Oʻgʻuzlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k "Bilge_Tonyukuk_Monument.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan Hedwig in Washington Copyright violation: http://www.yaygut.com/gokturk/ tufayli oʻchirgan edi.
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: o'zbek → oʻzbek using AWB
Qator 4:
'''Oʻgʻuzlar''' (arab. va fors. gʻuzlar, guzlar) — turkiyzabon qabilalarning 2 guruhi. 1) ToʻqquzOʻ. qabila ittifoqi; 8-asr urxunenisey yozuvlarida qayd etilgan. 7-asr boshida Turk xoqonligi tarkibida paydo boʻlgan. 744—45 yillarda Turk xoqonligi tormor etilgach, hoz. MXR hududida oʻz davlatlarini tuzgan uygʻurlar qabila ittifoqida yetakchi mavqega ega boʻlishgan. 840—866 yillarda qirgʻizlar tomonidan siqib chiqarilgan toʻqquzOʻ. hoz. Sintszyan va Gansu viloyatiga koʻchib oʻtishgan, Ganchjou davlati va Turfon davlatini (850—1250) barpo etganlar; bu yerda toʻqqizOʻ. nomi uygʻur etnonimi bilan almashgan. 2) 9—11-asrlarda Orol va Kaspiy dengizi boʻylaridagi koʻchmanchi va yarim oʻtroq qabilalar ittifoqi (gʻuzlar); Yangikent Oʻ. yabgʻusi qarorgohi boʻlgan. 11-asrning 50—60-y.larida Oʻ.ning bir qismi Yaroslav Mudriyning oʻgʻillari tomonidan tormor qilinib, Kiyev knyazlarining vassallari sifatida Ros daryosi boʻylariga joylashganlar; Sirdaryo Oʻ.ining boshqa qismi 10—11-asrboshida Buxoro va Xuroson yerlari tomon siljiganlar. 1040 yildan soʻng saljuqiylar bosh boʻlgan Oʻ. Gʻarbiy Osiyo mamlakatlarini bosib olganlar. 11 — 13-asrlarda Oʻ. etnonimi Oʻrta Osiyo va Eronda turkman, Yaqin Sharqda esa turk etnonimi bilan almashgan. Oʻ. turkman, ozarbayjon, turk hamda gagauz va qoraqalpoqlar etnogenezida muhim rol oʻynagan. Oʻ.ning epik asarlari ("Kitobi dadam Qoʻrqut", "Oʻgʻuznoma") saqlanib qolgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
 
* [[VI]]-asrda [[turkiylar]] [[Oxota dengizi]]dan [[Qrim]]gacha boʻlgan maydonni egallagan buyuk saltanat tuzishdi va saltanatning rivojlanishida oʻgʻuzlar ham faol ishtirok etishdi.
* [[VIII]]-asrda [[turkiy]] xalqqa mansub noʻlgan [[uyg'urlar]] ular gʻarbga koʻchishiga majbur qilishadi.
* [[IX]]-asrda oʻgʻuzlarning bir qismi [[Volga]]ni kechib oʻtdi va [[Bijanaklar|bijanaklar]]ni siquvga oldi.
* [[X]]-asrda ularning boshqa qismi [[Buxoro]]ga koʻchdi va oʻtroqlashdi.
* [[XI]]-asrda oʻgʻuzlarning bir qismi [[Fors]]ga, qolganlari [[O'rtayer dengizi]]ga koʻchishi. Qolganlari esa [[Rus]]ning janubiy qismi orqali [[Bolqon]] yarim oroliga borib joylashdi.
Qator 15 ⟶ 13:
[[Saljuqiylar davlati]]ni tuzgan [[saljuqlar]] asli oʻgʻuz bolishgan, shu bilan birga hozirgi kunda turklar [[turkmanlar]], [[ozarbayjonlar]] hamda Anatoliya [[turklar]]ining avlodlari ham oʻgʻuzlardir.
 
Oʻgʻuzlarning ajdodlari [[o'zbeklaroʻzbeklar]], [[qozoqlar]], [[qoraqalpoqlar]], [[boshqirtlar]], [[tatarlar]]ni ham etnogenezida katta rol oʻynashgan.
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Turkiy xalqlar]]
[[Turkum:Oʻzbekiston tarixi]]
 
{{OʻzME}}