Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Cekli829 (munozara | hissa)
Qator 105:
 
== Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari}}
I. Oʻzbekiston suverenitetini tan olganidan soʻng ikkala mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga kirishildi. "OʻzR b-n Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida" 1996 y. Florensiyada imzolangan bitim oʻzaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratdi. 1996 y. iyunida va 2000 y. noyab.da OʻzR Prezidenta I. Karimovning I.ga, 1997 y. mayda I. prezidenta, 1997 y. sent.da I. Bosh vazirining OʻzRga tashriflari yakunida iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamkorlik, ikkiyoklama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik, transport sohasidagi hamkorlik, say-yohlikni rivojlantirish, investitsi-yalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himo-yalash toʻgʻrisida muhim bitim va shartnomalar imzolandi. I. rahbarlariga hamroh boʻlib kelgan savdo-sanoat do-iralarining namoyandalari Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati b-n tanishdilar va oʻzbek tadbirkorlari uchun biznes-seminar oʻtkazdilar.
 
Mazkur tadbirlarning samarasi oʻlaroq ikki mamlakat urtasida oʻzaro mol yetkazib berish 1992 y.gi 19 mln. 461 ming 800 dollardan 2000 y.da 112,8 mln. dollarga yetgan. I. Oʻzbekiston b-n tovar aylanmasi hajmi jihatidan 10-oʻrinda, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Germaniya va Buyuk Britaniyadan soʻng 3-oʻrinda. Eng muhimi — aksariyat yillarda Oʻzbekiston I. b-n savdoda ijobiy saldoga ega boʻlib keldi, yaʼni harid qilganidan koʻra koʻproq mahsulot sotdi.
 
Oʻzbekiston I.ga paxta tolasi, rangli metallar va ulardan yasalgan buyumlar, ipak, ip gazlama, kalava ip va b. mahsulotlar sotsa, I.dan asbob-uskuna, mebel, plastmassa, goʻsht va baliq mahsulotlari, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi, kiyim-kechak va b.larni sotib oladi.
 
Savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi qoʻshma tadbirlar faol amalga oshirildi. 1994 y.da I. Tashqi savdo in-ti va Tashqi savdo uyushmasi rahbar va mutaxassislari OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Fargʻona, Namangan viloyatlari rahbarlari b-n amaliy uch-rashuv oʻtkazdilar. 1994 y. iyunda Oʻzbekiston viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimlarining I.ga tashriflari chogʻida ular I. savdo palatalari va uyushmalari, sanoat korxonalari rahbarlari b-n uchrashdilar. Uchrashuvlarda meva-sabzavot mahsulotini qay-ta ishlash, tabiiy tosh qazib olish va qayta ishlash, toʻqimachilik, oltinni qayta ishlash, zargarlik buyumlari i. ch. sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
 
Oʻzaro hamkorlikka I. firma va kompaniyalari gʻoyat qiziqib qaraydi. Chunonchi, Oʻzbekiston va I. sayohatchilarini oʻzaro kutib olish, joʻnatish, ularga xizmat koʻrsatish sohasida shar-tnoma tuzilgan. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi oʻzaro qatnovni yoʻlga qoʻygan. "Qoraqalpoq-qurilish materiallari" aksiyadorlik birlashmasi "Pedrini" firmasidan marmar taxtachalar ishlab chiqaradigan liniyalar va "Ravelli" firmasidan tabiiy toshdan buyumlar ishlab chiqaradigan texnologiya liniyalari sotib oldi. "Tekint" kompaniyasi b-n "UzDE-UA v t o" oʻrtasida yengil avtomobillar uchun yassi oyna i.ch. zavodini qayta qurish haqida bitim tuzildi.
 
"Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi neft konlarini qidirib topish va ishlatish, turli texnologiya asbob-uskunalarini neft va gaz korxonalariga keltirib oʻrnatish borasida italyan firmalari b-n hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Jumladan, Shoʻrtan, Koʻkdumaloq korxonalarida noyob italyan asbobuskunalari oʻrnatildi. Shahrisabz, Gʻazalkent konserva z-dlarida "Sasib Fud" firmasining tomat pastasini yangicha qadoklaydigan liniyalari ishga tushirildi. "Oʻzmevasab-zavotuzumsanoatxolding" kompaniyasining "Jefit S.R.L." konserni b-n im-zolagan bitimiga koʻra, qoʻshma i.ch., tijorat, vositachilik, marketing , lizing ishlari oʻtkazib turiladi.
 
"Oʻzbekmebel" davlat aksiyadorlik birlashmasi yangi texnologiya va asbob-uskunalar harid qilish yuzasidan I. firmalari b-n yaqin aloqa oʻrnatgan. 1994 y.da "Kosta" firmasidan parket va duradgorlik buyumlari ishlab chiqaruvchi texnologiya liniyasi sotib olindi. 1995 y.da "Nichem", "Fravol" firmalaridan harid qilingan qurilmalar Oʻzbekistondagi mebel firmalari mahsulotining sifatini oshir-di, mehnat unumdorligini koʻtardi.
 
OʻzR Qishloq va suv xoʻjaligi, Sogʻliqni saklash vazirliklari, "Oʻzoziqovqatsanoat", "Oʻzeltexsanoat" uyushmalari, "Oʻzfarmsanoat" konserni, "Oʻzbeksavdo" kompaniyasi, "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi ham italyan firmalari b-n amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
 
OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki I.ning 14 banki b-n vakillik munosabati oʻrnatgan. Mazkur banklar Oʻzbekistondagi koʻpgina kurilishlarga moliyaviy mablagʻ ajratgan.
 
OʻzRda italyan kapitali ishtirokidagi 49 ta korxona va I. kapitali 100% boʻlgan 5 ta korxona roʻyxatga olingan. Bu korxonalar alkogolsiz ichimliklar, vino, upa-elik, trikotaj mahsulotlari, xalq isteʼmol mollari, muzqaymoq i.ch., paxta chiqitlarini qayta ishlash, savdo-sotiq va vositachilik ishlari b-n shugʻullanadi. OʻzR Tashqi iq-tisodiy aloqalar agentligi huzurida 4 ta italyan firmasining vakolatxonalari ham rasmiylashtirilgan.
 
Oʻzbekiston b-n I. oʻrtasida madaniy va maʼrifiy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1997 y. mayda I. prezi-dentining OʻzRga rasmiy tashrifi vaqtida madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida imzolangan bitim ikkala mamlakat xalqlarining tili va adabiyotini oʻrganishga, oʻquv va i. t. institutlari, olimlar va tadqiqotchilar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, sanʼat, musiqa, raqs, teatr va kino ustalarining oʻzaro muloqotlariga, arxeologiya hamda badiiy merosni oʻrganish va saqlash sohasidagi koʻmaklashuvga yordam beradi.
 
1998 y. apr.da Toshkentda boʻlib oʻtgan zamonaviy musiqa 3-festivalida qatnashgan italyan artistlari "Ilhom" teatrida konsertlar berishdi va konservatoriyada namunali dars oʻtkazishdi. Shu yili iyunda A. Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida J. Verdining "Rigoletto" operasi Se-bastyano Mariya Salvato tomonidan sahnalashtirildi, noyab.da A. Navoiy nomidagi teatrda oʻtkaziladigan Verdi festivalida qatnashish uchun kelgan italyan xonandasi Nunsii San-todirokko "Rigoletto" operasida Jilda rolini ijro etdi.
 
I. Tashqi ishlar vazirligi italyan tili va adabiyotini oʻrganuvchi oʻzbek talabalariga oʻquv stipendiyalari ajratgan. Oʻzbekistonlik 7 talaba I. akademiya va konservatoriyalarida taʼlim oldi. Samarkand chet tillar in-ti va Oʻzbekiston jahon tillari untida italyan tilidan dars berish uchun I. dan malakali muallimlar kelishdi.
 
1998 y. 13—27 mayda Toshkentdagi Sanʼat muzeyida, 2—12 iyunda Samarqanddagi chet tillar intida rassom Karlo Karr asarlari koʻrgazmasi, shu yili 25—26 okt.da Buxoroda, 31 okt. da Toshkentda italyan pianinochisi Pomeransning konsertlari boʻlib oʻtdi. 21—30 okt.da Milandagi Katolik un-t olimlaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonda boʻldi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Italiya''' ({{lang-it|Italia}}), rasman Italiya Respublikasi, Evropaning janubida Appenin yarim oroli va O'rta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, [[Sitsiliya]] va [[Sardiniya]] orollarini o'z ichiga oladi. Italiya o'zining shimoliy chegaralarini Alp tog'lari orqali Frantsiya, Shveytsariya, Avstriya, Sloveniya bilan bo'lishadi. Undan tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan mustaqil davlatlari joylashgan.