Metamorfoz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Innotata (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) using AWB
Qator 3:
Hasharotlarda M. chala va toʻliq oʻzgarish orqali boradi. Chala uzgarish orqali rivojlanish, yaʼni gemimetaboliya orqali rivojlanadigan hasharotlarda tuxumdan chiqqan lichinka va voyaga yetgan hayvonning yashash tarzi va tuzilishi uxshash bulib, uzgarish faqat boshlangʻich qanotlarning asta-sekin usib borishidan iborat (kunliklar, ninachilar, suvaraklar, chigirtkalar, teng qanotlilar, yarim qattiq qanotlilar, beshiktervatarlar, bitlar). Toʻliq uzgarish, yaʼni golometa-boliya orqali rivojlanishda tuxumdan tuzilishi va hayot kechirishi bilan voyaga yetgan hasharotdan keskin farq qiladigan chuvalchangsimon lichinka chiqadi (qattiq qanotlilar, tangacha qanotlilar, parda qanotlilar, ikki qanotlilar, burgalar, termitlar, toʻrqanotlilar). Chuvalchangsimon lichinka oziqlanish, voyaga yetgan hasharot esa tarqalish va koʻpayish funksiyasini bajaradi. [[Lichinka]] gʻumbakka aylanadi. Gʻ[[umbak]]dan voyaga yetgan hasharot chiqadi (q. Gʻ[[umbak]]). Umurtqali hayvonlardan minogalar va suvda hamda quruqliqda yashovchilarda M. keskin namoyon boʻladi. Minogalar lichinkasi suv tubidagi loyda yashaydi. Voyaga yetgan minoga baliqlar terisida parazitlik qiladi. Suvda va quruklikda yashovchilarda tuxumdan itbaliq deb ataladigan lichinka chiqadi. M. jarayonida itbaliqning lichinkalik organlari asta-sekin yoʻqolib, voyaga yetgan hayvonga aylanadi. M. ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan gormonlar orqali boshqariladi.
 
Oʻsimliklarda — bajaradigan funksiyasi yoki shart-sharoitning almashinuvi bilan bogʻliq holda oʻsimlik asosiy organlari koʻrinishining oʻzgarishi; M. ontogenezpya vujudga kelib, evolyusiya jarayonida mustahkamlanadi. Noqulay yashash muhiti, suv tanqisligi sababli barg va novda M.ga uchraydi. Mas, kaktusda barglar sertikan novdaga aylanib, suv bugʻlatish yuzasi kamaygan; fotosintez jarayoni uchun zarur suv zaxirasi etli poyada saqgsanadi. Baʼzi oʻsimliklar (doʻlana, gledichiya)da barglar tikanga, yorugʻlik kam tushadigan sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar (liana, tok) novdasi ilashib oʻsishiga yordamlashuvchi gajakka, hasharotxoʻr oʻsimliklar bargi oʻziga xos qopqonga aylangan va q.k. Koʻp yillik oʻt oʻsimliklarda yer osti novdasi za-xira oziq moddalari toʻplanishi sababli, koʻrinishi oʻzgargan, yaʼni metamor-fozlashgan (mas, kartoshka tuganagi, piyozboshi va b.boshqalar).
 
Gulli oʻsimliklar guli ham metamorfozlashgan novdadan iborat. Kosachabarg, tojbarg, changchi va urugʻchi barglar bargdan, guloʻrni esa poddan hosil boʻlgan.
Qator 11:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}