Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k imlo, replaced: roʻyhat → roʻyxat, taxm. → taxminan using AWB
Qator 1:
{{Eron_info}}
'''Eron''', '''Eron Islom Respublikasi''' (Jumhuriye Islomiye Iron) — Janubiy Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat; [[BMT]] aʼzosi. Maydoni 1,648,195 &nbsp;km². Aholisi 70,472,000 kishi (2006).<ref>Britannica Encyclopedia, Iran, p.۱/۱۰۱</ref> Poytaxti [[Tehron]] shahri Maʼmuriy jihatdan 30 oston (viloyat)ga boʻlinadi. Pul birligi [[eron reali]].
 
Oʻrta Osiyo hududida joylashgan. Nafaqat Oʻrta Osiyo balki Butun Jahon boʻyicha neftni qazib chiqaruvchi nodir davlatlar roʻyhatigaroʻyxatiga kiritilib kelinmoqda.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 16:
 
== Tarixi ==
E. hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Eronliklar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar Ossuriya yozma yodgorliklarida keltirilgan. Mil. av. 834 yilda shoh Salmanasar III ning sharqqa qilgan yurishini tavsiflovchi mixxat yozuvlarida qadimiy fors tilida soʻzlashuvchi xalqlar istiqomat qilgan Parsua mamlakati qayd etilgan. Mil. av. 3-ming yillik boshida E.ning jan.gʻarbida dastlab shahardavlatlar, keyinroq Elam davlati paydo boʻldi. Mil. av. 2-ming yillik davomida E. hududiga hinderon tillarida soʻzlashuvchi hindevropa qabilalari kirib kela boshlagan. E.ning hozirgi nomi oʻsha xalqlar — oriylar nomi (qad. eroncha aguapa — „oriylar mamlakati“) dan olingan. Bu davrda E. hududining bir qismi Ossuriya hukmronligi ostida boʻlgan. Mil. av. taxm.taxminan 673— 672 yillarda Ossuriyaga qarshi koʻtarilgan gʻalayon natijasida Eron togʻligining shim.gʻarbiy qismida Midiya davlati paydo boʻldi. Mil. av. 550 yil Midiya va Forsiya qirolligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan urush (553— 550)dan soʻng hokimiyat axomaniylar sulolasi qoʻliga oʻtdi. Yunonlar, keyinchalik Yevropaning boshqa xalqlari Forsiya nomini mamlakatning barcha qismiga taalluqli deb bilib, uni Forsiya (Persiya) deb atay boshlaganlar (Yevropa adabiyotida bu nom 1935 yilgacha saqlanib kelgan). Gʻarb bilan Sharq oʻrtasidagi savdo yoʻllarida oʻz hukmronligini oʻrnatish maqsadida Axomaniylar Yunoniston bilan urush olib bordilar. Mil. av. 330 yil Axomaniylar davlati Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Uning oʻlimidan soʻng E. Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Mil. av. 3-asr hozirgi E. va Turkmaniston chegaralarida Parfiya qirolligi vujudga kelib, mil. av. 2-asr oʻrtalarida E.ning barcha hududi uning tarkibida boʻlgan. Mil. av. 1-asrdan Parfiya Rim bilan uzoq muddatli urushga kirdi. Mil. 224 yil Parfiya qaramogʻidagi Forsiya hukmdori Ardasher I Parfiyaning soʻnggi qiroli Artaban V ni urushda yenggach, Sosoniylar davlatit* tuzdi. Sosoniylar hukmronligi davrida 3-asr oʻrtalarida moniylik, 5-asr oxirlarida mazdakiylik paydo boʻddi. 7-asrda E.ni arablar bosib oldi va u Arab xalifaligi tarkibiga kirdi. E.da islom dini tarqalib, 10-asrda aholining koʻp qismi unga eʼtiqod qilaboshladi. 9—10-asrlarda E. hududida noibliklar vujudga keldi. 900 yilda Xuroson va butun Sharqiy E. Somoniylar qoʻl ostiga oʻtdi, soʻng Sharqiy E. Oʻrta Osiyoning bir qismi va hozirgi Afgʻoniston hududi bilan birgalikda Gʻaznaviylar davlati tarkibiga kirdi. 11-asrda E.ga turkiy qabila (oʻgʻuz)lar kirib keldi. Ulardan biri — saljuqiylar gʻaynaviylar qoʻshinini tormor qilib, E.ni va unga qoʻshni mamlakatlarni bosib oldi va Saljukiylar davlatini tuzdi. 12-asr boshlarida Saljuqiylar davlati parchalanib, qator sultonliklar paydo boʻldi. 12-asr oxirida E. Xorazmshohlar davlatita qoʻshib olindi. 1220—56 yillarda E.ni moʻgʻullar bosib oldi va 14-asrning oʻrtalarigacha Hulokuiylar davlati tarkibida boʻldi. 14-asrning 30—80-y.larida Xurosonda moʻgʻul va mahalliy zodagonlar zulmiga qarshi Sarbadorlar koʻzgʻolonlari, 1350 yil Mozandaron va Gilonda Saidlar harakati boʻlib oʻtdi, natijada sarbadorlar va saidlar davlati paydo boʻldi. 16-asr boshida E.ning barcha qismi Safaviylar qoʻliga oʻtdi. 1502 yil shia mazhabi davlat dini deb eʼlon qilindi. 17a, oxiri — 18-asr boshlarida mamlakatning turli qismlarida zodagonlarga qarshi gʻalayonlar, shuningdek, asoratga solingan afgʻon, turkman, kurd, ozarbayjon va boshqalar xalqlarning ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Afgʻon qabilalarining 1709—22 yillardagi qoʻzgʻolonlari natijasida 1722 yil ular Safaviylar poytaxti boʻlmish Isfahonni egalladilar. Afgʻon xonlarining hukmronligiga qarshi xalq harakati boshlanib ketdi. 1723 yil E.ning shim.gʻarbiy va markaziy viloyatlariga bostirib kirgan turklar quvib chiqarildi. E.davlati Nodirshoh rahbarligida juda katta imperiyaga aylandi. 1747 yil fitna natijasida shoh oʻldiriddi va E.davlati parchalanib ketdi. 18-asr oxirida zand va qojar xonlari oʻrtasida uzoq davom etgan kurashdan keyin E.da Qojarlar sulolasi oʻrnatiddi. 18-asr oxiridan E. Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik obʼyektiga aylandi. 19-asrdagi RossiyaEron urushlari natijasida muqaddam E. bosib olgan Kavkaz orti hududlari Rossiyaga oʻtdi. 19-asrning 50-y.lari oʻrtalarida mamlakatda ijtimoiyziddiyatlarning kuchayishi Bobiylar qoʻzgʻolonlarit oʻz aksini topdi. 19 a. 60-y.lari — 20-asr boshlarida E. asosan, Buyuk Britaniya va Rossiyaning yarim mustamlakasiga aylandi. 19-asr oxiridan zulm va ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi 1905—11 yillardagi Eron inqilobining boshlanishiga zamin yaratdi. Natijada konstitutsiya eʼlon qilindi, parlament (majlis) chaqirildi. 1911 yil oxirida Eron inqilobi Angliya va Rossiya tomonidan bostirildi. 1-jahon urushi yillari (1914— 18)da E. urushga kirgan davlatlarning harbiy harakatlari maydoniga aylandi. 1919 yil E. Buyuk Britaniya tomonidan bosib olindi. Mamlakatda milliy ozodlik kurashi avj oldi. Eron Ozarbayjoni (1920), Gilon va Mozandaron (192021), Xuroson (1921)da kuchli milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi. 1921 yil 21 fevralda oʻng kuchlar Rizoxon qoʻmondonligi ostida davlat toʻntarishini amalga oshirdilar. Said Ziyovuddin rahbarligidagi yangi hukumat (ushbu hukumat tarkibida Rizoxon harbiy vazir boʻlgan) demokratik harakat yoyilib ketmaslik choralarini koʻrdi va jamoat tazyiqi ostida 1919 yilgi Angliya—E. bitimini bekor qildi. 1925 yil 12 dek.da Taʼsis majlisi Rizoxonni Rizoshoh Pahlaviy nomi bilan E. shohi deb eʼlon qildi. 1930-y.larning oʻrtalaridan E. Germaniya bilan aloqalarini kuchaytira boshladi. 2-jahon urushi yillari (1941 yil avg .da) E. hududiga sovet va ingliz qoʻshinlari kiritildi (1945 yil oxiri — 1946 yil mayda olib chiqib ketildi). 1941 yil 16 sentyabrda Rizoshoh taxtdan voz kechdi va uning oʻrniga oʻgʻli Muhammad Rizo Pahlaviy oʻtirdi. 1943 yil 9 sentyabrda E. Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi, lekin harbiy harakatlarda qatnashmadi. 1945—46 yillar E.da kuchli antiimperialistik va demokratik harakatlar avj oldi. Hukumat AQSH va Buyuk Britaniya yordamiga tayanib, bu harakatlarga chek qoʻydi. 1960-y.larning boshlarida mamlakatda ijtimoiy va ichki siyosiy vaziyat keskinlashdi. Shoh hukumati monarxiya tuzumi va harbiy qudratini mustahkamlash maqsadida islohotlar oʻtkazishga kirishdi (agrar islohotlar oʻtkazildi, maorif va sogliqni saqlash tizimini yaxshilashga oid ayrim tadbirlar amalga oshirildi). Ammo shoh tuzumining reaksion ichki siyosati, gʻarbparastligi E.da islom dinining fundamental qadriyatlarini tiklashga intiluvchi ruhoniylarning keskin qarshiligiga uchradi. 1979 yil fevral
 
da monarxiyaga qarshi inqilob natijasida shoh tuzumi agʻdarildi. Inqilobga surgundan qaytgan shialar yetakchisi oyatullo Humayniy (1964 yil mamlakatdan surgun qilingan) rahbarlik qildi. Muhammad Rizo Pahlaviy mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1979 yil 1 apr.dan mamlakat rasmiy ravishda E. Islom Respublikasi deb nomlandi. 1979 yil oxirida E. bilan Iroq oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashdi. E. bilan Iroq oʻrtasida Shatt ulArab daryosi boʻylab oʻtgan chegara xususidagi janjal qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 8 yil davom etgan bu mojaro ikki tomonni ham holdan toydirdi. Humayniy vafotidan soʻng (1989) hokimiyat tepasiga kelgan yangi hukumat bir qancha ijobiy islohotlarni amalga oshira boshladi, tashqi siyosatda E.ni xalqaro miqyosda yakkalanib qolish holatidan chiqarish yoʻlini belgiladi.