Layli va Majnun: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: o'zbek → oʻzbek using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda using AWB |
||
Qator 5:
'''Layli va Majnun''' - Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan folklor hamda yozma shakldagi adabiy yodgorlik. Dostonning ilk kurtaklari 7-a. 2-yarmida paydo boʻlgan. Ayrim manbalarning maʼlumotiga koʻra, doston qahramonlari tarixiy shaxslardir. Ularda Majnun Bani Omir qabilasidan chiqqan, asl ismi Qays ibn Mulavvah yoki Qays ibn Muod boʻlgan yigit, deya taʼkidlanadi. Qays Layli ismli oʻz qabiladoshini sevgan hamda oʻz sevgisi va hijron alamlari haqida mungli sheʼrlar bitgan. Bunday maʼlumot, jumladan, ibn Qutaybaning (889) "Kitob ush-sheʼr va shuaro" ("Sheʼr va shoirlar haqida kitob"), Abul Faroj al-Isfahoniyning "Kitob ul-agʻoni" ("Qoʻshiq kitobi") asarlarida keltirilgan. Lekin boshqa manbalar bu maʼlumotlarni inkor etadi. Mas, arab olimi Avon ibn Hakim al-Qalbiy (764) va arab tarixchisi Hishom al-Qalbiy (819) Majnun tarixiy shaxs emas, degan fikrni ilgari suradi. 7-a. 2-yarmidayoq arab sheʼriyatida Majnun taxallusi ostida koʻplab mungli sheʼrlar vujudga keladi, bunday sheʼrlar tobora koʻpayib boradi, toʻplamlarga kiritiladi. Ammo Majnun nomi zikr etilgan sheʼrlarning barchasi ham yolgʻiz bir kishiniki emas. Arab olimlari al-Johiz (9-a.) va ibn al-Muʼtaz (908)ning aytishicha, kishilar Layli nomi bilan bogʻliq barcha sheʼrlarni Majnunga nisbat beraverganlar. 11-a.da shoir Abul Bakr al-Volibiy tomonidan Majnunga nisbat berilgan barcha sheʼrlar toʻplanib, "Devoni Majnun" tuziladi. Devonda sheʼrlarga sharhlar beriladi hamda sheʼrlar Majnun haqidagi rivoyatlarning syujetiga kiritiladi.
Layli va Majnun haqida ilk bor 1188
== "Layli va Majnun"da ishq ==
|