Uzumchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Uzumchilik''' — 1) bogʻdorchilikning tok oʻstirish va uzum yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. U. aholini yangi uzum, mayiz bn, vinochilik, konserva sanoatlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. U.ning 4 ta asosiy yoʻnalishi: xoʻraki uzum yetishtirish, mayiz quritish, texnik maqsadlarda uzum yetishtirish (konserva mahsulotlari, sharbatlar, konsentratlar tayyorlash), vinochilik (xom ashyo tayyorlash) sohalari mavjud.
 
U. bogʻdorchilikning eng koʻhna tarmoqlaridan biri boʻlib, hozirgi davrda ham koʻpgina mamlakatlarning xalq xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi. Jahonda 84 mamlakatda uzum yetishtiriladi. Tokzorlar maydoni boʻyicha eng oldingi oʻrinlarda Ispaniya (1 mln. 200 ming ga), Italiya (871 ming ga), Fransiya (870 ming ga), Turkiya (560 ming ga), Portugaliya (252 ming ga), AQSH (Kaliforniya shtati, 357 ming ga), Ruminiya (250 ming ga), Eron (260 ming ga), Xitoy (243 ming ga), MDH mamlakatlari ichida Moldova (154 ming ga) turadi. Jahon boʻyicha tokzorlar mayd. 7,4 mln.ga, oʻrtacha hosildorlik 81,7 s/ga. 1999 y.da 60,7 mln. t dan koʻgtroq uzum yetishtirildi, 29,9 mln. t vino, 1,3 mln. t mayiz tayyorlandi. Eng koʻp mayiz AQSH, Eron, Turkiyada tayyorlandi.
 
ga, oʻrtacha hosildorlik 81,7 s/ga. 1999 y.da 60,7 mln. t dan koʻgtroq uzum yetishtirildi, 29,9 mln. t vino, 1,3 mln. t mayiz tayyorlandi. Eng koʻp mayiz AQSH, Eron, Turkiyada tayyorlandi.
 
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda U. uzok, tarixga ega. Mil. av. 4-a.larda ham tok ekilgani maʼlum. Uzok, yillar davomida Oʻrta Osiyo xalq seleksiyasida juda qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan yuzlab navlar yaratilgan. Oʻrta Osiyoning deyarli barcha dehqonlik mintaqalarida, ayniqsa, Fargʻona va Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalarida koʻp ekilgan. Lekin moʻgʻullar istilosi davrida bogdorchilik tanazzulga yuz tutgan. U. faqat 15-a.ga kelib qayta rivojlana boshladi. Oʻzbekistonda U.ning rivojlanishida Rossiya bogʻdorchilik jamiyatining Turkiston boʻlimi muhim rol oʻynadi. Boʻlim uzumning mahalliy sharoitga moye keladigan eng yaxshi navlarini oʻrganib tavsiya etish, tegishli navlarni boshqa mintaqalar (Qrim, Moldova, Zakavkazye)dan olib kelish ishlarini tashkil qildi. Keyinchalik shu boʻlim asosida Turkiston uzumchilik va vinochilik qoʻmitasi tashkil etildi. Qoʻmita uzumchilik va vinochilikni_ ilmiy asosda rivojlantirish (kasalliklarga, zararkunandalarga qarshi kurash), uning agrotexnika usullarini ishlab chiqish bilan shugullandi.