Norin tumani (Oʻzbekiston): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
Qator 67:
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, ko-reys va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 571 kishi (2003).
 
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q.x.ga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va pillachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 2 (Oʻzbek-Litva "Klayna Tekstil" va "Haqqulobod PIK") qoʻshma korxonasi, kichik va xususiy korxonalar, "Norintola" aksiyadorlik jamiyati va b. mavjud (2003). Q.x.ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Q.x.da sugʻoriladigan yerlar 13 ming ga, ekinzorlar 12 ming ga dan ziyod. Shu jumladan, 6,7 ming ga yerga paxta, 4,6 ming ga yerga bugʻdoy, 563 ga yerga yemxashak,Norin tumanidagi O'zbek—LitvaOʻzbek—Litva "Klayna Tekstil" qoʻshma korxonasi sexi.
 
80 ga yerga sabzavot, 30 ga yerga kartoshka va b. ekinlar ekiladi (2003). N.t.da 9 shirkat xoʻjaligi, 2 fermer xoʻjaliklar uyushmasi, 245 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmoqda. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 19,9 ming qora-mol, 19,3 ming qoʻy, 44,2 ming par-randa boqiladi (2003). 2002/2003 oʻquv yilida 44 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 28,0 ming oʻquvchi taʼlim oldi, 4 kasb-hunar kolleji va iqtidorli bolalar litseyida 1530 oʻquvchi oʻqidi. 37 kutubxona, madaniyat saroyi, 11 qishloq madaniyat uylari, muzey, "Gul-dasta" xalq ansambli, "Xoʻrozcha" xalq qoʻgʻirchoq teatri hamda xalq dorbozlar guruhi faoliyat koʻrsatmoqda.