Arpa: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan using AWB |
||
Qator 1:
[[File:Hordeum vulgare MHNT.BOT.2015.2.39.jpg|thumb|''Hordeum vulgare'']]
'''Arpa''' (Hordeum) — g‘alladoshlar oilasiga mansub bir va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda A. O‘rta Osiyo (Turkma-niston jan.) da mil. av. 12— 10-ming yilliqdan ekib kelinadi. Vatani Old Osiyo. Ekma A. (N. sativum) jahondagi ko‘pgina mamlakatlarda yetishtirila-di. Biologik xususiyatlariga ko‘ra, A. bahori va kuzgi turlarga bo‘linadi. A. ildiz to‘plami popuksimon: asosiy ildiz haydalma qatlamda rivojlana-di. Poyasi poxolpoya, 4 — 6 ta bo‘g‘imli, bo‘yi 30 — 35 sm dan 130 — 134 sm gacha. Bargi barg plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan iborat, boshqa g‘alla o‘simliklarining bargidan ko‘ra kengroq. To‘pguli boshoq. Mevasi parda-li yoki yalang‘och don, rangi sarg‘ish, och ji-garrang va och kulrang . 1000 ta doni vaz-ni 20 — 60 g . Bahori A.ning vegetatsiya davri 55—110 sutka, kuzgisiniki 180 — 210 sutka (nav xususiyatlari va eki-ladigan hududga qarab). A. eng tezpishar don ekinidir. A. o‘zidan changlanuvchi o‘simlik, guli yopiq. Maysalari 4 — 5° da unib chiqadi, o‘sib rivojlanib bori-shi uchun qulay harorat 22°. A. issiqqa chidamli o‘simlik, havo quruqligini yaxshi ko‘taradi. Xalq xo‘jaligida A.dan xilma-xil maqsadlarda (oziq-ovqat, yem, pivo sanoati uchun xom ashyo) foydalani-ladi. Donida 13% suv, 2% oqsil, 64,6% uglevodlar, 5,5% klechatka, 2,1% yog‘, 2,8% kul moddasi bor. 1
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}}▼
{{OʻzME}}
[[Turkum:Bugʻdoydoshlar]]
▲{{stub}}
|