Italiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} (4) using AWB
Qator 1:
{{Italiya_info}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Italiya''' (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) — Yevropa jan. da, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin ya.o., Sitsiliya, Sardiniya va b. kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Mayd. 301,2 ming km2km{{sup|2}}. Aholisi 60,92 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jixatdan 20 viloyat (regione)ra boʻlinadi. Poytaxti — [[Rim]] sh.
 
 
== Davlat tuzumi ==
I. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 y. 22 dek. da qabul qilingan va 1948 y. 1 yanv.dan kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (1999 y. maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 y. muddatga saylanadi. Qo-nun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xrkimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.
 
 
== Tabiati ==
Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin ya.o.ning jan.da pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. I.ning shim.da Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m — I.ning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi — Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari jan.da joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin ya.o. boʻylab 1200 &nbsp;km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata — 1734 m, Vezuviy — 1277 m) bor. I. orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. I.ning oʻrta va jan. qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi.
 
I.da toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. I. simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (t-rasi 100—200°) bulok, koʻp.
 
Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shim.dan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20—28°, baʼzan issiq shamol esganda 40—45° ga koʻtariladi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin ya.o. va orollarda 1 — 12°. Sharqiy Alp va Shim. Apennin toglari I.ning eng seryogʻin (yiliga 3000 &nbsp;mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600—800 600–800&nbsp;mm, Sitsiliya va Sardiniya o.larida 500 &nbsp;mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining I. hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.
 
Eng yirik daryosi — Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar I.ning shim. qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp.
 
Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloklari bor. Apennin ya.o., Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500—600500–600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar usadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloklari bor.
 
I.da yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. I.da noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. — jami mayd. 200 ming ga.
 
Aholisining 98% dan koʻprogʻi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili — italyan tili. Asosiy din — katolik dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: [[Rim]], Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo.
 
 
== Tarixi ==
Qator 40 ⟶ 37:
 
Trir shahri devorlarining shi-moliy darvozasi (qurilish 180 y.da boshlangan, ammo nihryasiga yetmagan).
 
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
"Olgʻa, Italiya" partiyasi, 1993 y. siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996 y. partiyaga aylantirilgan; I. liberal partiyasi, 1848 y.da asos solingan, 1944 y.da kayta tiklangan,1994 y. martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; I. Xalq partiyasi, tugatilgan Xristi-andemokratik partiya negizida 1994 y. 18 yanv.da rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991 y. tashkil etilgan; I. respubli-kachilar partiyasi, 1832 y.dan faoliyat koʻrsatadi; I. sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947 y.da tuzilgan, 1966 y.da Sotsialistok partiya b-n qoʻshilgan, 1969 y.dan yana mustakil partiya; I. sotsialistlari, I. so-sialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994 y. tuzilgan; I. sotsialistok partiyasi, 1892 y.da I. mehnatkashlar partiyasi nomi b-n tuzilgan. I. umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906 y.da tuzilgan; I. mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948 y.da tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. I. mehnat ittifoqi, 1950 y.da tuzilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 57 ⟶ 52:
 
I. — xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri (yiliga 50 mln.dan koʻproq sayyoh kelib ketadi).
 
 
== Tashqi savdosi ==
I. iqtisodiyoti koʻp jihatdan tashqi savdoga bogʻliq. I. chetga sanoat mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va q.x. mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan neft, koʻmir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yogʻoch, qogʻoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi — lira.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 81 ⟶ 74:
 
Urushdan keyingi yillarda I. adabiyotida bir qator yosh shoir va adiblar (I. Kalvino, M. Venturi, J. Vas-sani, D. Pea va b.) paydo boʻldi. Neorealizm yetakchi oqimga aylandi. 60—90 y.larda realistik adabiyot yangi bosk,-ichda rivojlandi. Uning yirik vakillari — V. Pratolini, A. Moravia, I. Kalvino, L. Shashi, M. Venturi, L. Malebra, S. Kvazimodo, E. Montale, D. Fo va b. I. adabiyoti rivojiga sal-mokli hissa qoʻshdilar. K. Goldoni ("Ikki boyga bir malay"), K. Gotssi ("Baxtli gado"), R. Jovanoli ("Spartak"), Sh. Perro ("Qizil qalpoqcha"), J. Rodari ("Salom bolalar"), Dante, J. Bokkachcho va b.ning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
 
== Meʼmorligi ==
Etrusklar va Qad. [[Rim]] meʼmorlik ansambllari va uy-joy binolari I.ning eng kad. meʼmoriy obidalaridir (q. [[Rim]]). Ilk oʻrta asrlardan [[Rim]]dagi bazilika (Santa-Mariya Majore, 5-a., Santa Ane[[ssa]], [[7-a]].,) va markazi gumbazli cherkovlar (San-Stefano Rotondo, 5-a.), shuningdek, Ravenna yodgorliklari majmuasi va b. yodgorliklar saklangan. 11 —13-a.larda roman uslubida barpo qilingan binolar vujudga keldi (Milandagi Sant-Ambrojo bazilikasi, 11a., Aretssodagi Santa-Mariya della Pove cherkovi, 12-a. va b.). Ayrim insho-otlarda Vizantiya meʼmorligining taʼsiri seziladi (Venetsiyadagi avliyo Mark sobori, 11-a., Palermodagi sobor). 11 —12-a.larda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. meʼmorlik anʼanalari uslubida barpo etilgan. Shaharlarning tez surʼatlar b-n rivojlanishi mahobatli diniy-maʼmuriy binolar b-n bir qatorda shahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari, ratushalar qurishni ham taqozo etdi. 13—14-a.larda gotika rivoj top-di (Milan, Orvyeto, Florensiya soborlari). Katta shaharlar vujudga kela boshlagach, qurilishning yangi tamo-yillari paydo boʻldi (jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat b-n qarala boshladi). B. Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinola va b. atokli meʼmorlar [[Rim]] va Venetsiyada mahrbatli binolar barpo qildilar. Barokko meʼmorlari (16-a.) koʻp shaharlarda badavlat xonadonlar uchun ulkan ansambllar, shaxsiy qoʻrgʻonlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar. Binolarning hashamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi (L. Ber-nini, F. Borromini). [[Rim]]dagi avliyo Pyotr sobori b-n Navon maydoni (16— 17-a.lar) goʻzal meʼmoriy ansambllardan hisoblanadi. 18-a.dan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol sh.laridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. 20-a.da modernizm (Turindagi koʻrgazma zali), neoklassitsizm ([[Rim]]dagi sport markazi), 60-y.lardan esa organik meʼmorlik ta-moyillari shakllandi. Zamonaviy maʼ-muriy inshoot va binolar qurishda sathning kengligi va qulayligiga, yangicha yechimlarga alohida ahamiyat berildi ([[Rim]]dagi Termini vokzali, sport saroyi, Paduyadagi I. banki binosi).
 
 
== Tasviriy sanʼati ==
I. hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi koya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari). Jez davrida (mil. av. 2ming yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8— 2-a.lardan etrusklar yodgorliklari maʼlum. Mil. av. 8—6-a.lardan I. Kds. Yunon, mil. av. 5-a.dan mil. 5-a.gacha Kdd. [[Rim]] madaniyati va sanʼatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Oʻrta asrlarda diniy afsonalar asosidagi asarlar paydo boʻldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanʼatiga yaqin mozaika rasmlari yaratildi. 12-a. oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi manzarali hay-kaltaroshlik tarqaldi. 13—14-a.larda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-a.dan Uygʻonish davri realistik sanʼati taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga koʻproq murojaat qila boshladilar: Rassom va haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda oʻrganib, ajoyib sanʼat namunalarini yaratdilar (Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va b.). 15—16a.larda moyboʻyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr dekoratsiyasi sanʼati yuksak pogʻonaga koʻ-tarildi. 16-a. oxiri va 18-a.da serhasham va dabdabali barokko uslubi (haykal-tarosh L. Bernini, rassomlardan Pyetro da Kortona, L. Jordano) qaror topdi. 16-a. oxirlarida paydo boʻlgan akademizm (aka-uka Kar-rachchi) va manyerizm (haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no,.A. Bronzino) sanʼati hukmronlik qildi. 18-a. Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi) hayotiy kuzatishlar kuchliligi b-n koʻzga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-a. 2-yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinchalik maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori, T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash mav-zularida ijod qildilar. 2-jahon uru-shidan keyin syurrealizm, abstrakt sanʼat avj olib ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy na-munalariga qarshi kurashda realistik sanʼat namoyandalarining ijodi ka-mol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu, rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-tuygʻularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 102 ⟶ 92:
== Kinosi ==
1895 y. "Milan vokzaliga kelgan poyezd" nomli birinchi hujjatli film (rej. I. Pakkoni) yaratildi. 1901 i. Florensiya va [[Rim]]da dastlabki kinoteatrlar ochildi. Ammo 1904 i. Turinda hujjatli-xronika filmlari studiyasi ochilganidan keyin ha-qiqiy italyan kinematografiyasi vujudga keldi. 1905 y.da F. Alberini b-n D. Santoni [[Rim]]da oʻz kinostudiya-sini tashkil etdi (1906 y.dan u "Chi-nes" deb atala boshladi). 1905—06 y.lardan Turin va Milandagi kinofirmalar badiiy filmlar i.ch.ga kirishdi. 1905 y.da "Chines" ommaviy sahnalarga boy boʻlgan birinchi italyan filmi — "[[Rim]]ning ishgʻol qilinishi", soʻng-ra I.ning birlashtirilishiga bagʻishlangan turkumli kartinalarni yaratdi. 1909—10 y.larda "Kitilina", "Makbet", "Anita Garibaldi", "Don Karlos", "Otello", "Beatriche Chenchi" va b. filmlar ekranga chiqarildi. I. kinosi 1913 y.da yuksak pogʻonaga koʻtarildi, uning 497 filmi xorijiy kino bozorini toʻldirib yubordi. Bu davrda M. Kazerini, E. Benchivenga, D. Le Liguoro, E. Guatssioni, L. Maji, B. Negroni, D. Pastrone kabi rej.lar ijod qildilar. Fashistlar xukmronligi davrida (1922—43) I. kino sanʼati natsizmning tashvikrt vositasiga aylandi. Shunga karamay, A. Blazetti va M. Kamerini suratga olgan filmlarda I. hayotidagi illatlar fosh qilindi. 2-jahon urushidan soʻng I. kino sanʼatida haqiqiy voqelikni aks ettiradigan progressiv yoʻnalishdagi filmlar yaratila boshladi. L. Viskonti, J. D. Santis, P. Jermi, Ch. Dzavet-tini, E. de Filippo va b. I. xalqining fashizmga qarshi kurashini, oddiy insonning hayotini kinotasmalarda real aks ettirdilar ("[[Rim]], soat II", "Zaytunlar ostida tinchlik yoʻq", "Chochara" va b.). Keyingi yillarda "Ita-lyancha nikoh", "Italyancha ajralish", "Har kimniki oʻziga...", "Sakko va Van-setti", "Ular Sharqqa boradilar", "Kungaboqar" kabi filmlar yaratildi. I.dagi 40 dan ortiq kinofirma yiliga 200 dan ziyod film ishlab chiqaradi. Kinoaktyorlar orasida A. Manyani, J. Mazina, S. Loren, J. Lol-labrijida, K. Kardinale, S. Sandrelli, M. Mastroyanni, J. M. Volonte, F. Nero, A. Sordi, U. Tonyassi, M. Vitti, M. Plachido va b. mashhur. 1970—90 y.lardagi eng yaxshi filmlardan "Peshayvon" (rej. E. Skola), "Gul ki-shining fojiasi" (rej. B. Bertoluchchi), "Ayollar shahri" (rej. F. Fellini), "Uch oga-ini" (rej. F. Rozi)ni koʻrsatish mumkin.
 
 
== Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari}}
 
 
'''Italiya''' ({{lang-it|Italia}}), rasman Italiya Respublikasi, Evropaning janubida Appenin yarim oroli va O'rta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, [[Sitsiliya]] va [[Sardiniya]] orollarini o'z ichiga oladi. Italiya o'zining shimoliy chegaralarini Alp tog'lari orqali Frantsiya, Shveytsariya, Avstriya, Sloveniya bilan bo'lishadi. Undan tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan mustaqil davlatlari joylashgan.
 
Italiya juda uzoq va buyuk tarixga ega. U er Etruriya va Rim kabi ko'plab Evropa madaniyatlarining beshigi sanaladi, keyinchalik Buyuk Evropa Renesansi ham aynan Italiyada boshlangan. Italiyaning poytaxti Rim shahri G'arb tsivilizatsiyasining o'choqlaridan biridir, shu bilan birga u Katolik Cherkovining markazi hisoblanadi.
 
Bugungi kunda Italiya demokratik respublika bo'lib, YaIMning hajmi bo'yicha 7-o'rinda, aholining turmush darajasi bo'yicha jahonda 8-o'rinda turuvchi rivojlangan mamlakatdir. Italiya hozirgi Evropa Ittifoqining ilk ta'sischi 6 mamlakatidan biridir (1957 yil imzolangan Rim Bitimi), shuningdek u Buyuk Sakkizlik (G8) mamlakatlari, Evropa Kengashi, G'arbiy Evropa Ittifoqining a'zosi sanaladi. 2007 yil 1 yanvardan Italiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Havfsizlik Kengashining a'zosi hisoblanadi.
 
== Geografiyasi ==
Italiya Evropaning janubida joylashgan etiksimon Appenin yarim oroli, Sitsiliya (9.926 km2&nbsp;km{{sup|2}}), Sadrina (9.301 km2&nbsp;km{{sup|2}}), Elba va ko'plab mayda orollardan tashkil topgan bo'lib, 301.323 km2&nbsp;km{{sup|2}} maydonni egallaydi. Shimoli-sharqdan janubi-g'arbga 1,145 &nbsp;km uzunlikka ega. Italiyaning shimoliy chegaralari Monte-Servino (4.478 m), Monte-Roza (4.634 m) kabi osmno'par cho'qqili Alp tog'lari bilan o'ralgan. Uning eng baland nuqtasi Italiya, Fransiya, Shveytsariya chegarasida joylashgan Mon Blank cho'qqisi hisoblanib, 4.810 metrni tashkil qiladi. Alp tog'lari va Appenin yarim oroli orasida Po daryosi bilan keng Lombardiya tekisligi joylashgan.
 
Italiya o'zining vulqonlari bilan ham mashhurdir: Etna – Evropadagi eng katta harakatdagi vulqon. Undan tashqari Vulkano, [[Stromboli]] va Vezuvi vulqonlari ham Italiya vulqonlaridir.
Italiyada daryolarga juda boy, ulardan Po va Adige eng mihimlaridir. Po daryosi 652 &nbsp;km uzunlikda bo'lib, shundan 480 &nbsp;km joyida kema qatnovi yo'lga qo'yilgan. Adige daryosining uzunligi 410 kmni tashkil qiladi. Ularning ikkovi ham g'arb tomonga oqadi va Adriatika dengiziga quyiladi. Italiya daryolari ko'p bulishiga qaramasdan mayda va sayozdir. Italiyaning shimoliy qismida ham yarim orol qismida ham bir qancha ko'llar bor. Garda, Magiore, Komo, Trasimeno shular jumlasidandir.
 
== Iqlimi ==
Qator 139 ⟶ 127:
{{Katta sakkizlik}}
{{Katta yigirmattalik}}
 
[[Turkum:Geografiya]]
[[Turkum:Yevropa]]