Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
'''Aqida''' (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltir-masdan, muhokama yuritmasdan e’tiqod qilinishi lozim bo‘lgan diniy talablar. Islom A.larining asosi Qur’onda be-rilgan, hadislardagi ko‘rsatmalar ne-gizida ishlab chiqilib, tartibga solin-gan. Islomning sunniylik yo‘nalishi ilohiyotida e’tirof etiladigan A.lar yoki imon talablari 7 ta: Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas bitiklarga, payg‘ambarlarga, oxiratga, taqdirga va inson qazo qilganidan so‘ng qayta tirilishiga ishonish (q. Sunniy-lik). Shialik yo‘nalishi ilohiyotida 5 A. tan olinadi: tavhid (Allohning yagonaligi), nubuvvat (payg‘ambar) ga ishonish, adl (ilohiy taqdirning ado-latligiga ishonish), imomat (imomlar hokimiyatini tanish), maod (oxiratga ishonish) (q. Shialik).Xristianlikda A.lar birinchi marta 2-jahon sobori tomonidan qabul kilin-gan va u e’tiqod timsoli deb atalgan. U xudoning muqaddas uchlikda (Ota, O‘g‘il va Muqaddas ruhda) namoyon bo‘lishi, Iso (as)ning xaloskorlik missiyasi, uning tirilib osmonga ko‘tarilib ketishi va oxiratda yana qaytib tushishi, jami 12 asosiy A.dan iborat. Keyinchalik jahon soborlari e’tiqod timsolini Iso (as)ning ham ilohiy, ham insoniy tabiat-ga egaligi, ikonaga sig‘inish shartligi haqidagi A.lar bilan boyitgan. Xristian cherkovi bo‘linib ketgandan keyin har bir konfessiya, diniy okim o‘z ta’limo-tiga boshqa xristian cherkovlar e’tirof qilmagan A.larni kiritgan. Katolitsizm a’rof haqidagi, Muqaddas ruh faqat Ota-xudodan emas, balki O‘g‘il-xudodan ham paydo bo‘lganligi, Bibi Maryamning ilohiy tarzda Iso (as)ga homilador bo‘lganligi va uning jismi osmon-ga ko‘tarilib ketgani, Rim papasining e’tiqod va axloq ishlarida begunohligi borasidagi A.ni qabul etdi. Protestan-tizm esa ruhoniylik unvonini berish, muqaddas zaytun moyi surtish va b.boshqa A.larni tan olmay, har bir dindorning o‘z e’tiqodi bilan gunohdan xalos bo‘lishi to‘g‘risidagi A.ni rasm qildi. Pravosla-viye cherkovi yangi A.lar kiritishni rad etib, ilgarigi A.lar mazmunini talqin etish yo‘lidan bordi.
 
== Adabiyotlar ==