Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 25:
T. — konchilik va kayta ishlash sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Tabiiy resurs zaxiralari oz boʻlishiga qaramay, Afrikadagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yalpi ichki maxsulotda qishloq xoʻjaligi. va baliq ovlashning ulushi 11,7%, kon sanoatining ulushi 4%, ishlab chiqarish. sanoatining ulushi 18,5%.
 
Qishloq xoʻjaligida aholining 60% band. Q.x.ga yaroqli yerlar 8 mln. gektarga yaqin. 3,2 mln. gektari ekinzor, 2,6 mln. gektari yaylov, 150 ming ga yer sugʻoriladi. Gʻalla yetishtirish va yaylov chorvachiligi muhim ahamiyatga ega. Asosiy ekinzorlari mamlakatning shim. va shim.sharqida joylashgan. Bugʻdoy, arpa, sitrus mevalar, zaytun, xurmo, sabzavot, uzum, bodom, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, qoramol, eshak, xachir, tuya boqiladi. Parrandachilik sanoat asosida tashkil etilgan. Tel togʻlarida oʻrmon mahsulotlari, ayniqsa, poʻkakli daraxt poʻstlogʻi, jan.da qogʻoz sanoatida ishlatiladigan alfa oʻti yigʻiladi. Hammomot va Qobis qoʻltiqlarida, Karqanna o.lari sohilida baliq ovlanadi.
 
da qogʻoz sanoatida ishlatiladigan alfa oʻti yigʻiladi. Hammomot va Qobis qoʻltiqlarida, Karqanna o.lari sohilida baliq ovlanadi.
 
Sanoatida kon, elektrotexnika, tikuvchilik, toʻqimachilik, charmpoyabzal tarmoklari va xizmat koʻrsatish sohasi rivojlangan. Oziq-ovqat, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari bor. Kon sanoatida neft, fosforit, temir, rux rudasi qazib chiqarish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish. sanoati korxonalarining aksariyati mamlakatning shim.sharqiy Femida barpo etilgan. Chekka rnlarda sement ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 6,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (gilam va savat toʻqish, kulolchilik, mis va jezdan bezak buyumlarni yasash) rivojlangan. T.y. uzunligi 2,2 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 22,5 ming km. Asosiy dengiz portlari: Tunis, Sfaks, Bizerta, Qobis, Sexira. Tunis sh. yaqinida xalqaro aeroport bor. T. chetga neft va neft mahsulotlari, gazmol, zaytun yogʻi, vino, fosforit chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va keng isteʼmol mollari oladi. Fransiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — tunis dinori.