Shergʻozixon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Messir (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Sh.ga → shahriga (2) using AWB
Qator 1:
{{Xorazm hukmdorlari}}
'''Shergʻozixon''' / '''Shir Gazi''' (?, Buxoro 1727 yil dek., Xiva) — Xiva xoni (1715—27), [[Xorazm]] xoni (1715 — 1728). Jontoʻraxonning oʻgʻli. Madrasada tahsil olgan. 1715 yil Yodgorxon vafotidan soʻng , [[Buxoro]]dan keltirilib [[Xiva]] taxtiga oʻtqazilgan. Sh.gashahriga qarshi Orol boʻyida yashovchi qoraqalpoqlar Ishimxon boshchiligida isyon koʻtarishgan. Sh. ular ustiga qoʻshin tortib katta oʻljalar, koʻplab asirlar bilan qaytgan. 1715 yil Sh. Xurosonga yurish qilib [[Mashhad]]ni egallagan, Nishopurni qamal qilib egallay olmagan (1716). Sh. davrida [[Pyotr I]] tomonidan yuborilgan [[BekovichCherkasskiy]] josuslik ekspeditsiyasi qirib tashlangan (1717). [[Rossiya]] [[Xiva xonlig]]ini oʻz taʼsir doirasiga kirita olmagach, har ikki [[davlat]] oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Vaziyatni yumshatish uchun 1720 yil Xiva elchilari Rossiyaga joʻnatilgan, lekin elchilik aʼzolari qamoqqa olingan, ulardan atigi bir kishigina Xivaga qaytishga muvaffaq boʻlgan. Rossiya hukumati Xiva xonligi orqali Oʻrta Osiyoga kirib kelish fikridan voz kechmagan, bu paytda Rossiyada Buxoro xonligining Qulibek (q. [[Xonquli toʻpchiboshi]]) boshchiligidagi elchilari bor edi. Rossiya hukumati F. Beneveniii ularga qoʻshib Buxoroga joʻnatgan va Buxoro xonligini Xivaga qarshi gijgijlagan. Qalmiqlar xoni Ayuqaning Sh.gashahriga yuborgan maʼlumotiga koʻra (1723 yil may), rus qoʻshinlari Saratovda toʻplanib, 1724 yil bahorida Xivaga yurishga tayyorgarlik koʻrishgan. Sh. Orol boʻyidagi isyonkor qabilalar ruslarni Xivaga boshlab kelishidan va oʻrniga Buxorodan keltirilgan (1721) Temur sulton (Shoh Temur)ni xon qilib koʻtarishlaridan xavotirda edi. Temur Sulton xonlikdagi Vazir, Gurlan, Shohobod, Bagʻlon, Uygur, Yangi Urganch, Xonqa va Xazoraspni olgan boʻlsada, butun xonlikni egallay olmagan. Xonlikdagi ichki urushlar Sh. vafotiga qadar davom etgan. Sh. Xivadagi madrasa (Shergʻozixon madrasasi) qurilish chogʻida mashhadlik gʻulomlar tomonidan oʻldirilgan. Munianing yozishicha, Sh. odil, maʼrifatparvar hukmdor boʻlib, koʻp vaqtini ilm ahli bilan suhbatda oʻtkazgan. Uning davrida ilm-fan va sheʼriyat rivojlangan.
 
Saʼdulla Otamurodov.
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Xorazm hukmdorlari]]
 
 
{{stub}}