Angor tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: A.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (3), t-ra → temperatura (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Mayd. → Maydoni, va b. → va boshqa using AWB
Qator 67:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Angor tumani''' — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952 y. 16 apr.da tashkil etilgan. 1962 y. 24 dek.da Ter-miz tumaniga birlashtirilgan. 1979 y.4 dek.da qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlari bilan che-garadosh. Mayd.Maydoni 0,39 ming km². Aholisi 85 ming kishi (1997). Angor tumani da 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yig‘ini (Istiqlol, Do‘stlik, Zang , Navoiy, Tal-limaron, Yangiobod, Qayran) bor. Marka-zi — Angor shaharchasi.Angorda mil. av. 6 — 4- a.larda aholi manzillari bo‘lgan. Kushan podsholi-gi davrida (1—3- a.lar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qal’asi Angorning markazi bo‘lgan. 6 — 7-a.lar-da qal’alar, qo‘rg‘onlar vujudga kelgan. O‘tmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo‘nib o‘tadigan qishloq hisoblangan.Tabiati. Tuman viloyatning eng jan.da joylashgan. Shim.da Kiziriq, g‘arbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shim.da Xovdog‘, jan.-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtro-pik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanv.ning o‘rtacha temperaturasi 2 — 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 31 — 32°. Yiliga 120 – 130&nbsp;mm yog‘in tu-shadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining g‘arbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib o‘tadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sug‘oriladi. Tuprog‘i bo‘z, taqir, qumloq tuproq. Tuproq sho‘rlanishini kamay-tirish uchun tuman hududi bo‘ylab shim.-sharqdan jan.-g‘arb yo‘nalishida zovur qazilgan. Sho‘ra, yantoq, jing‘il, qiyoq, qamish, burgan kabi cho‘l o‘simliklari o‘sadi. Tuman hududining ko‘p qismi 484o‘zlashtirilganligi sababli cho‘ldashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi.Aholisining aksari qismi o‘zbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, ta-tar, yahudiy va b.boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1&nbsp;km² ga o‘rtacha 218 kishi to‘g‘ri keladi. Aholisining 90% dan ortig‘i qishloqlarda yashaydi.Xo‘jaligi. Angor tumani da 8 jamoa xo‘jaligi, 104 dehqon-fermer xo‘jaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik kor-xona, 7 sanoat korxonasi bor. Tu-man g‘alla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-gan. Bog‘dorchilik va tokchilik bilan ham shug‘ullaniladi. 1999/2000 o‘quv yilida 40 dan ortiq umumiy ta’lim maktabida 20559 o‘quvchi ta’lim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, mu-allimlar tayyorlash, kasb-hunar litseyi, 2 iqtidorli bolalar litseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyat uyi, 14 qishloq klu-bi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomi-dagi madaniyat va istirohat bog‘i, "Orzu" kinoteatri aholiga xizmat ko‘rsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulato-riyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2000).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->