Turkiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (2) using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 15:
Davlat tuzumi. T. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1982 y.da qabul qilingan (bir necha marta tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Axmet Nejdet Sezer), u Buyuk Millat Majlisi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 y. muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi oliy parlament — T. Buyuk Millat Majlisi. Oliy ijroiya hokimiyati xukumat boʻlib, uni Bosh vazir (Bosh boqon) boshqaradi. Bosh vazirni prezident deputatlar orasidan tayinlaydi.
 
Tabiati. T. tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. [[Barish Oʻzbek]] Relyefining aksari togʻ va yassitogʻlik; shim. va jan. sohillarga parallel ravishda yastangan togʻ tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, koʻl, plato va daryolar mavjud. Shim.da Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shim. Anadolu yassitogʻlari, jan.da Toros togʻlari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutogʻ, Istranja va Tekirtogʻlar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin togʻlari, Oʻrta Anadoluda Qiziltogʻ, Raman va Soʻf togʻlari, Sharqiy Anadoluda Agʻri togʻlari (bu togʻda T.ning eng baland nuqtasi boʻlgan Buyuk Agʻri choʻqqisi — 5137 m) qad koʻtargan. T. hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. T. yer ostida xromit, borat, boksit, volfram, simob, surma, mis, toshkoʻmir, neft, marganets, temir va b. bor. Iqlimi subtropik, gʻarbiy va jan. sohillari iliq, yogʻin koʻp, ichki mintaqada yoz issiq va quruq, qish sovuq, qor koʻp yogʻadi. Yanv.ning oʻrtacha trasi pasttekisliklarda 5—10° dan ichki yassitogʻliklarda —15° gacha, sharqdagi togʻliklarda —35° gacha sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha trasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yogʻin oʻrtacha 1000–3000 mm. Yirik koʻllari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprogʻi ichki yassitogʻliklardagi choʻllarda asosan boʻz va och qoʻngʻir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa shoʻrxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya togʻlarida doim yashil va igna bargli oʻrmonlar, togʻlarning baland qismida all oʻtloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli oʻtlar oʻsadigan chala choʻldan iborat. Togʻlarda yovvoyi qoʻyechkilar, toʻngʻiz, boʻri, chiyaboʻri, ayiq va b.lar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq koʻp. T.da 12 milliy bogʻ bor. Yiriklari: OlimposBeydaglari, MunzurVodiysi, KyopryulyuKanon.
 
ning oʻrtacha trasi pasttekisliklarda 5—10° dan ichki yassitogʻliklarda —15° gacha, sharqdagi togʻliklarda —35° gacha sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha trasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yogʻin oʻrtacha 1000–3000 mm. Yirik koʻllari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprogʻi ichki yassitogʻliklardagi choʻllarda asosan boʻz va och qoʻngʻir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa shoʻrxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya togʻlarida doim yashil va igna bargli oʻrmonlar, togʻlarning baland qismida all oʻtloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli oʻtlar oʻsadigan chala choʻldan iborat. Togʻlarda yovvoyi qoʻyechkilar, toʻngʻiz, boʻri, chiyaboʻri, ayiq va b.lar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq koʻp. T.da 12 milliy bogʻ bor. Yiriklari: OlimposBeydaglari, MunzurVodiysi, KyopryulyuKanon.
 
Aholisining 90% — turklar. kurd, arab, uzbek, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, yunon, arman, laz, gurj, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — turk tili. Shahar Aholisi 69%. Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Bursa, Gʻoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna.
 
Tarixi. Hozirgi T. hududida juda kadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett qirolligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont qirolligi, Pergam, Qad. Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga 11-a.dan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatita asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071 y.da Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng , Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243 y.gi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. 13-a.ning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-a.ning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hoz. Istanbul)ni egallab (1453 y. 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Sulton Salim I Ya vuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-a.dan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari T.ga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683 y.da Vena sh. yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684 y.da T.ga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686 y.dan Rossiya) "Muqaddas ittifoq" tuzdilar. Ittifoqchilar T.ga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq T. 1711 y.da Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay jan. ga chekinishga, shim.da Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-a. da yanada koʻproq talofotlar berildi.
 
ning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-a.ning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hoz. Istanbul)ni egallab (1453 y. 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Sulton Salim I Ya vuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-a.dan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari T.ga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683 y.da Vena sh. yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684 y.da T.ga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686 y.dan Rossiya) "Muqaddas ittifoq" tuzdilar. Ittifoqchilar T.ga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq T. 1711 y.da Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay jan. ga chekinishga, shim.da Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-a. da yanada koʻproq talofotlar berildi.
 
1768—74 y.lardagi RossiyaT. urushidan keyin T. Qora dengiz va Bolqon ya.o.dagi mavqeini boy berdi. 1774 y.gi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi T.dan ajratib olinib, mustaqil deb eʼlon kilindi. Biroq 1783 y. Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 y.lardagi urushda T. yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. T. Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi.
Qator 59 ⟶ 55:
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2003 y. T.da 3450 gaz., jurnali va b. matbuot nashrlari chop etildi. Eng yirik kundalik gaz.lari: "Hurriyat" (1948 y.dan), "Milliyot" (1950 y.dan), "Saboh" (1985 y.dan), "Jumhuriyat" (1923 y.dan), "Yangi nayel" (1970 y.dan). Eng yirik jurnalilari: haftanomalar — "Ekonomist", "Aktual", "Oto xabar", "Tempo", "Nuqta"; oynomalar — "Soʻfra", "Kosmopoliten": "Turkiya", "Kapital", "PC Magazin" va b. Anadolu agentligi (AA) T.ning yetakchi axborot agentligi; 1920 y. tashkil topgan. Bir necha xususiy agentlik ham bor. T. Radio va telekoʻrsatuv jamiyati 1964 y. 1 mayda tashkil etilgan. Radioeshittirishlar 1927 y.dan, telekoʻrsatuvlar 1968 y.dan boshlangan. Mamlakatda 36 milliy, 103 mintaqaviy va 951 mahalliy radiostya, 16 xalqaro, 15 mintaqaviy va 227 mahalliy telemarkaz faoliyat koʻrsatadi.
 
Adabiyeti. T. ogʻzaki ijodiga xos boʻlgan qahramonlik dostonlari, jumladan, "Oʻgʻuznoma" turkumida dunyoning yaratilishi va odamning paydo boʻlishi haqidagi islomgacha boʻlgan afsonalar bayon etilgan. Tarixiy qahramonlik dostonlaridan "Erganakon", Koʻroʻgʻli (Goʻroʻgli) turkumi va Dada Qoʻrkut kitobi mashhur. Anadoluda turk tilida yaratilgan dastlabki yozma asarlar tasavvuf mazmunida boʻlib, 13-a. oʻrtalariga mansub. Saroy adabiyeti vakillari aruz vaznida ijod qilganlar. Oʻsha davr anʼanasiga koʻra, koʻpchilik shoirlar oʻz asarlarini fors tilida yozganlar. Bu davr ijodkorlari orasida Jaloliddin Rumiy, Yunus Emra, Hoji Bektoshi Valiy ijodi ayniqsa ajralib turadi. Turk tilida birincha marta Oshiq Posho (1271 — 1332) tasavvufona ruxda sheʼr va dostonlar bitdi. Uning 12 ming baytlik "Gʻaribnoma" dostoni va "Faqirnoma", "Vasfi hol" asarlari bor. 14-a.da Dehxrniy, Qozi Burhoniddin, Nasimiy va Ahmadiy kabi shoirlar ijod qiddi. 15-a.dan turk sheʼriyati rivojlana boshladi. Bu taraqqiyot 17-a.gacha davom etdi. Hamdi Chalabiy (1449—1503) turk tilida "Xamsa" yaratdi. Axmad Doiy, Fuzuliy, Xayoliy, Zotiy, Boqiy, Umar Nafiy, Nadim kabi shoirlar yetishib chikdi. 18-a.dan saroy adabiyeti xalqqa yaqinlashdi. Shoirlarning kupi oddiy xalqqa soddaroq uslubda, ziyolilar uchun jimjimador va murakkab uslubda asarlar bitdilar. Oshiq Poshshozoda, Oshiq Chalabiy, Avliyo Chalabiy, Nayma, Qoʻchibey va Marjimak Ahmad oʻz davrining yetuk adiblaridir. 19-a.da Gʻarb adabiyeti taʼsirida yangi adabiyot shakllana boshladi, ilk roman, pyesa, tadqiqot ishlari paydo boʻddi. Tanzimatdavri yozuvchilari adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Ibrohim Shinosiy (1826—71), Nomiq Kamol(1840— 88), Shamsiddin Sami (1850—1904), Rejaizoda Mahmud Akram va b. yangi realistik adabiyot asoschilari boʻldilar. Turk romanchiligi asoschisi Xolid Ziyo Ushoqligilning "Moviy va Qora", "Taqiklangan ishq" romanlari, Mehmet Raufning "Sentyabr" nomli ilk psixologik romani dunyo yuzini koʻrdi.
 
1jahon urushidan soʻng Yoqub Qadri Qorausmonoʻgʻli, Xolida Edip, Rashod Nuri Guntekin va Rafiq Xolid Qaray, T. madhiyasi muallifi Mehmet Akif Ersoʻy, Najib Fozil Qisakurak singari yozuvchilar shuxrat qozondi. Nozim Hikmat Ran sarbast usulda sheʼrlar bitib, yangi oqimga asos soldi. 1940-y.larda Sabohiddin Ali, Said Foyiq Abasiyonik asarlarida jamiyat muammolarining shaxs ichki dunyosiga taʼsirini yoritishga harakat qilinganini koʻrish mumkin. Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" (1940) va "Moʻyna poʻstinli Madonna" romanlarida madaniy oʻzgarishlarning jamiyat turli toifalariga koʻrsatgan taʼsiri psixologik taxlil qilingan. Tariq Bugʻro, Oʻqtoy Aqbal, Javod Shokir Qabaogʻochli, Xaldun Taner, Javdat Qudrat va Samim Xoʻjakoʻz kabi yozuvchilar ham realistik yoʻldan bordilar.
dan saroy adabiyeti xalqqa yaqinlashdi. Shoirlarning kupi oddiy xalqqa soddaroq uslubda, ziyolilar uchun jimjimador va murakkab uslubda asarlar bitdilar. Oshiq Poshshozoda, Oshiq Chalabiy, Avliyo Chalabiy, Nayma, Qoʻchibey va Marjimak Ahmad oʻz davrining yetuk adiblaridir. 19-a.da Gʻarb adabiyeti taʼsirida yangi adabiyot shakllana boshladi, ilk roman, pyesa, tadqiqot ishlari paydo boʻddi. Tanzimatdavri yozuvchilari adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Ibrohim Shinosiy (1826—71), Nomiq Kamol(1840— 88), Shamsiddin Sami (1850—1904), Rejaizoda Mahmud Akram va b. yangi realistik adabiyot asoschilari boʻldilar. Turk romanchiligi asoschisi Xolid Ziyo Ushoqligilning "Moviy va Qora", "Taqiklangan ishq" romanlari, Mehmet Raufning "Sentyabr" nomli ilk psixologik romani dunyo yuzini koʻrdi.
 
2-jahon urushidan keyin paydo boʻlgan asarlarning koʻpida qishloq hayoti muammolari tilga olindi. Bu adabiyotga qishloqdan chiqqan bir guruh yozuvchilarning kirib kelishi bilan izoxlanadi. Yashar Kamolning "Inja Mamad" romanida qishloq axli tortayotgan mashaqqatlar tasvirlangan boʻlsa, Aziz Nesin asarlarida kundalik turmushda uchraydigan illat va nuqsonlar hajv qilindi. 1960-y.larda Yavuz Byulent Bakilar, Usmon Atilla, Ayxan I nal va b. shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular ijodida insonning oʻz vijdoni, jamiyat oldidagi masʼuliyati kabi mavzular yoritildi. Bu davrda ijod qilgan Suot Darvishning "Fosforli Javriya" romani mashhur boʻldi. Bu asar asosida kinofilm ham yaratildi. 70-y.larda adabiyotga kirib kelgan Chetik Altan, Pinar Kur, Tomris Uyar, Aila Qutli va b. ijodida psixologik taxlil chuqurlashganligi koʻrinadi.
1jahon urushidan soʻng Yoqub Qadri Qorausmonoʻgʻli, Xolida Edip, Rashod Nuri Guntekin va Rafiq Xolid Qaray, T. madhiyasi muallifi Mehmet Akif Ersoʻy, Najib Fozil Qisakurak singari yozuvchilar shuxrat qozondi. Nozim Hikmat Ran sarbast usulda sheʼrlar bitib, yangi oqimga asos soldi. 1940-y.
 
larda Sabohiddin Ali, Said Foyiq Abasiyonik asarlarida jamiyat muammolarining shaxs ichki dunyosiga taʼsirini yoritishga harakat qilinganini koʻrish mumkin. Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" (1940) va "Moʻyna poʻstinli Madonna" romanlarida madaniy oʻzgarishlarning jamiyat turli toifalariga koʻrsatgan taʼsiri psixologik taxlil qilingan. Tariq Bugʻro, Oʻqtoy Aqbal, Javod Shokir Qabaogʻochli, Xaldun Taner, Javdat Qudrat va Samim Xoʻjakoʻz kabi yozuvchilar ham realistik yoʻldan bordilar.
 
2-jahon urushidan keyin paydo boʻlgan asarlarning koʻpida qishloq hayoti muammolari tilga olindi. Bu adabiyotga qishloqdan chiqqan bir guruh yozuvchilarning kirib kelishi bilan izoxlanadi. Yashar Kamolning "Inja Mamad" romanida qishloq axli tortayotgan mashaqqatlar tasvirlangan boʻlsa, Aziz Nesin asarlarida kundalik turmushda uchraydigan illat va nuqsonlar hajv qilindi. 1960-y.
 
larda Yavuz Byulent Bakilar, Usmon Atilla, Ayxan I nal va b. shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular ijodida insonning oʻz vijdoni, jamiyat oldidagi masʼuliyati kabi mavzular yoritildi. Bu davrda ijod qilgan Suot Darvishning "Fosforli Javriya" romani mashhur boʻldi. Bu asar asosida kinofilm ham yaratildi. 70-y.
 
larda adabiyotga kirib kelgan Chetik Altan, Pinar Kur, Tomris Uyar, Aila Qutli va b. ijodida psixologik taxlil chuqurlashganligi koʻrinadi.
 
1980-y.lardagi jamiyatda siyosatdan begonasirash kayfiyatlari kuchayishi adabiyotga ham taʼsir oʻtkazdi. Bu davrda Oʻrxon Pamuq asarlari etibor qozondi. Soʻnggi yillarda Nadim Gursel, Murodxon Mungan, Parixon Mayden va Elif Shafaq oldingi safda turib ijod qilmoqdalar. Turkyozuvchilaridan Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi", Yashar Kamolning "Inja Mamad", Suot Darvishning "Fosforli Javriya" romanlari, Aziz Nesin hikoyalari, Nozim Hikmat sheʼrlari, Yavuz Bahodiroʻgʻlining "Xorazm oʻt ichida" va "Alvido, Xorazm" tarixiy romanlari, Najib Fozil Qisakurak sheʼrlari va b. koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
Qator 89 ⟶ 77:
Teatri. T.da teatr sanʼati uzoqtarixga ega. Xalq ijodining anʼanaviy shakllari — qoʻgʻirchoq va chodirxayol teatri (qoragoʻz), maydonchalarda namoyish etiladigan oʻrta oʻyin tomoshalari professional turk teatrining tamali boʻldi. Tanzimat davrida garb modelidagi teatr faoliyat boshladi. Bu davrda turk yozuvchilari ham pyesalar yozishga kirishdilar. Ibrohim Shinosiyning "Shoirning uylanishi" nomli komediyasi turk teatri uchun burilish nuqtasi boʻldi. 1908 y.dan soʻng professional va havaskorlik teatrlari tashkil qilina boshladi. Istanbul, Izmir, Bursa, Adana va Ankara shlarida teatr binolari kurildi. 1914 y. Istanbulda "Dorulbadiyai usmoniya" nomli teatr ochildi. U turk teatr sanʼatining rivojiga katta turtki berdi. 1927 y.dan bu teatrga rahbar boʻlgan Muhsin Ertugʻrul birinchi bolalar teatrini ham tuzdi. 1949 y. barpo etilgan Davlat teatrining Anqara, Istanbul, Izmir va Bursa sh.larida 18 ta doimiy sahnasi mavjud boʻlib, yiliga 100 ga yaqin asarni sahnalashtiradi. "Kichik sahna" nomli ilk xususiy teatr 1951 y.da ochilgan. Undan keyin Chiyir sahna, Choʻntak teatri, Muammar Qoracha teatri, Istanbul operettasi singari xususiy teatrlar ish boshladi. 1982 y.dan Istanbulda Hodi Chaman Yeditepa oʻyinchilari, Enis Fosforoʻgʻli teatri, Xoʻdri Maydon madaniyat markazi, Anqarada Anqara Sanʼat teatri faoliyat koʻrsatadi.
 
Kinosi. 1914 y. operator Fuad Uzqinay "Ayastefonosdagi rus obidasinig yiqilishi" nomli ilk hujjatli filmni suratga olgan. 1917 y. Sedad Simavi suratga olgan "Panja" filmi birinchi badiiy film hisoblanadi. 1919 y. Kamol va Shokir Sedanlar "Kamolfilm" kino studiyasini tashkil etdilar, 1922 y.dan shu kinostudiyada rej.lik qila boshlagan Muhsin Ertugʻrul "Olovli koʻylak" (1923), "Anqara pochtasi" (1929), "Istanbul koʻchalarida" (1931), "Bir millat uygʻonmoqda" (1932), "Fojiali yoʻl" (1933), "Tosh parchasi" (1939) filmlarini suratga oldi. 1950 y.dan kino sanʼati rivojlana boshladi. 1956 y. "Gilamchi" nomi bilan 1turk rangli filmi yaratildi. 1960 y. 60 kinofilm suratga olindi. Undan keyingi davrda turk kinosi yanada jonlandi. Metin Erksan, Xolid Rafigʻ, Ertem Goʻrech, Lutfi Umar Akad, Atif Yilmaz, Usmon Sedan, Duygu Sayiroʻgʻli, Nevzat Pesen va Mamduh Un kabi rej.lar ijtimoiy muammolarni, insonning oʻz qadrqimmati, shaʼni uchun kurashi mavzuini yoritdilar. Metin Erksanning qishloq hayoti muammolarini yoritgan "Suvsiz yoz" (1964) filmi Berlin xalqaro kinofestivalida bosh sovringa sazovor boʻldi. 1970—75 y.larda 1383 badiiy film suratga olindi. 1970-y.larda yetishgan Yilmaz Gyuney, Surayyo Duru, Zaki Oʻktan, Sharif Gyoren va b. rej.lar davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolarini aks ettirgan kinofilmlar yaratdilar. Y. Gyuneyning "Ota" (1972), "Betoqatlik" (1975) filmlari eʼtibor qozondi. Turkon Shoʻray kabi taniqli artistlar xalkaro mukofotlar sohibi boʻldilar. Rej. Y. Gyuneyning "Poda" filmi (1978) Lokarnodagi, rej. O. Kovurning "Yusuf va Kenan" filmi (1980) Milandagi, rej.lar Sh. Gyoren va Y. Gyuneyning "Yoʻl" filmi (1981) Kanndagi kinofestivallarda bosh sovringa ega boʻldi. 20-a.ning 90-y.lari turk kinosining sifat jihatidan eng muvaffaqiyatli davri hisoblanadi. Bu davrda kino sanʼatidan taʼlim beruvchi oliy oʻquv yurtlarining koʻpayishi, mohir rej. va kinoartistlarining yetishib chiqishi, kinotelekoʻrsatuv raqobatining jadallashuvi va xalkaro maydonda erishilgan muvaffaqiyatlar T. kinosini rivojlantirgan omillar boʻldi. T.da 650 kinoteatr mavjud (2003). Anqara, Istanbul, Izmirda xalqaro kinofestivallar, xalqaro Uzoq Sharq filmlari, Yevropa filmlari, Adanada Oltin koʻsak madaniyat va sanʼat festivallari, shuningdek, 1998 y.dan buyen har yili Anqarada "Uchar supurgi" ayollar filmlari festivali ham oʻtkazib kelinadi. "Uchar supurgi" festivalida ayol rej., artist, kinochilar ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishadi.
Kinosi. 1914 y. operator Fuad Uzqinay "Ayastefonosdagi rus obidasinig yiqilishi" nomli ilk hujjatli filmni suratga olgan. 1917 y. Sedad Simavi suratga olgan "Panja" filmi birinchi badiiy film hisoblanadi. 1919 y. Kamol va Shokir Sedanlar "Kamolfilm" kino studiyasini tashkil etdilar, 1922 y.dan shu kinostudiyada rej.
 
lik qila boshlagan Muhsin Ertugʻrul "Olovli koʻylak" (1923), "Anqara pochtasi" (1929), "Istanbul koʻchalarida" (1931), "Bir millat uygʻonmoqda" (1932), "Fojiali yoʻl" (1933), "Tosh parchasi" (1939) filmlarini suratga oldi. 1950 y.dan kino sanʼati rivojlana boshladi. 1956 y. "Gilamchi" nomi bilan 1turk rangli filmi yaratildi. 1960 y. 60 kinofilm suratga olindi. Undan keyingi davrda turk kinosi yanada jonlandi. Metin Erksan, Xolid Rafigʻ, Ertem Goʻrech, Lutfi Umar Akad, Atif Yilmaz, Usmon Sedan, Duygu Sayiroʻgʻli, Nevzat Pesen va Mamduh Un kabi rej.lar ijtimoiy muammolarni, insonning oʻz qadrqimmati, shaʼni uchun kurashi mavzuini yoritdilar. Metin Erksanning qishloq hayoti muammolarini yoritgan "Suvsiz yoz" (1964) filmi Berlin xalqaro kinofestivalida bosh sovringa sazovor boʻldi. 1970—75 y.larda 1383 badiiy film suratga olindi. 1970-y.larda yetishgan Yilmaz Gyuney, Surayyo Duru, Zaki Oʻktan, Sharif Gyoren va b. rej.lar davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolarini aks ettirgan kinofilmlar yaratdilar. Y. Gyuneyning "Ota" (1972), "Betoqatlik" (1975) filmlari eʼtibor qozondi. Turkon Shoʻray kabi taniqli artistlar xalkaro mukofotlar sohibi boʻldilar. Rej. Y. Gyuneyning "Poda" filmi (1978) Lokarnodagi, rej. O. Kovurning "Yusuf va Kenan" filmi (1980) Milandagi, rej.lar Sh. Gyoren va Y. Gyuneyning "Yoʻl" filmi (1981) Kanndagi kinofestivallarda bosh sovringa ega boʻldi. 20-a.ning 90-y.lari turk kinosining sifat jihatidan eng muvaffaqiyatli davri hisoblanadi. Bu davrda kino sanʼatidan taʼlim beruvchi oliy oʻquv yurtlarining koʻpayishi, mohir rej. va kinoartistlarining yetishib chiqishi, kinotelekoʻrsatuv raqobatining jadallashuvi va xalkaro maydonda erishilgan muvaffaqiyatlar T. kinosini rivojlantirgan omillar boʻldi. T.da 650 kinoteatr mavjud (2003). Anqara, Istanbul, Izmirda xalqaro kinofestivallar, xalqaro Uzoq Sharq filmlari, Yevropa filmlari, Adanada Oltin koʻsak madaniyat va sanʼat festivallari, shuningdek, 1998 y.dan buyen har yili Anqarada "Uchar supurgi" ayollar filmlari festivali ham oʻtkazib kelinadi. "Uchar supurgi" festivalida ayol rej., artist, kinochilar ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishadi.
 
Oʻzbekiston — T. munosabatlari. T. Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, 1992 y apr.da Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993 y. yanv.da esa OʻzR ning Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda OʻzR ning Bosh konsulxonasi ochildi.
 
OʻzR Prezidenti I. A. Karimov 1991 y. dek., 1994 y. iyun va 1997 y. noyab.da rasmiy tashrif bilan T.da boʻldi. 1998 y. okt.da T. Respublikasining 75 y.ligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, T. Prezidentlari T. Oʻzal, S. Demirel va b. davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasida "Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida"gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va b. sohalarda 78 hujjat imzolandi.
OʻzR Prezidenti I. A. Karimov 1991 y. dek., 1994 y. iyun va 1997 y. noyab.
 
da rasmiy tashrif bilan T.da boʻldi. 1998 y. okt.da T. Respublikasining 75 y.ligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, T. Prezidentlari T. Oʻzal, S. Demirel va b. davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasida "Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida"gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va b. sohalarda 78 hujjat imzolandi.
 
Oʻzbekiston Prezidenti I. A. Karimovning 2000 y. sent.da T. Prezidenti A. Sezer bilan BMT ning "Ming yillik" sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003 y.da T. Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002 y. Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003 y.da 2002 y.ga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida T.ning ulushi 4% ni tashkil etadi. T. Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va b. yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan "KosonsoyTekmen" qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda T.ning "AySel", "Ulus inshaat", "Oʻqan xolding", "Emesam" firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida T. sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida "SamKochavto" (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), "Papfen" (paxta tolasidan ip yigirish), "Koxis" (savdovositachilik faoliyati, "MetroMarket" supermarketa), "SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik Plast" (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa "Beta Algoritm" (choy qadoklash), "Dilek Interprayzis", "Aylin gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari i. ch. hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va b. soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. T.da oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.
Qator 103 ⟶ 87:
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun T. 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va b. texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va T. oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991 y. 19 dek.), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993 y. 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995 y. 9 iyul) asosida rivojlanib bormoqda.
 
1993 y. T.da Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 i. okt.da 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari" doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarkand sh.larida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent unti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda "Uzbekistan— Turkiya" doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.
1993 y. T.da Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 i. okt.
 
da 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari" doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarkand sh.larida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent unti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda "Uzbekistan— Turkiya" doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.
 
Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan T.ning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda T. ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.