Terrorizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (4), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
'''Terrorizm''' (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va b.boshqalar). T. yakka tartibdagi va guruhli T. (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat T.i tushunchasi gʻam qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). T. oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, qavo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, T. oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda T. diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻlikdigi, chatishib ketishi kuzatila boshladi.
 
T.ga qarshi kurashni kuchaytirish boʻyicha aksariyat mamlakatlarda koʻp tomonlama konvensiyalar va qonun aktlari qabul kilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilindi (2000 y. 15 dek.). Ushbu qonunda T. — siyosiy, diniy, mafkuraviy va b.boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, molmulk va b.boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiysiyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi. Qonunda davlat organlarining T.ga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻvositalar va resurelar berish yoki yigʻishga, boshqa xshmatlar koʻrsatishga qaratilgan harakat 8 y.danyildan 10 y.gachayilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 y.danyildan 20 y.gachayilgacha ozodlikdan maxrum qilish yoki oʻlim jazosi belgilanadi.
 
T.ni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning xarakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Qator 9:
 
Mirzayusuf Rustamboyev.
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi --> dlkjasdljakfjasdfkkslgdnkgjhrtjkyrt,mgjddsjgdg
 
 
{{stub}}