Musiqa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matiia (munozara | hissa)
k 195.189.123.24 tahrirlari CoderSIBot versiyasiga qaytarildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
Qator 23:
Zamonaviy musiqashunoslik fani arxeologiya va etn. maʼlumotlaridan kelib chiqib, M. sanʼatini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa sanʼat turlari (rake, sheʼriyat va q.k.) bilan krrishma (sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda M. ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bulib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, jamiyatga zarur axlokiymaʼnaviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma sanʼat majmuasidan bir qancha sanʼat turlari, jumladan, M. ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga mansub afsonalarda M. tabiatga, yovvoyi hayvonlarni oʻrgatishda taʼsir kursatish, insonni turli kasalliklardan davolovchi kuch sifatida taʼriflanadi (q. [[Alikambar]], [[Ibtidoiy sanʼat]], [[Mavsum koʻshiklari]], [[Marosim qoʻshiqlari]]).
 
Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qad. dunyo davlatlari — Misr, Shumer, Bobil, Oʻrta Osiyo (taxm.taxminan mil. av. 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yatlarida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholgʻu, raqs, doston va b. janrlar paydo bulgan.
 
Turli xil M. asboblari (chang , ud, tanbur, lira, kifara, puflama va urma asboblar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega boʻlgan. M.ning ushbu davrda asosan ogʻzaki anʼanada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv (iyeroglif, harfiy va b.) tizimi ixtiro etilgan, M. estetikasi va nazariyasi taʼlimotlari shakllangan: Xitoyda — Konfutsiy, Yunonistonda — Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va b., Oʻrta Osiyoda — Borbad.
Qator 31:
Ushbu davrda Oʻrta va Yaqin Sharq (Arab xalifaligi)da erkin rechitativ va parda tuzilmalariga asoslangan musulmon kasbiy M. (azon, tartil, tajvid) janrlari shakllangan. Ular boshka M. turlaridan mustaqil ravishda rivojlanib, keyinchalik Oʻn ikki makom tizimining shakllanishiga ham maʼlum darajada taʼsir koʻrsatgan. 8— 13-a.lar musulmon Shark, xalqlari ogʻzaki anʼanadagi kasbiy M. si daston (M. nazariyasida) yoki parda (sheʼriyat va M. amaliyotida) tizimlari asosida shakllangan. Oʻrta Osiyo, Eron va arab xalqlari M.sida muttasil davom etgan oʻzaro taʼsir va aloqa jarayonlari natijasida ushbu xalqlar uchun umumiy boʻlgan vokal (savt, gʻino, amal, mulammo, qavl va b.) va cholgʻu (ravoshin, peshrav kabi) turlari vujudga kelgan. Mashhur bastakor, xonanda va sozandalar Ibrohim Mavsiliy, Ishoq Mavsiliy, Ziryob, Mansur Zalzal, Ibn Surayj, Ibn Axvas as-Soʻgʻdiy, Safiuddin al-Urmaviy va b. ijod qilgan. Musiqa ilmida ham muhim yutuqlarga erishilgan. Yunon M. nazariyasi hamda mahalliy xalqlar M. anʼanalariga asoslangan musiqiy estetika va ilmiynazariy taʼlimotlar dastlab mat. fanlari doirasida (al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino), keyinchalik mustaqil fan sifatida (Urmaviy) shakllangan. Ishoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa (harfiy) yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan.
 
Uygʻonish davri Yevropa madaniyatida taraqqiy etgan insonparvarlik gʻoyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan M. sanʼatida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga koʻtarildi, cholgʻu (lyutnya, viola) va vokal {(madrigal) ijrochiligi rivoj topgan. Professional M.da polifoniya uslubi, jumladan, a kapella xor ijrochiligi (motet, messa va b. janrlar) oʻz choʻqqisiga koʻtarildi. Yangi kompozitorlik (Angliyada — D. Dansteybl, Niderland maktabi, Rimda — Palestrina, Vene-siyada — A. va J. Gabriyeli) maktablari shakllandi.
 
17—18-a.ning 1-yarmida yangi janrlar — opera (Italiyada — K. Monte-verdi, A. Skarlatti; Fransiyada — J.B.Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada —G. Pyorsell), oratoriya (G. F. Gendel), kantata (G. Shyuts, I. S. Bax), konsert (A. Korelli, A. Vivaldi, I. S. Bax, Gendel), kamer ansambl, sonata (A. Korelli, D. Skarlatti), syuita va b. janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (U. Byord, G. Pyorsell, F. Kuperen, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholgʻu asboblar (skripka, alt, violonchel)ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etishgan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa taʼlimi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-a. oʻrtalari — 19-a.ning boshida Yevropa M.si Maʼrifatchilik davri hamda Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida rivojlangan (fransuz kompozitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klassik maktabi vakillari ijodi, simfonizm musiqatafakkuri). 19-a.da rus (M. Glinka, "Qudratli tuda" vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Monyushko), chex (B. Smetana, D. Dvorjak), venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (Ya. Sibelius) yangi milliy kompozitorlik maktablari shakllangan, yetakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M. Veber, F. Shubert, R. Shuman, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Paganini vab.). 20-a. M. tarixida alohida oʻrin tutadi. M. madaniyatining barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yoʻnalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) rivoj topgan. 20-a.da yuz bergan ilmiytexnik va informatsion inqiloblar (radio, televideniye, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida M.ning tinglovchilarga yetkazish va eshitish sohalarida yangi imkoniyatlar paydo boʻldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kompozitorlik ijodida sof musiqiy (simfoniya, konsert, kamer-cholgʻu M. kabi) janrlar oʻrniga vokal M.si, teatr M.si, kino M.si kabi "aralash" turlar yetakchilik qila boshladi. Kompozitorlik ijodi bilan birga anʼanaviy M. ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamlakatlari mumtoz M. janrlari (mas, hind ragalari, pokiston qavalli, ozarbayjon mugʻom, oʻzbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy M. yoʻnalishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.
Qator 44:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{music-stub}}
 
[[Turkum:Sanʼat]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Sanʼat]]
 
 
{{music-stub}}