Sugʻorish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Sugʻorish''', irrigatsiya''irigatsiya'' — tuproqni manbalardan olingan suv bilan sunʼiy namlash, melioratsiyannng bir turi. S tuproqning oʻsimlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa oʻsimliklarning tuproqdan oziq moddalar — mineral va organik oʻgʻitlarni oʻzlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan yuqori hosil olishni taʼminlaydi. S. yer hosildorligini sugʻorilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8—10 marta oshiradi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xoʻjaligi qurilishiga va yerlarni meliorativ oʻzlashtirishga sarflangan kapital mablagʻlarning tez (3—5 yil ichida) qoplanishini taʼminlaydi.
 
Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Rossiya, Yaponiya, Misr (ekin ekiladigan hamma maydoni sugʻoriladi)da, AQSH, Meksika, Italiya, Bolgariya, Fransiya va b. mamlakatlarda sugʻoriladigan yerlar 20-a.da ayniqsa tez kengayib bordi, yirik sugʻorish sistemalari barpo etildi. 20-a.ning 50y.larida dunyoda sugʻoriladigan jami yer mayd. 121 mln.ga, 80y.larda 230 mln.ga dan koʻproqni, 20a. oxirida 271,4 mln.ga ni tashkil etdi. Osiyoda 191,2, Shim. Amerikada 30,4, Yevropada 24,6, Afrikada 12,5, Avstraliyada 2,4 mln. ga ekin maydonlari sugoriladi (1999).