Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 31:
"O'zbektelefilm" studiyasida har yili 23 soatga yaqin [[hujjatli film|hujjatli]], 24 soatga yaqin [[badiiy film]]lar yaratish ko`zda tutilgan. [[Dublyaj]] bo`limida bir yilda 550-600 soat atrofidagi filmlar o`zbek va rus tillariga o'giriladi.
== Badiiy jamoalar direksiyasi ==
Badiiy jamoalar direksiyasi O`zbekiston teleradiokompaniyasi qoshida [[1987]] yilda tashkil etilgan. Direksiya 7 jamoadan iborat: Xalq cholg'u [[orkestr]]i, [[Estrada]] [[simfonik orkestr]]i, [[Xor]] jamoasi, [[Yunus Rajabiy|Y. Rajabiy]] nomli [[Maqom (ansambl)|"Maqom" ansambli]], G'`. Toshmatov nomli [[Dutorchilar|"Dutorchilar" ansambli]], [[Kamer orkestr]]i, [["Bulbulcha" bolalar xori]].
 
== Respublika Telemarkazi ==
Respublika telemarkazi (RTM) [[1956]] yil tashkil qilingan. RTMning asosiy vazifasi O`zbekiston televideniyesi kanallari tomonidan tayyorlanayotgan ko`rsatuvlarni texnik tomondan ta`minlab, ularni efirga uzatishdan iborat. Hozirgi vaqtda RTM bir kecha-kunduzda 51,5 soat ko`rsatuvlarni efirga uzatishni ta`minlaydi. Yangi raqamli markaziy apparatxona va 5 [[telekamera|kamera]]li umumiy maydoni 600 m<sup>2</sup> [[studiya]] qayta jihozlanib ishga tushirildi. Hozirgi kunda 8 va 4 kamerali raqamli ko`chma televizion stansiya ishlab turibdi.