Yaponiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Tarixi: imlo, replaced: Taxm. → taxminan using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2), t-ra → temperatura (2), I.ch. → {{subst:FULLPAGENAME}} using AWB
Qator 12:
Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrimayrim joylashgan. Hokkaydo o.dagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu o.ning shim. qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu o.ning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp selyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku o.ning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choʻqqisi), Kyushu o.niki 1788 m (Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan. Vulkanli r-nlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.
 
Iqlimi mussonli, shim.da moʻʼtadil, jan.da subtropik, Ryukyu o.larida asosan tropik ikdim. Hokkaydo o.da, Sapporoda yanv.ning oʻrtacha t-rasitemperaturasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanv.ning oʻrtacha t-rasitemperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin 1800 mm; Hokkaydo o.ning sharqida yillik yogʻin 800–1200 mm, Sekoku va Kyushu o.larida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha.
 
Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining uz. 200 km dan oshadi, jumladan, Sinano daryosining uz. 367 km. Tayfun vaqtida daryolar toshadi. Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi manbai boʻlib xizmat qiladi. Eng katta koʻl — Biva (mayd. 670,2 km², chuq. 103,8 m).
Qator 44:
Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng (2003).
 
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr st-yalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr st-yalariga toʻgʻri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr st-yasi ishladi. I.ch.Yaponiya sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida koʻmir, gaz, temir va mis rudasi, pirit, rux, qoʻrgʻoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin, talk va h.k. qazib olinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maishiy texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, poʻlat, sement, plastmassa, sintetik tola, robot ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir. Yaponiya sanoati 4 asosiy r-n: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo (Aychi, Mie), Hanshin (Osaka, Hiogo), Kita Kyushu (Fukuoka)ga boʻlingan. Mazkur r-nlarda jami sanoat mahsulotining 40% dan ortigʻi ishlab chiqariladi.
 
Qishloq xoʻjaligida hosildorlik boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birida boʻlib, u yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Iqtisodiy faol aholining 4,2% q.x.da band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Dehqonchilikda asosiy ekin — sholi (2002 yil 11 mln. t sholi yetishtirilgan). Shuningdek, [[kartoshka]], sabzavot, oz miqdorda bugʻdoy va dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevachilik, bogʻdorchilik, chorbogʻ xoʻjaligi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi; pillachilik va baliqchilik rivojlangan. Yaponiyada 3000 dan ortiq baliq ovlash portlari boʻlib, dunyo boʻyicha ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% shu portlarga toʻgʻri keladi.
 
== Transporti ==
Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. T.y.larningYaponiyalarning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "[[Shinkansen]]" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Honshu va Hokkaydo o.larini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg . tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.
 
== Tashqi savdosi ==
Qator 58:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar bogʻchalarida (8389 xususiy bogʻchada 1,4 mln., 5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish majburiy va bepul. Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich maktab (2003 yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab (2003 yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta oʻrta maktab (2003 yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da taʼlim oladi. Oliy taʼlim unt, professional kollej va texnika intlaridan iborat. 2004 yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oʻqidi, 84,2 ming oʻqituvchi ishladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka un-ti (1886 yil tashkil etilgan) va boshqalar Yaponiyada ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida mablagʻ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. I.t.Yaponiya sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi i.t.larni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar, 44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika, metallar, elektronika boʻyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks intlari. Yaponiyada 2711 ommaviy kutubxona, 3599 muzey, 79 hayvonot bogʻi, 79 akvarium, 90 botanika bogʻi bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio un-ti kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871 yil tashkil etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz. zamon sanʼat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yaponiyada 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari: "Iomiuri" ("Reportyor", 1874 yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan quyosh", 1879 yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872 yildan), "Nixon keydzay simbun" ("Yaponiya iqtisodiy gazetasi", 1876 yildan), "Sankey simbun" ("Sanoatiqtisodiy gazetasi", 1950 yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik jur., byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax", 1923 yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955 yildan), "Kurasi to seyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946 yildan), "Tyuo koron" ("Markaziy sharh", 1886 yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923 yildan), "Bunka xyoron" ("Madaniy sharh"), "Gekkan syakayto" ("Sotsialdemokratik partiya oynomasi", 1957 yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945 yildan) va Jiji Sushin (1945 yildan). Radioeshittirish 1925 yildan va telekoʻrsatuvlar 1953 yildan olib boriladi. Yaponiya radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925 yil tashkil etilgan. 222 xususiy aʼzoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900 teleradiostyani boshqaradi (1996).
 
== Adabiyoti ==