Magniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (2), b-n → bilan, y.da → yilda, va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Magniy''' (Magnesium), Mg — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, at. m. 24,305. Tabiiy M. 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sunʼiy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. M.ni 1808 i. dastlab ingliz fizigi A. Devi amalgama holida olgan. 1829 y.dayilda fransuz kimyogari A. Byussi magniy xloridga kaliy bugʻi taʼsir ettirib, M.ni metall holida ajratib olgan. M. massa jihatidan yer poʻstining 2,35% ni tashkil qiladi. M.ning 100 dan ortiq minerallari boʻlib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezii, karnallit va b.boshqa ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilonizi serpentin minerali hosil boʻladi. Uning tolasimon turi asbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur yer osti karbonat angidrid gazlarining taʼsirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. Tula parchalanganda esa magnezit (MgCO3)ra oʻtadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari taʼsirida dolomitga MgCa(CO3)2 aylanadi. Oʻzbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan.
 
Dengiz suvida 0,38%; baʼzi koʻllar suvida 30% magniy xlorid boʻladi. M. kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, yengil metall, havoda yupqa oksid parda bilan qoplanib, qoramtir tusga kiradi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqpaydi. M.ning zichligi 1740&nbsp;kg/m³, suyuklanish t-rasitemperaturasi 650°, kaynash t-rasitemperaturasi 1105°. M. birikmalarida 2 valentli. Kimyoviy jihatdan juda faol metall. Havoda qizdirilganda koʻzni qamashtiruvchi oq shuʼla chiqarib yonadi va oq rangli magniy oksid MgO, qisman koʻkimtir magniy nitrit Mg3N2 hosil qiladi. Xona haroratida suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Qaynatilganda esa suvdan sekin-asta vodorodni ajratib chiqaradi. Suv bugʻi bilan 400° da shiddatli reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda azot, oltingugurt, galogenlar va b.boshqa metallmaslar bilan birikadi. Suyultirilgan kislotalarda oson erib, vodorod ajratib chikaradi. Oddiy sharoitda ishqorlarning suvdagi eritmasida erimaydi. Vodorodli muhitda 400—500° gacha qizdirilganda gidrid MgH2 hosil qiladi. M.ni 500—600° gacha oltingugurt yoki SO2 va H2S bilan qizdirilganda sulfid MgS hosil boʻladi. MgF2 himoya pardasini hosil qila olishi sababli ftorid kislotada erimaydi. Ishqoriy bikarbonat va ammoniy tuzlari eritmalarida eriydi. M.ning barcha tuzlari rangsiz, achchiq, suvda yaxshi eriydi. M. koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi.
 
M. oʻsimlik va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Baʼzi suv oʻtlari, foraminiferalar, ohakli bulutlar M. konsentratlari hisoblanadi (ular tarkibida 3—4% gacha M. boʻladi). M. oʻsimliklarning yashil pigmenti — xlorofill tarkibiga kiradi.
Qator 10:
Barcha oʻsimliklarning hujayra organellarida va barcha tirik organizmlarning ribosomshritsa M. borligi aniqlangan. M. fosfat kislota tuzlari shaklida fitin tarkibida boʻladi. Odam va hayvonlar organizmi M.ni ovqatdan oladi. Odamning bir kecha-kunduzda M.ga ehtiyoji 0,3—0,5 g . Ovqatda M. tuzlari yetarlicha boʻlmasa, nerv sistemasining normal qoʻzgʻaluvchanligi, muskullarning qisqarishi buziladi. Qoramollar yemida M. yetishmaganda muskullari tortishib, oyoqlari rivojlanmay qoladi.
 
Sanoatda M. elektrolitik, metallotermik va ugletermik usullar b-nbilan, lekin, asosan, MgCl, KC1 va NaCl eritmalari aralashmasini elektroliz qilib olinadi. Metallotermik usulda xom ashyo boʻlib dolomit, qaytargich boʻlib ferrosilitsiy yoki silikoalyuminiy xizmat qiladi. Ugletermik usulda M. MgO bilan uglerod aralashmasini 2100° dan yuqori haroratda germetik pechlarda qizdirib olinadi.
 
Pirotexnikada, metallurgiyada qotishmalar, qiyin qaytariladigan metallar (vanadiy, titan, uran, sirkoniy), mustahkam choʻyan olishda, atom texnikasida, kino, fotografiya va yoritish texnikasida ishlatiladi.