Chigʻatoy ulusi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: o'zbek → oʻzbek using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Ch.u. → {{subst:FULLPAGENAME}} (8) using AWB
Qator 14:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Chigʻatoy ulusi''' - Chingizxon tomonidan 2oʻgʻli Chigʻatoy va uning merosxoʻrlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Ch.u.Chigʻatoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini oʻz ichiga qamrab olgan. Koʻchmanchilik bilan shugʻullanuvchi moʻgʻullarning oʻtroq aholini boshqarish tajribasi yoʻkligi bois Chigʻatoyxon oʻziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Maxmud Yalavochga, soʻngra uning oʻgʻli Masʼudbekka (1238—89) topshiradi. Oʻzi esa umrining oxirigacha ukasi Oʻktoy qoon saroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat koʻrsatadi. Ch.u.danChigʻatoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Horaqurumta joʻnatilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qoʻshin xarajatlari yoʻlida sarf qilish huquqiga ega boʻlgan. Ch.u.daChigʻatoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan moʻgʻullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat moʻgʻul bosqoqlari, dorugʻalari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud boʻlgan soliqlardan tashqari moʻgʻullar joriy qilgan yangi soliq va oʻlponlarni toʻlashga majbur edi. Oxirokibat Ch.u.ningChigʻatoy ulusining qishloq va shaharlarida moʻgʻullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtgan (q. [[Maxmud Torobiy qoʻzgʻoloni]]). Chigʻatoy vafotidan soʻng Mangu qoon va Botuxon Ch.u.niChigʻatoy ulusini mulk sifatida tugatib, uni Tuli va Joʻji vorislari oʻrtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251 y. imperiya poytaxti Qoraqurumda boʻlib oʻtgan qurultoyda Mangu qoon etib saylangach, chigʻatoy xonzodalarning koʻpchiligi Oʻktoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Ch.u.niChigʻatoy ulusini Mangu qoon va Botuxon boʻlishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram boʻlib qolgan. 13-a.ning 60-y.larida Chigʻatoyning 6farzandi Baydarning oʻgʻli Olgʻu (1261—65) chigʻatoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olgʻu vafot etgach, uning vorislari — Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda boʻlish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266 y. Ch.u.Chigʻatoy ulusi xoni qarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga — Ohangaronga koʻchiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu koʻrsatmasiga muvofiq Masʼudbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Fargʻona vodiysida yangi shahar — Andijonga asos solinadi. Kebakxon (1318—26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga koʻchiriladi, qad. Nasaf yaqinida Qarshi sh. barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi maʼmuriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Fargʻona va Qashqarda — oʻrchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi — kebakiyga oʻtiladi. Ammo moʻgʻul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida oʻtkazilgan maʼmuriy va moliyaviy islohotlar siyosiy tarqoklikka barham berishga qodir emas edi. 14-a. oʻrtalarida Ch.u.Chigʻatoy ulusi Movarounnahr va Moʻgʻulistonta boʻlinib ketgan. 1370 y. Movarounnahrda Amir Temur saltanatining oʻrnatilishi chigʻatoiylar hokimiyatiga barham berdi.
 
== Adabiyot ==