Tellur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2), va b. → va boshqa using AWB
Qator 7:
'''Tellur''' (Tellurium), Te — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 52; at. m. 127,60. T. 8 ta barkaror (massa sonlari 120, 122, 123, 124, 125, 126, 128, 130 boʻlgan) izotopdan iborat. Bulardan |28Te (31,79%) va 130Te (34,48%) keng tarkalgan. Uning bir necha sunʼiy radioaktiv izotopi olingan. Ulardan |27Te va |29Te nishonli atomlar holida ishlatiladi.
 
T. ni dastlab 1782 y.dayilda vengriyalik kon muhandisi F. Myuller fon Reyxshteyn oltinli rudani tekshirish natijasida kashf etgan. Nemis olimi M. Klaprot 1798 y.dayilda Myuller kashfiyotining toʻgʻriligini tasdiqladi va yangi elementga Yerni sharaflab "Tellur" (lot. tellus — Yer) nomini berdi. T. tarqoq element. Yer poʻstining massa jihatidan ~110~7% ini tashkil etadi. T. tabiatda ogʻir metallarning sulfidli rudalari tarkibida va mustaqil minerallari — kalaverit AiTe2, krennerit (Ai, Ag)Te2, geye sit Ag2Te, tetradimit Bi2Te2S, tellur vismutit Bi2Te3 va b.boshqa holida uchraydi.
 
T. oqishkulrang , metallday yaltiroq, moʻrt kristall modda; zichligi 6,25 g/sm³, suyuqlanish trasi 450°, qaynash trasi 990°. T. yarim oʻtkazgich xossasiga ega. Odatdagi sharoitda T.ga havo xam, kislorod ham taʼsir etmaydi; lekin T. kislorodsa qizdirilganda zangori tusda yonib, TeO2 ga aylanadi. T. —2, Q4 va Q6 valentli. T. bilan galogenlar orasida odatdagi sharoitda (yod bilan suv ishtirokida) birikish reaksiyasi boradi. T. qizdirilganida metallar bilan reaksiyaga kirishib, telluridlar hosil boʻladi. 100— 160° da suv bilan reaksiyaga kirishib, vodorod va TeO2 xreil qiladi. Vodorod bilan bevosita birikmaydi; uning gidridi N2Te rux telluridga kislota taʼsir etishidan hrsil boʻladi. Konsentrlangan sulfat kislota T. bilan TeSO3 tarkibli (90° da parchalanadigan) modda hosil qiladi. T. ishqorlarda sekin, zar suvida yaxshi eriydi. TeO2 — tellurit kislota angidridi, TeO3 esa tellurat kislota angidrididir. T.ning organik birikmalari ham maʼlum. T. va uning birikmalari (ayniqsa, N2Te) nihoyatda zaharli. T. metall sulfidlarni qayta ishlashda va elektroliz yoʻli bilan oltin, kumush, mis olishda "anod balchiq" tarkibida yonaki mahsulot sifatida xreil boʻladi. Tarkibida T. va selen boʻlgan rudalarni qayta ishlash yoʻli bilan T. va selenning eruvchan birikmalari xreil qilinadi. Eritma orqali sulfit angidrid SO2 oʻtkazilsa, selen va T. choʻkmaga tushadi. Hosil qilingan erkin T.dan qayta suyuqlantirish, vakuumda haydash yoki zonalar boʻylab suyukdantirish yoʻli bilan sof T. olinadi.