Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB |
||
Qator 1:
'''Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari''' — Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar 1996-yildan bir muncha osha boshladi. 1998-yilda Oʻzbekistonning Kanadaga eksporti xizmat koʻrsa-tish, qora metall va undan yasalgan buyumlarni yuborishdan iborat boʻldi.
Kanadaning turli kompaniya va notijorat tashkilotlari Oʻzbekistonning mineral xom ashyo va neft-gaz konlarini ishga tushirishda qatnashishga gʻoyat qiziqib qaraydi. Navoiy viloyatidagi Tandir maydonini geologik jihatdan birgalikda oʻrganish toʻgʻrisida 1998 y. okt.da Oʻzbekiston Geol. va mineral resurslar davlat qoʻmitasi b-n "Xebron Fiord Resourses Ink" kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada Kanada tomoni salkam 4,5 mln. AQSH dollari sarflashi koʻzda tutilgan. Kompaniya mutaxassislari belgilangan ish dasturini bajarishga kirishdi. Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi Kanadaning "Pratt end Uitni" kompaniyasi b-n Il-114 samolyotlari uchun PW-127 dvigatellarini yetkazib berish sohasida bevosita hamkorlik qila boshladi. Oʻzbekiston aloka va axborotlashtirish agentligi Kanadaning "Nortel Telekom" kompaniyasi b-n 1993-yildan buyen hamkorlik qilib kelayotir. Keyingi 8 y. mobaynida ushbu kompaniya b-n jami 29 mln. AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan 8 ta shartnoma amalga oshirilib, OʻzbekistonAmerika "Oʻzdunrobita" qoʻshma korxonasi uchun asbob-uskunalar yetkazib berildi .
|