Boburnoma: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek, o'zbek → oʻzbek (3) using AWB |
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (2) using AWB |
||
Qator 1:
[[Fayl:Baburnama.jpg|thumb|right|Boburnomadan illyustratsiya]]
[[Fayl:PeafowlBaburnama.jpg|thumb|right|Boburnomadan illyustratsiya]]
'''Boburnoma''' — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi [[Zahiriddin Muhammad Bobur]]. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (
"B." oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—24) va Hindiston (1524— 30)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—94) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻltirishi (1494 y. iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15-a. 90-y.lari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali
"B."da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-a. 80—90-y.lari va 16-a. 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va b.ning xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va b.ga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha kattakichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va b.) ham uchraydi. Shuningdek, "B."da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va b. haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari, anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, q.x., daryo va suv havzalari, choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Xususan 15—16-a.larda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul qabilalarining urfodatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular oʻzbek, qozoq, qirgʻiz va b. turkiyzabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. "B." da Fargʻona, Samarqand sh.lari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va b. joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan.
|