Kasalxona: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa) k in-t → institut |
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB |
||
Qator 1:
'''Kasalxona''' — bemorlarni yotqizib davolaydigan muassasa. Poliklinika bilan birlashtirilgan K.lar bemorlarni poliklinikada va uyda tibbiy yordamning barcha turlari bilan davolaydigan davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi; poliklinika bilan birlashtirilmagan K. faqat statsionarda davolaydi. Ish hajmi va maʼmuriy boʻlinishiga koʻra, respublika, viloyat (oʻlka), shahar, tuman va uchastka K.lari farq qilinadi. Koʻp sohali (turli xil ixtisosliklari boʻyicha boʻlimlari bor) va ixtisoslashgan (sil, yuqumli, ruhiy, oftalmologik va b.) K.lar boʻlib, bular mazkur kasallik boʻyicha malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatadi. 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan bolalar K.si ham koʻp sohali va ixtisoslashgan K.larga boʻlinadi. Tibbiyot instituti yoki ilmiy tadqiqot institutining bazasi hisoblangan K. klinik K. deb ataladi. Bundan tashqari, aholiga kasbiga qarab xizmat qiladigan t.y. transporta K.si, suv xoʻjaligi xodimlari K.si va boshqa K.lar boʻladi. K.da bemorni vrach koʻzdan kechiradigan, hujjatlar rasmiylashtiriladigan qabulxona, zarur sanitariya-gigiyena choralari amalga oshiriladigan xonalar, davolash boʻlimlari (jarrohlik, terapiya va b.), davolashdiagnostika boʻlimlari (rentgenologiya, fizioterapiya); lab.lar, dorixona, oshxona, maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimlari va b. boʻladi. Birlashgan K.ga, bundan tashqari, poliklinika ham kiradi. K.ni bosh vrach boshqaradi, bemorlar davolanadigan ixtisoslashgan boʻlimga esa shu ixtisoslik boʻyicha malakali vrach mudirlik qiladi. Birlashgan K.ning boʻlim mudiri poliklinikadagi tegishli boʻlimga ham rahbar boʻlishi mumkin. Xodimlar soni K.dagi oʻrinlar soniga bogʻliq. K.larning tuzilishi va funksiyasi, shuningdek, unda ishlaydigan tibbiyot xodimlarining haq-huquqlari, majburiyatlari va boshqalar OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan maxsus davlat meʼyornormalari, yoʻriqnoma va koʻrsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi.
Hoz.
Hoz. Oʻzbekiston Respublikasining barcha shahar va viloyatlarida yirik K.lar mavjud. Toshkentda OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining 1-klinik kasalxonasi, 15-, 17-shahar klinik kasalxonalari, tez tibbiy yordam kasalxonasi, shuningdek, 1- va 2- Tosh-TI (oʻquv bazasi)ga qarashli K.lar faoliyat koʻrsatadi. Hoz. mamlakatimizda 1020 ga yaqin K. bor (2002).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 8:
{{manbalar}}
{{stub}}▼
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
▲{{stub}}
|