Spirtlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
en:Alcohol bilan bogʻlandi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Spirtlar''' — uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—ON) tutgan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — ON guruxi tutgan birikmalar — fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida — ON guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, S. atsiklik yoki alifatik (mas, [[metil spirt]], [[etil spirt]], [[allil spirt]]), alitsiklik (siklogeksanol), yogʻ aromatik ([[benzil spirt]]) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi — ON guruhining soniga qarab, S. bir atomli ([[alkogollar]]), ikki atomli ([[glikollar]]), uch atomli (k,. [[Glitserin]]), toʻrt atomli (penta eritrit) va b. koʻp atomli spirtlar ([[geksitlar]], ksilitlar) boʻladi. S.dagi — ON guruxlari birlamchi (SN2ON), ikkilamchi (>SNON) va uchlamchi (> S—ON) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli S. birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi.
 
S. odatda, tegishli uglevodorod radikalining nomiga karab ataladi: SN3ON (metil spirt), S3N7—ON ([[propil spirt]]) va h.k. Jeneva nomenklaturasiga koʻra, tegishli uglevodorod nomiga "ol" (yoki diol, triol) qoʻshimchasi qoʻshiladi va —ON guruxi birikkan uglerod atomini rakam bilan koʻrsatiladi. Mac, SN3—SN(ON)— SN3 (propanol2), NOSN2—SN2— SN2ON (propandiol1,3).
 
Bir atomli alifatik kuyi S. — rangsiz suyukliklar. Zanjirida bittadan uchtagacha uglerod atomi tutgan (S,—S3) Sdan alkogol hidi keladi. S4—S5 spirtlar nafasni qaytaradigan hidli. Yuqori S. (S|2 dan boshlab) — hidsiz qattiq moddalar; alitsiklik S. yalpiz xidli, uchlamchi S. mogʻor hidli.