Xitoy yozuvi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (3) using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: X.yo. → {{subst:FULLPAGENAME}} (5), Hoz. → Hozirgi, y.da → yilda using AWB |
||
Qator 1:
'''Xitoy yozuvi''' - soʻz va morfemalarni yozishda maxsus belgilar — iyerogliflar qoʻllanadigan yozuv.
Xitoy anʼanalarida iyerogliflarning 6 turkumi farklanib, ular 3 guruhga ajratiladi: 1) piktogrammalar va ideogrammalar — 1500 atrofida boʻlib, ular eng qad. sodda belgilar, shuningdek, mavhumroq maʼnolarni ifodalovchi aralash belgilardan iborat; 2) fonogrammalar (iyerogliflarning koʻpchiligi) — soʻz yoki morfemaning maʼnosiga ishora qiluvchi ochqich (kalit)lardan iborat murakkab belgilar hamda belgining aniq yoki taxminan talaffuzini koʻrsatuvchi fonetik belgilardir. Ochqichlar har doim sodda belgilar koʻrinishida, fonetik belgilar esa sodda va murakkab holatda boʻladi. Xitoy lugʻatlarida iyerogliflar odatda ochqichlar boʻyicha joylashtiriladi; 3) "oʻzlashma" iyerogliflar — dastlab muayyan soʻzlarni yozish uchun yaratilgan, keyinchalik boshqa, mavhum maʼnoli soʻzlarni yozish uchun qoʻllangan turli koʻrinishdagi belgilar. Ayni bir iyeroglif maʼnosi bir xil boʻlsada, turli laxjalarda fonetik jihatdan farqlanuvchi soʻzlarni, shuningdek, qad. va hozirgi tidda talaffuz jihatdan anchagina farq qiluvchi soʻzlarni yozish uchun qoʻllanadi.
1958 y. fevralda XXRning Xitoy iyerogliflarini isloh qilish qoʻmitasi tomonidan iyerogliflarning talaffuzi uchun lotin grafikasi asosida 26 harfdan iborat transkripsion alifbo qabul qilindi. Ushbu alifbo hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalarida keng qoʻllanmoqda.
== Adabiyot ==
|