Mavritaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Alpinu (munozara | hissa)
k French spelling (Republique → République)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (5), t-ra → temperatura (2), b-n → bilan, sh.da → shahrida (2), Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (17), va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va bosh using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Mavritaniya''' (Mauritanis), Mavritaniya Islom Respublikasi (AlJumhuriya al-Islomiya al-Mavritaniya, République Islamique Mauritanie) — Afrikaning shim.-gʻarbidagi davlat. Mayd.Maydoni 1031 ming km². Aholisi 2,7 mln. kishi (2001). Poytaxti — Nuakshot sh. Maʼmuriy jihatdan 12 viloyat (region) ga boʻlinadi, poytaxti — Nuakshot sh. muxtor okrug (district) sifatida ajratilgan.
 
== Davlat tuzumi ==
M. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y.dayilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1992 y.danyildan polkovnik Maauyya uld Sidi Ahmad Tayya). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 y. muddatga saylanadi va bir necha marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 2 palatali parlament (Milliy assambleya va Senat). Ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi, bosh vazirni prezident tayinlaydi.
 
== Tabiati ==
M. ning koʻp qismi Gʻarbiy Sahroi Kabirning qumli va toshloq choʻllari, Atlantika okeaniga tutash sohili pasttekislik. Yer yuzasida pasttekisliklar va uncha baland boʻlmagan platolar koʻp. Mamlakat hududi tokembriy jinslaridan tarkib topgan qad. AfrikaArabiston platformasiga mansub. Mis, temir rudalari, shuningdek, toshtuz, gips, fosforit konlari bor. Iqlimi tropik choʻl iqlimi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasitemperaturasi 16—20°, iyulniki 30—32°. Eng yuqori t-ratemperatura 40—45°. Sharqdan tez-tez issiq shamol esib turadi. Yillik yogʻin 50–100&nbsp;mm. M.da Senegaldan boshqa oqar daryolari yoʻq. Ekinlarni sugʻorishda daryo, yer osti va buloq suvlaridan foydalaniladi. Choʻllarda butalar, akatsiya va b.boshqa oʻsadi. M.da sudralib yuruvchilar, kemiruvchilar koʻp; chiyaboʻri, fenek tulkisi, gʻizol, kiyik va b.boshqa bor. Qirgʻoq suvlari ovlanadigan baliklarga boy. Bandargon milliy bogʻi mavjud.
 
== Aholisi ==
M. tub aholisining 80% dan koʻprogʻini mavrlar tashkil etadi. Ular arab tilining hasaniyya shevasida soʻzlashadi, shuningdek, barbarzenagalar, fulbe, volof, tukuler, soninke va b.boshqa xalqlar yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Rasmiy din — islom. Aholining 39% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari — Nuakshot, Nuadibu, Zuerat, Kaedi.
 
== Tarixi ==
M.ning qad. va oʻrta asrlar tarixi kam oʻrganilgan. 4—11-a.larda M.ning jan. qismi Gʻarbiy Afrika (Gana va b.boshqalar) davlatlari tarkibida boʻlgan. 13—14-a.larda M.ning jan. qismi Mali davlatiga qoʻshilgandan keyin arablar hukmronligi kuchaydi.
 
15-a.dan M.ga portugallar, ispanlar, gollandlar, inglizlar, fransuzlar kelib, qul, oltin, sirach olib keta boshladi. 1783 y.gi Versal sulhiga koʻra, M. sohillari tamoman Fransiyaga tobe boʻlib qoldi. 1903 y.dayilda Fransiya M.ni oʻz protektoratiga aylantirdi. 1920 y. mamlakat rasmiy ravishda Fransiya mustamlakasi deb eʼlon kdlindi. M. xalqi mustamlakachilarga karshi muntazam kurashib keldi.
 
2-jahon urushidan keyin M.da ozodlik harakati kuchaydi. 1946 y.danyildan M. Fransiyaning "dengiz ortidagi hududi". 1958 y.danyildan Fransiya hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika. 1960 y. 28 noyabr da Nuakshotda mustaqil M. Islom Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. 1961 y. mayda M. konstitutsiyasi qabul qilindi. 1991 y.danyildan mamlakatda koʻp partiyali tizimga oʻtiddi. M. tashqi siyosatda bloklarga qoʻshilmaslik, barcha mamlakatlar bilan hamkorlik tamoyiliga sodiq. M. 1961 i. noyabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 28 noyabr — Mustaqillik kuni (1960).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Respublikachilar sotsialdemokratik partiyasi, 1991 y.dayilda tuzilgan; Demokratiya va birlik yoʻlidagi birlashma, 1991 y.dayilda tashkil topgan; M. uygʻonish partiyasi, 1991 y.dayilda asos solingan. M. mehnatkashlari ittifoqi — birlashgan umummilliy kasaba markazi, 1961 y.dayilda tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
 
== Xoʻjaligi ==
M. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.qishloq xoʻjaligi (baliqchilik bilan birga) ulushi 30%, sanoat ulushi 19,2%. Ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif rivojlangan. Mustaqillikka erishilgach, hukumat q.x.qishloq xoʻjaligi va baliqchilikni jadal rivojlantirish, xorijiy sarmoya qoʻyishni ragʻbatlantirish tadbirlarini koʻrdi. Konchilik sanoati rivoj topgan. Qayta ishlash sanoati oziq-ovqat (baliq va goʻshtni qayta ishlash, qandshakar va konserva i.ch.), kimyo, neft mahsulotlari, koʻnchilik, tikuvchilik, gilamdoʻzlik tarmoqlaridan iborat. Dengiz suvini chuchuklashtirish kurilmasi oʻrnatilgan. Yiliga 140 mln. kVt/soat elektr energiya qosil qilinadi. Anʼanaviy hunarmandchilikni rivojlantirish ragʻbatlantiriladi. Sanoat korxonalarining aksariyati Nuakshot sh.dashahrida joylashgan. Koʻpchilik aholi band boʻlgan q.x.qishloq xoʻjaligi zaif. Uning asosiy tarmogʻi — koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik. Qoramol, tuya, qoʻy, echki, eshak, ot boqiladi. Baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Senegal daryosi boʻyida va vohalardagina dehqonchilik qilinadi. Hududining 2/5 qismi yaylov. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, batat, dukkaklilar, sholi, yer yongʻoq, xurmo va b.boshqa Akatsiya daraxtining muayyan turlaridan ajralib chiqadigan yopishqoq modda — gummiarabik (arab yelimi) eksport ahamiyatiga ega. Tez-tez boʻlib turadigan qurgʻ-oqchilik q.x.gaqishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Temir yoʻllari uz. —0,7 ming , avtomobil yoʻllari uz. —8 ming km dan ortiq. Asosiy dengiz portlari va xalqaro aeroportlari — Nuakshot va Nuadibu. Senegal daryosining quyi oqimida kema qatnaydi. M.dan chetga temir rudasi, oltin, gips, baliq va baliq mahsulotlari, chorva, teri va b.boshqa chiqariladi. M.ga chetdan sanoat mollari, neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, oziq-ovqat keltiriladi. Tashqi savdoda Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, AQSH, XXR bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — ugiya.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Boshlangich taʼlim majburiy hisoblanadi, biroq bolalarning oz qismi maktabga qatnaydi. M.da 1214 boshlangʻich va 51 oʻrta maktab bor. Oʻqish muddati: boshlangʻich maktabda 6 y., oʻrta maktabda ham 6 y. Boshlangʻich maktablarda darc arab tilida, oʻrta va oliy maktablarda fransuz tilida olib boriladi; boshlangʻich maktablarda fransuz tili ham oʻrgatiladi. Oliy oʻquv yurtlari: Nuakshotda universitet (1983), Ped. instituti (1971), Oliy maʼmuriy maktab. Butilimit sh.dashahrida Oliy islom tadqiqot instituti (1961) bor. Yoshlarning aksariyati Fransiya, Senegal va b.boshqa mamlakatlarning untlariga borib oʻqiydi. M.da konchilik sanoati i.t. markazi, sabzavotchilik i.t. instituti, bir necha q.x.qishloq xoʻjaligi tajriba st-yasi, Ped. hujjatlashtirish markazi (1962) bor. Nuakshotda Milliy kutubxona (1961), Milliy arxiv (kutubxonasi b-nbilan, 1955) va Markaziy ommaviy kutubxona mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M. da chiqadigan asosiy nashrlar: "Ash-shaab" ("Xalq", 1975 y.danyildan, arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik hukumat gaz.), "Pyopl" ("Xalq", fransuz va arab tillarida yiliga 6 marta chiqadigan gaz.), "Jurnal ofisyel" ("Rasmiy gaz.", fransuz tilida haftasiga 2 marta chiqadigan hukumat xabarnomasi). M. radioeshittirish va telekoʻrsatuv xizmatiga 1958 y.dayilda asos solingan; arab, fransuz va mahalliy tillarda eshittirish va koʻrsatuvlar olib boradi. M. axborot agentligi 1975 y.dayilda tuzilgan boʻlib, 1990 y.gachayilgacha M. matbuot agentligi deb atalgan; u hukumat nazoratida.
 
Adabiyoti mumtoz arab tilida, arab tilining hasaniyya shevasida va barbar tilida. Arablar kelishidan avval barbar qabilalarining xalq ogʻzaki ijodiyoti mavjud boʻlgan va u rivojlanib kelayotir. Mumtoz arab tilida dastlabki diniy va tarixiy mazmundagi asarlar 11-a.dan maʼlum. Hasaniyya shevasida qaxramonlik dostonlari va musiqiy sheʼrlar yaratilgan. 16-a.da mumtoz arab tilida dunyoviy sheʼriyat vujudga keldi. 17— 18-a.larda U.Razga, Bu Fumuayn, M. al-Yadali, 19-a.da U at-Telba, U. Muhamdi, U. ash-shayx Sidiya kabi atoqli shoirlar ijod qildi. Zamonaviy shoirlar orasida Al-Muxtor al-hamid, Xatri ibn-Xatri, Ualla Abnilar bor. Bakken sheʼrlari mahalliy shevada va mumtoz shaklda yozilgan.
 
Meʼmorligi, tasviriy va amaliy sanʼati. Mamlakat jan.da neolit davriga mansub oʻnlab istehkomli manzilgohlar (tepaliklarda tosh devor bilan oʻralgan tosh uylar) topilgan. Barbarlarning eni 15 m gacha, bal. 2 m li "shusha" deb atalgan doirasimon kabristonlari mil. av. 1ming yillikka oid deb hisoblanadi. Mil. 7—11-a.larda savdo yoʻllarida, quduqlar atrofida bogʻlar, tosh uylar va mayejidlar paydo boʻlib, barbar manzilgohlari hosil boʻlgan va ular asta-sekin shaharlarga aylanib borgan. 11 —12-a.lardan M. hududida toʻgʻri burchakli, yassi tomli, ichki hovlili uylar, chorsi minorali masjidlar qurilgan. Gʻarbda imoratlar gʻishtdan gul solib qurilsa, sharqda binolar sirti suvaladi, kiraverishi qizil-oq rangda naqshlanadi. 20-a.da Nuakshot, Nuadibu sh.larida yevropacha imoratlar barpo etildi, ayrim shaharlar oʻrta asr qiyofasida qolgan. Neolit davriga oid sanʼat asarlari (qoya toshlarga oʻyib chizilgan rasmlar, "shusha"lar) saqlangan. Oʻrta asrlarda M. hududida arab barbarlarning madaniyati rivoj topgan. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari (metall, sopol, charm, yogʻoch va b.danboshqalardan buyumlar yasash) mavritan sanʼatining oʻziga xos uslubida rivojlangan. Zargarlik va kulolchilik ravnaq topgan.
 
== Musiqasi ==
Qator 38:
 
== Kinosi ==
Mustaqillikka erishilgunga qadar M.ning oʻz kino sanʼati yoʻq edi. 1967—68 y.lardayillarda mahalliy rej. Med Xondo dastlabki qisqa metrajli filmlarini suratga oldi. 1971 va 1974 y.dayilda uning "O quyoshi" hamda "Qoʻshningiz, negritoslar" filmlari va 1980 y.dayilda "Vest-Indiya" filmi ekranga chiqdi. Xondo ijodi boshqa mavritan rej.lari va aktyorlari taqdiriga katta taʼsir oʻtkazdi. Jumladan, kinorej. va aktyor Sidney Sokxonaning "Alloh yetimlari", "Millati — muhojir", "Safrana yoki Gapirish huquqi" filmlari muhojirlik muammosiga bagʻishlangan. M. tabiati, anʼanalari va musiqiy madaniyatiga bagʻishlangan rangli hujjatli filmlar ham suratga olingan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->