Goʻdak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: Taxm. → taxminan (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, va b. → va boshqa (6) using AWB
Qator 1:
[[Tasvir:Baby playing - by Patrick Jayne and Thomas.jpg|thumb|250px|Goʻdak]]
 
'''Goʻdak''', emadigan bola — bir yoshgacha boʻlgan bola (shartli ravishda tugʻilganidan keyin toʻrt haftagacha — [[chaqaloq]]). Goʻdak organizmi xali tuzuk rivojlanmagan, aʼzolari takomillashmagan, turli xil kasalliklarga tez chalinadigan, shu sababli sinchiklab parvarish qilishga muhtoj boʻladi. Bu davrda bolaning boʻyi va vazni tez oʻsadi, unda energiya sarfi ortadi, shu bois uning koʻpgina, xususan hazm, nafas, yurak-tomir va b.boshqa sistemalari faoliyati jadal takomillasha boradi. Bolani yaxshi parvarish qilinsa va toʻgʻri, iloji boricha ona suti bilan boqilsa, u sogʻlom boʻlib, vazni oshaveradi. Goʻdak uchun eng zarur ovqat — ona suti, unda bolaning sogʻlom va toʻgʻri oʻsishi uchun zarur moddalar — [[oqsillar|oqsil]], [[lipidlar|yogʻ]], [[uglevodlar|uglevod]], [[tuz]], [[suv]], [[vitaminlar]], shuningdek, himoya antitelolari bor, ular bola hayotining dastlabki oylarida baʼzi bir [[yuqumli kasalliklar]]dan saqlab qoladi. [[Koʻkrak suti]] boshqa ovqatlarga qaraganda yaxshi hazm boʻladi va toʻla-toʻkis singadi, tarkibida mikroblar boʻlmaydi. Bolaning normal oʻsishi uni bekamu koʻst ovqatlantirishga bogʻliq. Bola bir oylik boʻlishiga yaqin boʻyi 3—3,5 sm, bir yoshida esa 25—27 sm uzayadi. Dastlabki 3 oyda vazn hafta sayin 200—250 g dan, 6-oylarda 150— 200 g dan oshib boradi. 6 oylik Goʻdak vazni tugʻilgandagi vazniga nisbatan ikki hissa, 1 yoshida uch hissa oshadi, bu davrda vazni 10–11 kg ga yetib qoladi. Bolaning harakat faoliyati va psixikasi juda tez rivojlanadi: avvaliga bola oʻtira boshlaydi, keyin emaklab ketadi va nihoyat, turadigan boʻladi, ota-onasini taniydi. Bir yoshga yaqin avval kattalar yordamida, keyin oʻzi yuradi; tili chiqadi va murgʻak qiyofasiga kiradi; u nimjonligiga qaramay oʻzining hissiyotlari, kechinmalari boʻladi. Bu davrda bola organizmining hamma aʼzo va sistemalari yana ham rivojlanadi, biroq uncha takomillashmagan va oʻziga xos boʻladi. Terisi nozik, salga shikastlanadigan va oʻziga xos parvarishni talab etadi. Dastlabki 3—4 oyda ter bezlari funksiyasi sust boʻlib, bu issiqlik idora etilishini yomonlashtiradi, harorat oʻzgarganida bola salga issiqlab ketishi yoki sovqotishi mumkin. Goʻdak yarim yoshligida ayniqsa yuzda teri osti yogʻ qavati yaxshi rivojlanadi. Goʻdak hayotining dastlabki oylarida suyaklari qisman togʻay toʻqimasidan iborat boʻlib, borabora suyak toʻqimasiga aylanadi. Togʻaylar sohasida suyaklanish nuqtalari paydo boʻladi. Katta liqildoq kechi bilan 1,5 yoshga borib yopiladi; kalla suyaklari oraligidagi choklar 3—4 oyga borib sekin-asta zichlashadi. Bolaning umurtqa pogʻonasi juda mayin boʻlib, salga qiyshayadi. Bola notoʻgʻri parvarish qilinsa, u sof havoda kam boʻlsa, skeletining shakllanishi buziladi — bu [[raxit]] va b.boshqa kasalliklarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. taxminan 6 oygacha bolada tish boʻlmaydi; 6—8 oylikda tish chika boshlaydi, bola bir yasharligida 8 ta tishi boʻladi. Tish chiqishi maromida, hech qanday kasallik alomatlarisiz kechadi, baʼzan tishi chiqayotgan bola injiq boʻlib qoladi; darmonsizlanish, uyqusizlik, isitmalash, ich ketishi va b.boshqa kuzatilishi mumkin. Bu vaqtda darhol vrachga murojaat etish kerak .
 
=== Aʼzolarining oʻziga xosligi ===
Qator 7:
 
=== Nerv sistemasi ===
Goʻdakning nerv faoliyati birinchi va ikkinchi signal sistemasi rivojlanishiga bevosita bogʻliq. Goʻdak 2-oydan boshlab ixtiyoriy harakat qiladi; boshini koʻtara va tuta boshlaydi. Yoʻrgaklanganda qoʻli va oyoqlarini qimirlatadi, jilmayadi. Bu yoshda Goʻdak bir kecha-kunduzda taxminan 20 soatcha uxlashi kerak. 3—4 oylik Goʻdak chalqancha yotqizilsa, qaddini koʻtaradi, yon tomonga agʻdariladi. Qoʻl harakati faollashadi, oʻyinchoqqa intiladi, barmoqlarini ogʻziga tiqadi, yoʻrgakni tortadi. Unga tikilib karaganda guvranib bir qadar aniq tovush chiqaradi. 4 oylik bola suyab turilsa oʻtiradi, tanish-notanish kishilarni ajratadi, guvranib xonish qiladi, 5 oyligida onasini yaxshi taniydi, begonalarga bormaydi, qoʻltigʻidan ushlansa, oyoqda tekis turadi, 6 oyligidan hech narsaga suyanmay oʻtira oladi, emaklamoqchi yoki ushlab tursa, qadam tashlamoqchi boʻladi, sodda boʻgʻinlarni talaffuz qila boshlaydi. 8 oyligida bemalol emaklab ketadi, biror narsaga tirmashib oʻrnidan tura oladi, qoʻlidan ushlansa, qadam tashlaydi, "oyi", "ada" soʻzlarini aniq aytadi. 10 oyligida oʻrnidan bemalol turib "obke" yoki "ayt" deganingizni qiladi; "qilma", "qil" deganning farqiga yetadi, 10—15 tacha soʻzni biladi. Sutkada 14—16 soat uxlaydi. Bu davrda badan tarbiya va chiniqtirish muhim ahamiyatga ega, chunki chiniqqan bola turli kasalliklarga kamroq chalinadi. Nimjon bolalarda [[diatez]], [[raxit]], [[anemiya]], [[gipotrofiya]] va b.boshqa kasalliklar kuzatiladi. Shuning uchun iloji boricha Goʻdakni ochiq havoda sayr qildirish, havo va quyosh vannalaridan bahramand etish, massaj, gimnastika va b.boshqa uning har tomonlama yetuk va sogʻlom oʻsishiga yordam beradi.
 
=== Taomi ===
Qator 13:
 
=== Gigiyenasi ===
Goʻdak sogʻligʻini saqlashda ich kiyimi, oziq-ovqati, idish-tovoqlari va oʻrin-boshlarini ozoda tutish juda muhim. Goʻdak beshikda yotadigan boʻlsa, uni vaqtida belab, vaqtida yechishga eʼtibor berish kerak. Goʻdak beshikdan yechilgach, uning badanlarini, xususan boshi va kuraklarini silab-siypalash, oyoq-qoʻllarini mashq qildirish, beshik hamda unga ishlatiladigan anjomlarini bot-bot shamollatib turish lozim. Goʻdakka quruq soʻrgʻich soʻrdirish yaramaydi, uni yaxshilab qaynatib ishlatish lozim. Goʻdak alohida uyda yotqizilsa tinch uxlaydi, xona toza, yorugʻ boʻlishi va vaqt-vaqti bilan shamollatib turilishi lozim. Xona t-rasitemperaturasi 20° boʻlgani maʼqul. Bundan isib ketsa, bolani ochiq havoga olib chiqilganda tez shamollaydi. Goʻdak terisi nozik boʻlib, salga zararlanishi mumkin, shuning uchun muntazam parvarish qilish, har kuni ertalab va kechqurun yuzini iliq suv bilan, qoʻlini esa sovunlab yuvish (chunki u qoʻlini ogʻziga tiqadi, soʻradi), tirnogʻini vaqt-vaqti bilan olib turish zarur. Uni har kuni iliq suvda sovunlamasdan, har 2—3 kunda sovunlab choʻmiltiriladi, betob boʻlib qolsa, tuzalguncha choʻmiltirmay turiladi. Choʻmiltirilgandan keyin mayin sochiq bilan artiladi, chov burmalari, qoʻltiq va quloq orqasiga vazelin yoki qizdirilgan oʻsimlik yogʻi, "Bolalar" kremi surtiladi. Qaynatilgan toza suvga hoʻllangan paxta bilan Goʻdak koʻzini burchagidan burunga qarab har kuni artiladi. Xuddi shu zaylda uning burni ham tozalab turiladi. Burundan nafas olganda koʻkrak qafasi va oʻpka yaxshi rivojlanadi, bola tinch uxlaydi va kasallikka kam chalinadi. Goʻdaklar kiyim-kechagi yengil, issiq, keng , ter va b.boshqa chiqindilar bemalol bugʻlanib ketadigan boʻlishi kerak. Uni haddan ziyod oʻrabchirmash yaramaydi, aks holda u isib ketib tez-tez shamollaydigan boʻlib qoladi. Goʻdak hayotining birinchi kunidan boshlab ochiq havoga oʻrgatilishi kerak. Sof, salqin havoda organizmi chiniqadi, ishtahasi ochiladi, teri va oʻpkasi mustahkamlanadi, kasalliklarga chalinmaydigan boʻladi. Goʻdak organizmini astasekin chiniqtira borish kerak. Ketlikni shoshmasdan (Goʻdakni 1—2 min. yalangʻoch yotqizib qoʻyib) almashtirish lozim, shunda Goʻdak havo vannasiga oʻrgana boradi. Goʻdakni ochiq havoda sayr qildirish muddati obhavoga qarab oʻzgartirib turiladi. Bolani kun boʻyicha qoʻlda koʻtarib yurish yaramaydi, aks holda oʻrganib qolib, onasiga ham, boshqalarga ham tinim bermaydi, oʻzi ham qiynaladi. Ona va oiladagi boshqa kishilar Goʻdakka gapirib, tovushni ajratishga, oʻyinchoqlarni oʻynashga oʻrgatishlari lozim. Sogʻlom bola har qanday sharoitda ham oʻzi uxlab qoladi. U yotgan xonani qorongʻi qilish, tinchlik saqlash shart emas. Bola yigʻlasa, sababini aniqlashga harakat qilish lozim. Atrofdagilar qanchalik shirinsuxan boʻlishsa, bola ham shunchalik sergak va sogʻlom oʻsadi. Goʻdakni 4—5 oyligidan toʻsishga oʻrgatish, emizishdan oldin va keyin, uxlatish oldidan va uygʻonganidan keyin toʻsayotganda uni maqtab, erkalab turish kerak. Goʻdakning harakatlanish qobiliyatini oʻstira borish juda muhim, lekin bunda ehtiyotkor boʻlish lozim. Bolani barvaqt, yaʼni badani hali qotmaganda, hatto atrofiga yostiq qoʻyib oʻtqazilsa ham, bukchayib oʻtiradi, natijada [[umurtqa pogʻonasi]], erta yurishga oʻrgatilganda esa oyogʻi qiyshayib qolishi mumkin. 2,5—3 oyligidan boshlab bolani qattiqroq narsa ustiga qorni bilan yotqizib turish kerak, bunda boʻyin, orqa, oyoq muskullari mustahkam boʻlib boradi. Bola surila boshlagach, uzoqroqqa oʻyinchoq qoʻyib, uni surilib borishga oʻrgatish zarur. 4—5-oydan boshlab har kuni 5 min.cha badan tarbiya qildirish kerak. Yoshiga mos holda tanlangan oʻyinchoqlarni oʻynatish bolaning teran oʻsishiga imkon beradi.
 
Ona tugʻruqxonadan chiqqach, goʻdakni bolalar poliklinikasi hisobga oladi, shifokorlar ona huzuriga borib, unga bolani toʻgʻri boqish va parvarishlashga oid tegishli maslahatlar berib turadilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>