Madaniyat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: I.ch. → {{subst:FULLPAGENAME}}, va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa (5) using AWB
Qator 7:
"M." arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.
 
Oʻrta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va b.boshqa shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Mac, Forobiy fikricha, har bir inson oʻz tabiatiga koʻra, "oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi", bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Uning taʼkidlashicha, "madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-xunarda ozod, hamma babbaravardir, kishilar oʻrtasida farq boʻlmaydi, har kim oʻzi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod yashaydilar". Alisher Navoiy yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik gʻoyalariga muvofiqlikni tushundi.
 
19-asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan demokratikmaʼrifatparvarlik harakatining namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Ahmad Donish, Avaz Oʻtar, Komil Xorazmiy va b.boshqa xalqni M.li qilishning omili ilmmaʼrifatni egallashda deb bildilar. Ular oʻrta asr jaholatiga qarshi xalq oʻrtasida ilmmaorif va M.ni zoʻr ehtiros bilan targʻib qildilar. Mas, Furqat fikricha, ilmfan bir mashʼ-al boʻlib, insoniyatning baxt-saodat yoʻlini yoritib turishi kerak.
 
19-a.ning oxiri va 20-a.ning boshida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati namoyandalari, Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy va b.boshqa oʻzlarining maʼrifatparvarlik ishlari bilan M. rivojiga muhim hissa qoʻshdilar. Ular turli gaz. va jur.lar chiqardilar, nashriyot va bosmaxonalar tashkil etdilar, kutubxonalar, teatrlar, yangicha maktablar ochdilar, oʻtmish madaniyatimizni, tariximizni targʻib qildilar, dunyoviy bilimlarni chuqur egallashga daʼvat etdilar. Maʼrifatchilikning keng quloch yoyishi samarasi oʻlaroq, xalqning umummadaniyati yuksala bordi.
 
Yevropada "M." deyilganda dastlab insonning tabiatga koʻrsatadigan maqsadga muvofiq taʼsiri, shuningdek, insonga taʼlimtarbiya berish tushunilgan (lot. cultura — yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi "kultura" soʻzi ham shundan olingan). M. faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini ragʻbatlantirishni ham oʻz ichiga olgan. M.ga bunday ikki yoqlama yondashuv har qanday jamiyatga xos (mas, Qad. Xitoyda jen, Hindistonda dharma). Ellinlar "madaniyatsiz" varvarlardan oʻzlarining asosiy farqini "paydey", yaʼni "tarbiyalanganlik"da deb bilganlar. Qad. Rimning soʻnggi davrlarida "M." tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va oʻrta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi.
Qator 21:
M.ning ilmiy, tarixiy konsepsiyalariga qarama-qarshi oʻlaroq, marksistik nazariya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining oʻzaro munosabati haqidagi qoidalardan kelib chiqib, antagonistik jamiyatlarda M.ning sinfiy harakteri haqidagi qoidalarni ilgari surdi. Antagonistik formatsiyalarda har bir milliy M.da ikki M. borligi haqidagi lenincha qarash "hukmron ekspluatatorlik" M.iga "progressiv demokratik" va "sotsialistik" M. elementlarini qarama-qarshi qoʻydi. Ana shu qoidadan kelib chiqib, mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan "madaniy inqilob" natijasida koʻpgina xalqlar M.ining ajoyib durdonalari yoʻq qilinib, madaniy merosning milliy ildizlari barbod etildi.
 
M. — umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning oʻzigina yaratgan sof M. boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas. Har bir milliy M.ning asosiy qismini shu millat oʻzi yaratgan boʻlsada, unda ja-hon xalqlari yaratgan umuminsoniy M.ning ulushi va taʼsiri boʻladi, albatta. M. hech qachon sinfiy hodisa boʻla olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Mas, sanʼat va adabiyot durdonalari, meʼmorlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va b.boshqa barchaga tegishlidir.
 
M. kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (mashinalar, texnik inshootlar, sanʼat asarlari, huquq, axloq normalari va h.k.)ni emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe boʻladigan subʼyektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va koʻnikmalari, i. ch. va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi oʻzaro muomalalari)ni ham oʻz ichiga oladi.
 
I.ch.ningMadaniyatning 2 asosiy turi — moddiy va maʼnaviy i.ch.ga qarab M.moddiy va maʼnaviy M.ga boʻlinadi. Moddiy M. moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va b.boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Maʼnaviy madaniyatga ong , maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlimtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va b.boshqalar).
 
Har bir jamiyat oʻz M. tipiga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan M. tipi ham oʻzgaradi, biroq bu hol M. taraqqiyoti uzilib qolganini, eski M. yoʻq boʻlib madaniy meros, oʻtmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat oʻzidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boʻlganidek, M. sohasida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham M.ning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanishga utishi milliy M.ga sinfiy yondashishdan, uni sunʼiy tarzda "yagona umummadaniyat"ga aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, mustaqillikkacha boʻlgan soʻnggi yetmish yil davomida M. hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida Gʻarb M.iga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy M.ning boy oʻtmishi bir yoklama oʻrganilib, uning koʻpgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra boʻlib keldi. Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda M.ni yuksaltirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Xalqimizning maʼnaviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urfodatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. "Davlat tili toʻgʻrisida"gi (1989 y. 21 okt.) qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy da-sturi" (1997 y. 29 avg .)ning qabul qilinishi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi (1997 y.), Oʻzbekiston davlat kon-servatoriyasi (2002 y.), Oʻzbek milliy akademik drama teatri (2002 y.), estrada musiqasini rivojlantirish toʻgʻrisidagi va b.boshqa bir qancha qaror va farmonlarning qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng ni-shonlanayotgani davlatimiz tomonidan M.ni rivojlantirishga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikning amaliy ifodasidir.
 
== Adabiyot ==
Qator 40:
* [http://madaniyat.zn.uz/ madaniyat.zn.uz] {{ref-ru}}
* [http://madaniyat.uz/uz Madaniyat.Uz]
{{stub}}
 
== Manbalar ==
[[Turkum:Madaniyat]]
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Madaniyat]]
 
 
{{stub}}
[[diq:Portal:Zagon]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
[[diq:Portal:Zagon]]
{{OʻzME}}