Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (10) using AWB
Qator 15:
 
== Tarixi ==
F. hududida odam juda kddim zamondan, taxm.taxminan 1 mln. yildan buyen yashab keladi. Mil. av. 6—5-a.larda F. hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Mil. av. 2-a. oxiri — 1-a. Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Mil. 2—4-a.larda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-a.larda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi ("Fransiya" franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan F. mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-a.dan mamlakat "F." deb atala boshladi. [[1302]] y. dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. F. bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush ([[1337]]—[[1453]]) natijasida i.ch. va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya ([[1358]]) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-a. 2yarmida F. iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-a.lardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. F. qirollari Gʻarbiy [[Yevropa]]da oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. [[Oʻttiz yillik urush]]). 17-a.ga kelib F. mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-a.ning 2yarmida F.Gʻarbiy [[Yevropa]]ning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo [[Ispaniya]] merosi uchun boʻlib oʻtgan urush ([[1701]] — [[1714]]) va nihoyat Yetti yillik urush ([[1756]]—[[1763]]) natijasida F.ning Shim. [[Amerika]] ([[Kanada]] va b.) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-a.larda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-a. oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent [[1792]] y. 22 sent.da F.da respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent [[1793]] y. [[24 iyun]]da demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent ([[1794]]—[[1795]]) va Direktoriya rejimi ([[1795]]—[[1799]]) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, [[1804]] y.dan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida F. kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, F. hududi birmuncha kengayib, [[Yevropa]]da F.ga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, F.ning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. [[1814]]—[[1815]] va [[1815]]—[[1830]] y.larda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. [[1815]] y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda ([[1815]] y. [[18 iyun]]) u magʻlubiyatga uchragach, [[Parij]] sulhiga muvofiq, F. [[1790]] y.gi chegarasiga qaytarildi. [[1830]] y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. F.da monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.
 
[[1848]] y. fevral inqilobi natijasida F.da Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). [[1851]] y. 2 dek.da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. [[1852]] y. 2 dek.da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. [[1870]]—[[1771]] y.lardagi F. — [[Prussiya]] urushida F. yengilib turgan sharoitda ([[1870]]) Sent. inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. F. respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 y. [[18 mart]]da qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. [[1871]] y. [[Frankfurt]] sulh shartnomasiga koʻra, F. [[Elzas]] va [[Lotaringiya]]ning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. [[1875]] y. Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika ([[1870]]— [[1940]]) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-a. oxiriga kelib, F. mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-a. boshlarida F. sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. F. bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli [[1891]]—[[1893]] y.larda F. — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq [[1904]] y.gi F.— [[Buyuk Britaniya]] bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. F. 1jaqon urushi ([[1914]]—[[1918]])da qatnashdi. [[Olmoniya]]ning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, F. [[Yevropa]]da oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-y.lardagi jahon iqtisodiy boʻhroni F.da boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi F.dagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). [[1936]] y. iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. [[1938]] y. boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. [[1939]] y. 3 sent.da F. [[Olmoniya]]ning F. ittifoqchisi boʻlgan [[Polsha]]ga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo [[Polsha]]ga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. [[1940]] y. may oyida Olmoniya qoʻshinlari F. hududiga bostirib kirdi. [[10 iyun]]da F.ga [[Italiya]] urush eʼlon qildi. [[14 iyun]]da esa Olmoniya qoʻshinlari [[Parij]]ni urushsiz egalladilar. [[22 iyun]]da F. hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. [[Olmoniya]] qoʻshinlari F. hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi sh.da A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. [[1942]] y. [[11 noyabr]]da Germaniya bilan [[Italiya]] bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. [[1940]] y. general Sh. de Goll boshchiligida "Ozod Fransiya" harakati (1942 y.dan "Kurashayotgan Fransiya") tuzildi. Bu harakatga F.ning [[Afrika]]dagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta [[Kongo]], [[Gabon]] va b.)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. [[1941]] y. 24 sent.da de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi F. hukumatiningoʻzagi boʻldi. [[1943]] y. [[3 iyun]]da Jazoirda general de Goll raqbarligida F. Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. [[1944]] y. [[2 iyunda]] AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ F. respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 y. oxmriga kelib, F. hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.
Qator 56:
 
== Adabiyoti ==
Eng qad. adabiyot namunalari 9-a.ning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, "Avliyo Yevlaliya haqida kantilena"). 10—11-a.larda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. "Roland haqida qoʻshiq" asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. "Russilonli Jirar" asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-a.dan 13-a.gacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-a. oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning "Aleksandr haqida roman", "Fiva haqida roman", "Eney", "Troya haqida roman" (barchasi 1140—65 y.larda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxm.taxminan IZO—taxm.IZO—taxminan 1191) "Erek va Enida", "Iveyn", "Perseval" va b. romanlari kiradi. 12-a.ning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, "Fluar va Blansheflor", "Okassen va Nikolet" kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-a.lar F. adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxm.taxminan 1300—77), Estash Deshan (taxm.taxminan 1346— taxm.taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxm.1363—taxminan 1431), Alen Shartye (1385— taxm.taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453 y.gi 100 y.lik urush fojeasini aks ettirdilar.
 
15-a. oxirlarida F.da uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining F.dagi yirik vakili F. Rable (1494—1553) "Gargantyua va Pantagryuel" asari bilan mashhur boʻldi. 16-a. 1yarmida F. lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. "Pleyada" deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va b.) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. "Pleyada" sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va b.dir. 16-a.ning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) "Pleyada"ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-a. boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. d’Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635 y. tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining "Tartyuf", "Mizantrop", "Xasis", "Don Juan" va b. asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi.
Qator 69:
F. hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-a.dan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi. Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-a.lar), ibodatxona va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-a., Perigyodagi SenFron, 1120 y.dan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar).
 
12-a.da Shimoliy F. shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar koʻplab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov (1137—44), Sane (taxm.taxminan 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-a.ning 2yarmidan meʼmorlikda fransuz Uygʻonish davrining hashamdor va goʻzal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qoʻrgʻonlari oʻzining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur meʼmorlardan (jumladan, Leonardo da Vinchi) tashqari, F.ning oʻzida ham N. Bashelye, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi isteʼdodli meʼmorlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz Uygʻonish davri meʼmorligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qoʻrgʻonqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (meʼmor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin.
 
17-a.da absolyutizm kuchayishi bilan sanʼatda monarx shaxsi va hokimiyatini ulugʻlash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uygʻunlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulugʻvorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon boʻldi. Parij geometrik jihatdan toʻgʻri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, Gʻalaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va koʻpriklar kurildi.
Qator 82:
F. hududidagi eng qad. sanʼat asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-a.dan varvarlar davlati tashkil topishi bilan oʻrta asrlar sanʼati (merovinglar sanʼati) vujudga kelgan.
 
10—12-a.larda karoling sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi. Bu davrdan har xil taqinchoklar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saklanib krlgan. F.ning gotik haykaltaroshligida insonning jismoniy goʻzalligi va hislariga, real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida namoyon boʻldi. 14-a.da haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda koʻproq tasviriy sanʼat asarlari va boʻyalgan yogʻoch haykallar paydo boʻldi. Gotika tasviriy sanʼatida interyerni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur boʻlib qoldi (Parijdagi SentShapel ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-a. 2yarmidan vitrajlarda koʻproq yorugʻ ranglar qoʻllanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida koʻproq uchraydi. 14—15-a.larda niderland va italyan sanʼati taʼsiri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo boʻla boshladi. Tevarak atrofii real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning "Berriy gersogining eng boy chasoslovi" (taxm.taxminan 1411 — 16) asari saklanib qrlgan. 15-a. urtalarida qirol saroyi qoshida fransuz Uygʻonish davri kurtaklari boʻlgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur vakili J. Fuke boʻlgan. Uygʻonish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-a. 2yarmida Uygonish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham taʼsir qildi. 16-a. boshlarida qirol saroyi tasviriy sanʼat markaziga aylandi.
 
Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini togshi. Bu davr sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qoʻshdilar. 17-a.ga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-a. 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-a. oʻrtalarida F. sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-a. tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-a. 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M.K. Latura, J.B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18a. oʻrtalariga kelib tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-a. boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning "Marselyeza" asarida, P.J. David d’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848 y.gi inqilob F. sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. 1851 y. toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860y.larda mamlakat tasviriy sanʼatida E. Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850—60-y.lar x,aykaltaroshlikda J.B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-a. soʻnggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.