Denov tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
Qator 61:
|Izoh =
}}
 
 
'''Denov tumani''' - Suurxondaryo viloyatidagn tuman. 1926 y. 2U sent.da tashkil etilgan. D.t. viloyatning Shoʻrchi, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,75 ming km2. Aholisi 253,7 ming kishi (2000). D.t.da 1 shahar (Denov), 1 shaharcha (Doʻstlik), 18 qishloq fuqarolari yigʻini (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Navroʻz, Pistamozor, Sina, Tortuvli, Xayrobod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Kiziljar, Hazorbogʻ) bor. Markazi — Denov sh.
 
Tabiati.D. t.ning shimol, jan. va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari b-n oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130  mm dan 360  mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445  mm dan 625  mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. D. t.dan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp.
 
Aholining aksari qismi (89,5%) oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 337 kishi toʻgʻri keladi.
Qator 74 ⟶ 73:
Denov tumani
 
1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Umumiy yer maydoni 752,8 kv. km. Aholisi 181,6 ming kishi (Denov shahri aholisi bilan birga;1996). Tuman markazi-Denov shahri Termizdan 156  km shimoli - sharqda joylashgan. Termiz- Dushanbe temir yo'lidagi bekat. Denovda Do'stlik shaharchasi , 17 qishloq (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Pistamazor, Sina, Tortuvli, Xayrabod, Xolchayon, Farg'ona, Yurchi, Yangibog', Yangizamon, Yangiobod, Qiziljar, Hazarbog' ) bor.
Denov tumaning yer usti ulkan amfiteatrni eslatadi. Tog'lardan oqib tushadigan ko'pdan - ko'p soylar va tog' etaklaridagi baland " zinapoyalar" ajoyib manzara hosil qiladi. Tuman Surxondaryo vohasining shimoliy qismidagi serunum tekislikda joylashgan. Shimoliy va sharqiy chegaralari bo'ylab Surxondaryo va To'polondaryo oqib o'tadi. G'arbida Sina-Sangardak (3722m) tog'lari joylashgan. Tumandan Sangardak- Qizilsuv daryosi o'tadi.
Tumanda bir qancha ko'hna shahar xarobalari topilgan. Bulardan eng yiriklari: Badrach, Xolchayon, Yurchi, Kuloltepa, Oqqo'rg'on, Changilbuva, Jartepa, Teshiktepa, Quloqtepa, Qizqo'rg'on, Qilichbuloq, Uchtepa, Chimqo'rg'on, Kallaminor va boshqalar.
Qator 80 ⟶ 79:
Denov tumanida 9 soat korxonasi mavjud bo'lib, 1995 yilda ularda 171 milion so'mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. 70 kichik korxona va bitta qo'shma korxona tuman xududida faoliyat ko'rsatmoqda.
Denov tumanida 72 umumiy ta'lim maktabi, musiqa maktabi, 9 bog'cha - yasli, 4 maktabdan tashqimuassasa bor. 900 o'rinli 14 kasalxona ishlab turibdi.
Tumanda Muhammadi Keldiyev, Shaymardon Qobilov, Islomqul To'rayev, Boboraxmat Yusupov, Qayum Karimov, Zulfiya Allayorova, Halima Azimova kabi taniqli raislar, Mehnat Qahramonlari faoliyat ko'rsatgan. O'zbekistonOʻzbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a'zosi, Termiz Davlat universitetining rektori Nazar To'rayev, fan doktori, jarroh Abdurahmon Mamadaliyev; taniqli baxshilar: Toshmurod baxshi, [[Boborahim baxshi]]; Mengziyo Safarov, [[Tog'ay Murod]], Nizomjon Parda kabi ijodkorlar; milliy kurash bo'yicha jahon chempioni Ergash polvon Mamarasulovlar tumanning faxri .
 
== Manbalar ==