy malikasining siri" (rus teatri), "Umar Xayyom", "Ato etilgan muhabbat tariqati" (Oʻzbekiston yoshlar teatri), "Na falakman, na farishta" (Muqimiy teatri), "Shayh sanʼon", "Raqsu samoʼ" ("Eski masjid" teatr studiyasi) kabi spektakllar T.larimizning eng murakkab mavzularga dadil qoʻl urayotganlari, yangi manbalarni ochayotganlaridan dalolatdir. Shu yoʻnalishda Alisher Navoiy asarlarini T. sahnasida yangicha talqin etish boshlandi. Uchinchidan, jahon va milliy mumtoz dramaturgiya namunalarini zamonaviy talqin va vositalarda sahnalashtirish boshlandi. Navoiy, Shekspir, Molyer, Ayniy, Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Gʻafur Gʻulom asarlarining sahnaviy talqinlari shundan guvohlik beradi. Toʻrtinchidan, T.larda ilgari qoloqlik belgisi sifatida qarab kelingan etnografiya va folklor manbalari vositalaridan foydalanish butun bir uslubiy yoʻnalish sifatida koʻzga yaqqol tashlanib, sahna sanʼatining milliy oʻziga xosligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. "Alpomish" qahramonlik dostoni asosida poytaxt va viloyat T.lari sahnalarida yaratilgan 10 ga yaqin spektakllar ham bu yoʻnalishning istiqbolidan nishonadir. Beshinchidan, dramaturgiya va T.da zamonaviy mavzularda asarlar yaratilib, sahnalashtirish yildan yilga sezilarli tuye olib bormoqda. Zamonaviy mavzular koʻproq melodrama, komediya, tragikomediya janrlari doirasida ishlanmoqda. Ayniqsa, maishiyaxloqiy komediyalar T.lar repertuaridan keng oʻrin egalladi.