Kolumbiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Alpinu (munozara | hissa)
k Spanish spelling (es:República de Colombia)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → Transport yoʻli, q.x. → qishloq xoʻjaligi (6), t-ra → temperatura, b-n → bilan, Hoz. → Hozirgi (2), inti → instituti, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (41), va b.) using AWB
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Kolumbiya (maʼnolari)}}
'''Kolumbiya''' (Colombia), Kolumbiya Respublikasi (República de Colombia) — Jan. Amerikaning shim.-gʻarbida joylashgan davlat. Mayd.Maydoni 1138,9 ming km². Aholisi 46,370 mln. kishi (2012). Poytaxti — Bogota (Santa-Fe-de-Bogota) sh. Maʼmuriy jihatdan 32 departament va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 9:
 
== Tabiati ==
K.ning sharqiy va shim. qismi pasttekislik, gʻarbida And togʻ tizmalari bor. And togʻlarining K.dagi qismi 3 asosiy tizma (Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy Kordilyera) dan iborat. Ularni Magdalena daryosi (Kauka va Patiya irmoqlari b-nbilan) bir-biridan ajratib turadi. K.ning eng baland joyi — Kristobal-Kolon togʻi (5800 m). And togʻlarining gʻarb va shim. da Tinch okean va Karib boʻyi botqoqlashgan pasttekisliklari bor. Sharqiy qismidagi pastroq platolar Amazonka pasttekisligiga tutashib ketadi. Bir necha sungan va soʻnmagan vulkanlar (Uila 5750 m, Ruis 5400 m, Tolima 5215 m va b.boshqalar) bor. K.da neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis va temir rudalar, rangli va asil metallar, uran, zumrad konlari koʻp.
 
K. ekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik t-ratemperatura 29°, 1000–2000 m balandlikdagi togʻlarda 17—22°, 4000 m dan balandda 7° dan oshmaydi. Yillik yogʻin 1000–4000&nbsp;mm. Shim.-sharqida 200&nbsp;mm gacha, Tinch okean pasttekisligida va unga tutash togʻ etaklarida 10000&nbsp;mm gacha. Daryo koʻp, yiriklari: Magdalena, Kaketa, Putumayo, Guavyare, Meta va b.boshqa Yuklarning 95% Magdalena daryosida tashiladi. Pasttekislik va togʻ etaqlaridagi qizilsariq laterit tuproqli yerlarda nam tropik oʻrmonlar bor, qizil tuproqli yerlar savanna (lyanos) bilan qoplangan. Shim.sharqda buta va kaktuslar oʻsadi. Togʻ tepalarida oʻtloqlar (paramos), choʻqqilarida doimiy qorlar bor. Oʻrmonlarda maymun, yaguar, chumolixoʻr, tapir, yalqov, kaltakesak; qushlardan tunan, kolibri va toʻtilar, daryolarda timsoh uchraydi. Milliy bogʻlari: Chiribikete, Paramilo, Syerra-Nevada-de-Santa-Marta.
 
Aholisining aksari kolumbiylar. Ular indeys, ispan, negrlarning qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Keyinroq Italiya, Germaniya va Gʻarbiy Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar qoʻshilgan. 700 mingga yaqin indeys bor. Rasmiy tili — ispan tili. Xristianlikning katolik mazhabiga eʼtiqod qiladi. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bogota, Medelin, Kali, Kartaxena.
 
== Tarixi ==
Hoz.Hozirgi K. hududida qadimdan indeys qabilalari yashab kelgan. K. hududiga 1499 y.dayilda ispanlar kelgan. 1530-y.lardayillarda ular K.ni bosib olib, mustamlaka tartibini oʻrnatdilar va mamlakatni Yangi Granada deb atadilar. 1718 y.danyildan Yangi Granada vitse-qirolligiga aylantirildi. 1739 y. Yangi Granada vitse-qirolligi K.dan tashqari hozirgi Ekvador, Panama va Venesuela hududlarini qoʻshib oldi. Mahalliy aholi ispan bosqinchilariga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtardi. Shulardan eng yirigi 1781 y.gi qoʻzgʻolon boʻldi. Mustaqillik uchun kurash 1810 y.danyildan yanada kuchaydi. 1816 y. may oyida ispan armiyasi qoʻzgʻolonni shafqatsiz bostirdi. Birok, qoʻzgʻolonchilar 1819 y. fevralda mustaqillikka erishgan Venesuela vatanparvarlari yerdamida ispan qoʻshinlarini tor-mor etdilar. 1819 y. dek.da Yangi Granada, Venesuela va Ekvador birlashib, Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi tuzilganligi S. Bolivar prezident) eʼlon qilindi. 1830 y. Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi parchalandi, Venesuela, Ekvador va Yangi Granada (Panama bilan birga) mustaqil davlatlari tashkil topdi. 40-y. larda mamlakatda Konservativ (yirik zamindorlar) va Liberal (burjua) siyosiy partiyalar vujudga keldi.
 
1851 y. Yangi Granadada qulchilik bekor qilindi. 1863 y.danyildan mamlakat K. Qoʻshma Shtatlari, 1886 y.danyildan K. Respublikasi deb ataldi. Partiyalar oʻrtasidagi raqobat mamlakatda fuqarolar urushiga ("Ming kunlik urush", 1899— 1902) sabab boʻldi. 1903 y. Panama K.dan ajralib, mustaqil davlatga aylandi. 1929—33 y.gi jahon iqtisodiy turgʻunligi K. iktisodiyotiga ancha putur yet-kazdi. 1934 y. K.da baʼzi ilgʻor islohotlar (bepul taʼlim va b.boshqalar) oʻtkazildi. 1946 y.danyildan K.da terrorchi diktatura oʻrnatildi. Barcha demokratik kuchlar qattiq taʼqib qilindi. Xalqning demokratik gʻalabalarini tugatish siyosati oʻtkazila boshladi. 1948 y. da xalq qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolon bostirilgach, konservatorlar hukumati liberallarga qarshi fuqarolik urushi boshladi, natijada 200 ming kishi nobud boʻldi. Maʼmurlar terroriga qarshi partizanlik harakati kuchaydi. Konservatorlar hokimiyatni saqlab qolishga intilib, 1953 y. davlat toʻntarishi uyushtirdi va harbiy diktatura oʻrnatdi. 1957 y.dayilda umumxalq kurashi natijasida diktatura barham topdi.
 
Konservatorlar bilan liberallar "sherikchilik" asosida "Milliy jabha" blokini tuzdilar (1957—74). Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal boʻlmay qolaverdi. Liberallar hukumati 1974—78 y.lardayillarda bir qator ilgʻor islohotlar oʻtkazdi. 1978 y. saylovda liberallar raxbari X.S.Turbay Ayyala gʻalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 1998 y. prezident saylovida konservatorlar vakili A.P.Arango prezident, liberallar vakili G.B.Lesmus esa vitse-prezident etib saylandi. K. — 1945 y.danyildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 iyul — Mustaqillik kuni (1810).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Liberal partiya, 1815 y.dayilda asos solingan; Sotsial-konservativ partiya, 1848 y.dayilda tuzilgan; K. kommunistik partiyasi, 1930 y.dayilda asos solingan; Milliy najot harakati partiyasi, 1990 y.dayilda Sotsial-konservativ partiyadan chiqqan siyosiy arboblar tomonidan tuzilgan; Milliy xalq ittifoqi, 1964 y.dayilda asos solingan; Demokratik alyans partiyasi, 1990 y.dayilda tuzilgan. Kasaba uyushma birlashmalari: Demokrat mehnatkashlar umumiy konfederatsiyasi, 1971 y.dayilda tuzilgan; K. demokrat mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1988 y.dayilda tuzilgan; K. mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1934 y.dayilda tuzilgan; Mehnatkashlar unitar kasaba uyushma markazi, 1986 y.dayilda tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
K. — agrar-industrial mamlakat. Jan. Amerikadagi iqtisodiy barqaror, uzluksiz rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. Oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturida importga erk berish, samarasiz davlat korxonalarini xususiylashtirish, xorijiy sarmoyani jalb etish koʻzda tutilgan. Mehnatga layoqatli aholining 33% q.x.daqishloq xoʻjaligida, 23% sanoatda, 20% xizmat sohasida mashgʻul. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 27%, q.x.ningqishloq xoʻjaligining ulushi 22%.
 
== Sanoati ==
K.ning boy tabiiy resurslari asosida konchilik sanoati rivojlangan. Neft va temir rudasi qazib olish yetakchi sanoat tarmoqlaridir. Tabiiy gaz, toshkoʻmir, oltingugurt, nikel, oltin, platina, kumush, zumrad ham qazib olinadi (jahondagi zumradning 90%). Oziq-ovqat sanoati, asosan, q.x.qishloq xoʻjaligi xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, poyabzal, ichimlik i.ch. sohalari, tikuvchilik, toʻqimachilik, metallni qayta ishlash alohida oʻrin oladi. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Avtomobil, televizor va radiopriyomniklar yigʻadigan, stanok, sement, qogʻoz ishlab chiqaradigan z-dlar bor. Hunarmandchilikning ham salmogʻi katta. Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Yiliga 25,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 75% gidroelektr styalariga, 25% koʻmir bilan ishlovchi elektr stansiyalariga toʻgʻri keladi.
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Dehqonchilik — q.x.ningqishloq xoʻjaligining asosi. Kofe — mamlakat q.x.ningqishloq xoʻjaligining muhim mahsuloti. Kofe eksport qilish sohasida dunyoda Braziliyadan keyin 2-oʻrinda turadi. Mamlakat mehnatga layoqatli aholisining salkam 40% kofe yetishtirish bilan bevosita yoki bavosita bogʻliq tarmoqlarda band. Eksport uchun kakao doni, paxta, banan, tamaki, mahalliy ehtiyoj uchun makkajoʻxori, kartoshka, sholi, bugʻdoy, arpa, maniok, soya, noʻxot, shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, koʻy, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Q.x.Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻla qondirmaydi.
 
K.da asosiy transport turi — avtomobil. T.y.Transport yoʻli uzunligi — 3,4 ming km, avtomobil yoʻli oʻz. — 129 ming km. Asosiy dengiz portlari: Barrankilya Buenaventura, Tumako, Kartaxena, Santa-Marta. Bogotada Eldorado xalqaro aeroporti bor.
 
K. chetga kofedan tashqari neft va neft mahsulotlari, kimyoviy mollar, qora metallurgiya mahsulotlari, zumrad chiqaradi. Chetdan sanoat asbob-uskunalari, transport vositalari, xom ashyo, isteʼmol va oziq-ovqat mahsulotlari keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi —K. pesosi.
Qator 42:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻqishi bepul va majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 y., oʻrta maktabda 6 y. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Mutaxassislar hunar-texnika bilim yurtlari va ped. oʻquv yurtlarida, oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Mamlakatda 200 dan koʻproq oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 25 davlat va 35 xususiy universitet bor. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Bogotada K. Milliy unti (1867 y. da asos solingan), Valye unti (1945), Xaverian xususiy katolik unti va b.boshqa Ilmiy muassasalari: K. tarix akademiyasi(1902), K. yuridik fanlar akademiyasi (1894), Tibbiyot fanlari akademiyasi (1890) — hammasi Bogotada; Kartaxena, Medelin, Tunxa va b.boshqa shaharlarda tarix akademiyalari, bir qancha ilmiy jamiyatlar ishlaydi. Bogotada Milliy kutubxona, Medelinda universitet kutubxonasi, Bogotada Milliy universitet kutubxonasi va b.boshqa bor. Muzeylari: Milliy, Mustamlaka davri sanʼati, Milliy antropologiya, Milliy arxeologiya muzeylari, Oltin buyumlar muzeyi, S. Bolivar muzeyi — (hammasi Bogotada), Medelindagi tabiiy fanlar muzeyi va universitet muzeyi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da 30 ga yaqin kundalik gaz. nashr etiladi. Eng yiriklari: "Ekspektador" ("Kuzatuvchi", 1887 y. dan), "Tyempo" ("Vaqt", 1911 y.danyildan), "Pays" ("Mamlakat", 1950 y.danyildan), "Nuevo siglo" ("Yangi asr", 1932 y. dan), "Kolombiano" ("Kolumbiyalik", 1912 y.danyildan). Ankol hukumat axborot agentligi ishlaydi. Kolprensa milliy axborot agentligiga 1980 y.dayilda asos so-lingan. Radioeshittirish 1929 y. dan, telekursatuv (toʻla davlat tasarrufida) 1954 y.danyildan ishlaydi. Mamlakatda hammasi boʻlib 200 ga yaqin radiost-ya, 50 telestudiya bor.
 
Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki yilnoma va hikoyalar 1519 y.dayilda paydo boʻlgan. Adabiyot, ayniqsa, 19-a. boshlarida gurkirab rivojlandi. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash yillari (1810—26)da vatanparvarlik ruhidagi klassitsizm adabiyoti ravnaq topdi (K. Torres, L. Vargas Texad, X.M.Salasar va b.boshqa ijodi). X. X. Ortiye, X.E.Karo, X.Arboled, R.Pombo, F.Peres, X.M.Samper va b.boshqa yozuvchilar indeys qabilalarining oʻtmish hayotini madh etuvchi asarlar yozdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida "Yelkan ramzi", "Arboledlar jamiyati" va b.boshqa toʻgaraqlarda uyushgan X.A.Silva, M.A.Osodio va b.boshqa shoirlar ijodida modernistik mayllar qaror topdi. 1-jahon urushidan soʻng K. adabiyotida "avangardizm" paydo boʻldi. "Konrod epopeyasi" dostonining muallifi — A.M.Mutis, L.K.Lopes va b.boshqa ijtimoiy sheʼriyat anʼanalarini rivojlantirdilar. Nasrda ijtimoiy tanqidchilik kuchaydi. A.Lopes de Mesa, X.Restrepo Karamilo, D. Arango Vems va b.boshqa ijodida kishilarning tabiat bilan toʻqnashuvini tasvirlash asosiy mavzu boʻldi. X.A.Osorio Lisarasoning shaxtyorlar hayoti hamda mehnatini tasvirlovchi "Yer ostidagi odam" va taraqqiyparvar arbob Gaytan oʻlimi toʻgʻrisidagi "Nafrat kuni" romanlari K. nasrining yutugʻihisoblanadi. 50-y.lardayillarda koʻproq partizanlar qarakatiga bagʻishlangan asarlar turkumi ("zoʻravonlik haqida romanlar") paydo boʻldi. G.G.Markesning "Yolgʻizlikning yuz yili" romani K. nasri rivojida muqim rol oʻynaydi. X.Pardo Gersia, K.Kastro Saavedra va b.boshqa oʻz asarlari bilan K. sheʼriyatiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
 
== Meʼmorligi ==
Hoz.Hozirgi K. hududida toshdan qurilgan ibodatxona va istehkomlarning vayronalari topilgan. K. ispanlar tomonidan bosib olingach, 15-a. oxiri va 16-a.da indeys manzilgohlari oʻrnida Kartaxena, Bogota, Tunxa kabi shaharlar barpo etildi, ularning markazida toʻgʻri burchaqli kucha va maydonlar qurildi, shaqlan koʻrimli va sipo binolar tiklandi. 16-a. oʻrtasidan 17-a. oʻrtalarigacha italyan uygʻonish davri meʼmorligi "mudehar" uslubi unsurlari bilan birga qoʻshildi. 16—18-a.larda gʻishtin uyli, toʻgʻri koʻchali shaharlar, monastir cherkovlari barokko va yangi mudehar uslubida qurildi. 20-a. boshlarida sanoat rivoji natijasida shaharlar koʻpaydi. 1930-y.lardanyillardan AKSH va Braziliya meʼmorlik maktablari taʼsirida zamonaviy binolar koʻplab qurila boshladi. 1940— 70 y.lardayillarda yangi kvartallar, sanoat majmualari, bank, firma binolari, stadion, bozorlar koʻpgina shaharlarning koʻrkiga koʻrk qoʻshdi (Kartaxenadagi stadion, Bogotadagi Moderno gimnaziyasining kapellasi va b.boshqalar). Pekin mamlakatdagi turar joylarning koʻpchiligini loy va qamishdan ishlangan kulbalar tashkil etadi. Zamonaviy inshootlar orasida Bogotadagi "Tekendama" mehmonxonasi, "Filips Kolobiana" firmasining binosi ajralib turadi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
K. hududida qadimdan indeyslar madaniyati (kulollik buyumlari, oltin, kumush haykallar, tilla taqinchoqlar tayyorlash) rivojlangan. Mil. av. 1-ming yillik va mil. 1-ming yillik boshlarida San-Agustin madaniyati (Jan. K. oʻrmonlaridagi tosh qaykalchalar, boʻrtma tasvirlar), bu madaniyatga yaqin Tyerradentro, Narino, Kalima madaniyatlari ham mavjud boʻlgan. 16-a.gacha markaziy va shim. viloyatlarda chibcha indeyslari madaniyati ravnaq topgan (oltin, mis, kumush zeb-ziynat buyumlari, haykalchalar, idishlar, toʻqimachilik, oʻymakorlik namunalari). 16—17-a.larda mahalliy rassomlik maktabi vujudga keldi, diniy va hayotiy mavzularda asarlar yaratildi (portretlar, devoriy rasmlar). 19—20-a. boshlarida P.X.Figeroa, X.M.Espinosa kabi rassomlar xalqning mustaqillik uchun kurashi mavzularida asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy muammolarga qiziqish kuchaydi. P.N.Gomes Agudelo, I.Gomes Haramilo, M.Dias-Vargas, E.Martines, X.Rodriges Asevedo, L.A.Akunya kabi rassomlar, X.O.Betankur, R.Roso va b.boshqa haykaltaroshlar mashhur. 1930 y.dayilda asos solingan K. Badiiy akademiyasi keyinchalik Bogota nafis sanʼat maktabiga aylantirildi.
 
== Musiqasi ==
Ispan istilochilarining xotiralaridan maʼlum boʻlishicha, hozirgi Kolumbiya hududida yashagan indeyslarda harbiy musiqa yaxshi rivojlangan, ular gʻalabani musiqa va qoʻshiqlar bilan nishonlagan. Motam marosimlarida marhumning botirligini taʼriflovchi qoʻshiqlar aytilgan. Hosil yigʻimi, qabila boshligʻi uchun saroy qurilishi ommaviy raqs va qoʻshiq bilan yakunlangan. Bosqinchilar kelgach, indeys musiqasiga yevropacha unsurlar taʼsir eta boshladi.
 
K. musiqasida kreol, indeys, negr ohanglari qorishib ketgan. 17-a. boshlarida professional musiqa vujudga keldi va 18-a. oxiridan dunyoviy musiqa rivojlana boshladi. 1784 y. Bogotada birinchi puflama sozlar orkestri tuzildi. 19-a.ning 40-y.laridayillarida K. musiqa sanʼatining rivojlanishida Italiya opera truppalari va K.da yashovchi Yevropa kompozitorlarining roli katta boʻldi. 19-a. boshlarida K.da yashagan ingliz E. Prays K. Filarmonik konsert jamiyatini, uning oʻgʻli J.Prays Milliy musiqa akademiyasini tashkil etdi (1882; 1910 y.danyildan Milliy konservatoriya). A.Velasko, E.Salas, O.Sindichi (milliy madhiya muallifi), "Ester" va "Florinda" operalarining muallifi X. M. Ponse de Leon 19-a.ning mashhur kompozitorlari hisoblanadi. Milliy simfonik orkestrning asoschisi — dirijyor G. Espinosa, kompozitorlar G. Uribe Olgin, A. Mariya Valensiya, qoʻshiqchi L. Masia, musiqashunos X. I. Pendromo Eskobar, X. B. Silva va b.boshqa 20-a.da K. musiqa madaniyatini rivojlantirgan ijodkorlardir. Bogotada opera teatri, milliy konservatoriya, folklorni oʻrganuvchi i.t. markazi, "Folklor baleti" bor. K. milliy radiosi mumtoz va milliy musiqani targʻib qilish sohasida katta ish olib borayotir.
 
== Teatri ==
18-a. oxirlarida Bogotada ilk bor teatr tomoshalari koʻrsatilgan. X.M.Salasar, L.Vargastexada, S.Peres, A.L.Gomes, A.Alvares Lyeras, L.E.Osorno va b.boshqa 19-a.da hamda 20-a. 1-yarmida koʻzga koʻringan K. dramaturglari hisoblanadi. 50-y.laryillar oʻrtalarida K. teatrining faoliyati yaxshilandi, truppalar paydo boʻldi, festivallar oʻtkazildi. Milliy drama sanʼati maktablari tashkil qilindi. Zamonaviy teatr madaniyatining rivojlanishida Kalidagi Tajriba teatri, madaniyat uyi va "La mama" truppalari, shuningdek, Bogotadagi Xalq teatri muhim rol oʻynaydi. Un-t teatrlari ham keng yoʻlga qoʻyilgan (ular 1966 y.danyildan festival oʻtkazib turadi). Zamonaviy mashhur dramaturglardan O.Dias, X.Salamea, K.X.Reyes va teatr arboblaridan E. Buenaventur, S. Garsia hozirgi K. teatri sanʼatini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan.
 
== Kinosi ==
K.da dastlabki hujjatli filmlar ("San-Kristobal manzarasi", "Bogotada harbiy parad") 1907 y. da suratga olindi. 1910-y.lardayillarda voqeiy filmlar yaratishga kirishildi. 1914 y.dayilda rej. F.Markoning "Ishonch tantanasi" toʻla metrajli yarim hujjatli filmi chiqarildi. "Aura yoki gunafshalar" (1923), "Antokiya osmoni ostida" (1924), "Kondorlar uyasi" (1925) koʻngilochar va xajviy kinolentalari bilan badiiy filmlar yaratishga asos solindi. 1937 y.dayilda aka-uka Aseveolar birinchi ovozli hujjatdi filmni yaratdilar. 1939 y.dagiyildagi "Vodiy gullari" filmi dastlabki ovozli badiiy film boʻldi. 50-y.laryillar oxiri va 60-y.lardayillarda milliy kino sanʼati yuksala boshladi. Ilgor ijtimoiy yoʻnalishdagi filmlar ("Tosh ildizlar", "Kolumbiyaning uch tarixi", "Achchiq yer", "Donaso" va b.boshqalar) yaratildi. Hujjatli kino rej.laridan K.Alvares, X.Alvares, M.Bergas, G.Samper, X.Morante faoliyati milliy kinoning shakllanib, kamol topishiga katta taʼsir oʻtkazdi ("Kunlardan bir kun", "Demokratiya nima" va b.boshqa filmlar). Keyingi yillarda "Qachongacha" (rej. B.Ventura), "Firibgarlik" (rej. L.Sanches), "Toza qon" (rej. L.Ospina), "Diyorimiz ovo-zi: oʻtmish va kelajak" (rej. M. Rodriges, X.Silva) va b.boshqa filmlar muvaffaqiyat qozondi. 1960 y.danyildan Kartaxenada Xalqaro kinofestivallar oʻtkazib turiladi. 1971 y. Bogotada kinematografiya intiinstituti tashkil qilingan. Unda rej.lar, ssenariychilar, operatorlar tayyorlanadi. K.da 650 kinoteatr bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->