Ruminiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Ruminiya_infoRuminiya info}}
'''Ruminiya''' (Romania) — Yevropaning janubiy sharqida joylashgan davlat. Maydoni 238391 km². Aholisi 21,33 mln. kishi (2012). Poytaxti — Buharest shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 uyezd (iudet) va uyezdga tenglashtirilgan Buharest munitsipiyasiga boʻlinadi.
 
Qator 44:
Ruminiyaning Markaziy Yevropa mamlakatlaridan Qora dengiz va Dunayga oʻtiladigan tranzit yoʻllaridagi ahamiyati katta. Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida temir yoʻlning ulushi qariyb 39,5%, dengiz transportining ulushi 48,8%, avtomobil transportining ulushi 7,1%, truboprovod transportining ulushi 3,2%, daryo transportining ulushi 1,4%. Temir yoʻllar uzunligi 11,4 ming km, avtomobil yoʻllari 153 ming km. Asosiy dengiz porti — Konstansa, daryo portlari — Breila, Jurju va Galats. Buharest (Otopen) va Konstansada xalqaro aeroportlar bor.
 
----
----
== Tibbiy xizmati ==
Davlatga qarashli poliklinika va kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar 5 ta tibbiyotfarmatsevtika institutida, oʻrta tibbiyot xodimlari tibbiyot maktablari va litseylarda tayyorlanadi. R.da 100 dan ortiq balneologiya va 23 iqlimiy kurort bor. Eng mashhurlari: Eforiya, Mangaliya, Konstansa, Sinaya, PoyanaBrashov va b.
Qator 52 ⟶ 50:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. R.da koʻpgina gaz., jur. va byulletenlar nashr etiladi. Eng muximlari: "Adeverul" ("Haqiqat", mustaqil kundalik gaz., 1989-yildan), "Az" ("Bugun", kundalik gaz., 1990-yildan), "Viktorul rominesk" ("Ruminiya kelajagi", kundalik gaz., 1990-yildan), "Vyasa kapitaley" ("Poytaxt hayoti", kundalik gaz., 1990-yildan), "Demokratsiya" ("Demokratiya", haftanoma, 1990-yildan), "Dreptatya" ("Adolat", kundalik gaz., 1990-yildan), "Lumya az" ("Bugungi dunyo", mustaqil tashqi siyosat haftanomasi, 1963-yildan), "Rominiya libere" ("Ozod Ruminiya", kundalik mustaqil gaz., 1943-yildan), "Tribuna ekonomika" ("Iqgisodiy minbar", haftalik jur., 1990-yildan). A. M. Pres — Mustaqil xususiy agentlik, 1991-yil asos solingan; Milliy axborot agentligi — Rompres, 1990 -yil"Ajerpres" agentligi qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan. Radio va Erkin rumin televideniyesi, 1989-yil Rumin radio va televideniyesi asosida barpo etilgan.
 
 
== Adabiyoti ==
Asrlar davomida marosim, doyna (ishqiy) va gayduk qoʻshiqlari milliy adabiyot shakli, rumin tilining takomillashuv vositasi boʻlib kelgan. Boyar Nyakshuning xati (1521) dastlabki yozma yodgorlik hisoblanadi. 16-a.da dunyoviy mazmundagi didaktik asar yaratilishi, diniy kitoblar rumin tiliga tarjima qilinishi tarjimachilik va noshirlik rivojiga turtki boʻldi. Rumin tili va adabiyotining qaror topishida G. Ureke (1590—1647), M. Kostin (163391), Y. Nekulche (1672—1745) va b. ijodining ahamiyati katta. Ularning qalamiga mansub yilnoma va xronikalar adabiy mavzu va uslub namunasi boʻldi. 18-a. oxiri va 19-a. 1-yarmida D. Kantemirning allegorik nasri, Ye. A. va N. Vekereskularning lirik va epik sheʼriyati adabiyot rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. G. Asaki bilan Y. EliadeRedulesku xalq ijodiyotiga asoslanuvchi yangi rumin adabiyotini yaratdilar. 19-a. 1-yarmiadabiyotiga yorqin romantizm ruxi singa boshladi. V. Kirlovi, G. Aleksandresku, A. Pann, A. Russo kabi yozuvchilar milliy tarix va folklorga alohida eʼtibor berdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida, ayniqsa, 1-jahon urushidan soʻng hayotni haqqoniy aks ettiruvchi adiblar (Y. Agirbichanu, L. Rebryanu, K. Petresku, J. Kelinesku) ijod qila boshladi. Xususan, M. Sadovyanu asarlarida qad. va yangi davr rumin turmushining turli qirralari oʻz ifodasini topdi. 2-jahon urushidan soʻng , ayniqsa, mamlakat sotsialistik rivojlanish yoʻliga oʻtgach, adabiyotga sotsialistik realizm zoʻrlab tiqishtirildi, natijada adabiy asarlar bir yoqlama, sayoz tus oldi.
 
 
== Meʼmorchiligi ==
Qator 67 ⟶ 63:
 
Teatri qad. oʻyin va marosimlardan boshlangan. Ular orasida "kelushariy" (nikoh marosimi) va "brezaya" (yangi yil marosimi) ayniqsa oʻziga xos. R.da dastavval maktab teatrlari paydo boʻldi. 1841-yil Yassida teatr binosi qurildi. 1852-yil Buharestda Katta teatr (1877-yildan Milliy teatr) ish boshladi. Soʻngra bir qancha shaharlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ochildi. 19—20-a.larda G. Manolesku, A. Romanesku, K. Nottara, A. Prutyanu, keyinchalik ularning izdoshlari A. Demetriade, T. Bulandra va b. realistik anʼanalarni davom ettirdilar. Ular jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlarini va mahalliy mualliflarning pyesalarini sahnalashtirdilar. Eng mashhur aktyorlari: Ruminiya Beligan, A. Buzesku, G. VasiliuBirlik, K. Antoniu, M. Bachu, D. Kocha, rej.lari: M. Gelerter, L. Jurjesku, S. Aleksandresku, Y. Pola, L. Chuley va b.
 
 
== Kinosi ==
Filmlar 1897-yildan suratga olina boshlagan. 1911-yil birinchi film — "Peshonaga yozilgan muhabbat" ishlab chiqarildi. 1950 -yil"Vodiy jarangi", 1952 -yil"Mitrya Kokor" filmlari yaratildi. 20-a.ning 2-yarmida "Tashnalik", (rej. M. Dregan), "Dunay toʻlqinlari" (rej. L. Chuley), "Panjarasiz osmon" (rej. F. Muntyanu), "Hokimiyat va haqiqat", "Fitna" (rej. M. Markus), "Devor" (rej. K. Vayeni), "Lahza" (rej. Vitanidis) kabi falsafiy, axloqiy filmlar yaratildi. Y. PopeskuGoponing multfilmlari jahonga mashhur. Tanikli aktyorlari — Ruminiya Beligan, M. Pogonat, M. Barbu, I. Petresku va b. 1963-yil kino xodimlari jamiyati tuzilgan. Kino mutaxassislari Y.L.Karajale nomidagi teatr va kino sanʼati institutida tayyorlanadi.
 
 
== Oʻzbekiston — Ruminiya munosabatlari ==
Qator 86 ⟶ 80:
{{Yevropa}}
 
[[Turkum:Ruminiya| ]]
[[Turkum:Yevropa]]
[[Turkum:Davlatlar]]