Balet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (5), -a.lar → -asrlar (5) using AWB
Qator 1:
'''Balet''' (lot. ballo — raqsga tushaman) — asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna sanʼati turi. Oʻzida sanʼatning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼat kabi turlarini uygʻunlashtiradi, bu sanʼat turlarining hammasi alohida-alohida mavjud boʻlmay, B.ning sintez markazi boʻlgan xoreografiyaga boʻysunadi. B. librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi. B.ning dramaturgik asosi libretto (ssenariy)dan boshlanib, unda asarning asosiy mazmuni, gʻoya, ziddiyat va harakterlari aniq belgilanadi. Libretto koʻpincha adabiy asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish imkoniyati hisobga olinadi. Ssenariy asosida esa kompozitor B. musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna koʻrinishi, parda va nomerlarga boʻlinishi ssenariyda koʻrsatiladi. Musiqa faqat ssenariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. B. musiqasi xoreografiyani yaratish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. B.— musiqada yozilgan, xoreografiyada gavdalantirilgan drama. Xoreografik harakatning asosi raqs va inson tanasining plastikasidir. B.da raqsning mumtoz, harakterli, sahna, xalq, erkin plastika, "modern" kabi turlaridan foydalaniladi. Mumtoz raqs Yevropa B. sanʼatida yetakchi oʻrinni egallab, pantomima, raqsning boshqa turlari, sport va akrobatika elementlari bilan boyib bormoqda. B. spektaklida dekoratsiya, libos, yorugʻlik va b.boshqa hamma tasviriy vositalarni musiqiy-xoreografik harakatga uygʻunlashtirish rassomning vazifasidir. B. spektaklining ijrosi, musiqiy talqini va musiqa bilan raqs harakatining uygʻunligiga dirijyor rahbarlik qiladi. B.ning fojia, komediya, pyesa, B.— simfoniya kabi janrlari mavjud. B. spektakllari bir pardali, koʻp pardali boʻladi. B. atamasi asosan 16 — 19-a.larasrlar davomida shakllangan Yevropa B. sanʼatini ifodalaydi, lekin 20-a.danasrdan kengroq talqin qilinib, Osiyo va Afrika mamlakatlarining raqs tomoshalariga nisbatan ham ishlatiladi. Xoz. Yevropa B.ining paydo boʻlishi qad. xalq musiqali raqs tomoshalariga borib taqaladi. 15 — 16-a.larasrlar teatrlashgan raqslarning shakllanish jarayoni avval Italiyada, soʻng boshqa mamlakatlarda B. sanʼatini vujudga kelishiga sabab boʻldi. 1581 y. Fransiyada yaxlit va rivojlangan mazmunli musiqa, raqs, pantomima, soʻz va ashula bilan ifodalangan birinchi B. spektakli ("Qirolichaning hajviy baleti") yaratildi. 1661 y. Parijda tashkil qilingan "Qirollik raqs akademiyasi" B.ning professional sanʼatga aylanishida katta rol oʻynadi. 18-a.daasrda Angliya, Avstriya va Fransiyada B. batamom mustaqil sanʼat turi sifatida shakllandi. Rossiyada birinchi B. spektakli 17-a.ningasrning 70-y.larida ("Orfey va Evredika haqida balet") yaratilgan.
 
Oʻzbek xalqi qadimdan oʻzining mumtoz raqsiga, rang-barang , rivojlangan raqs madaniyatiga ega boʻlib, bu Oʻzbekistonda professional B. sanʼatining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. 1918 y. Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi zaminida Davlat rus opera teatri tashkil qilindi. Teatr qoshida kichik balet truppasi ham boʻlgan. 1929 y. teatr opera va balet teatri nomini oldi. "Lolaqizgʻaldoq" (R. Glier), "Raymonda" (A. Glazunov), "Ferenji" (B. Yanovskiy), "Boqchasaroy favvorasi", "Kavkaz asiri" (B. Asafyev) kabi B.lar qoʻyildi. 1933 i. Toshkentda 1-Respublika balet maktabi (1935 y.dan Tamaraxonim nomida) ochildi. 1933 y. birinchi oʻzbek milliy B. pantomimasi — "Paxta" (baletmeyster Us t a Olim Komilov) sahnalashtirildi. Keyinchalik "Shohida" (F. Tal), "Gulandom" (Ye. Brusilovskiy), "Togʻlar qalbi" (A. Balanchivadze), "Laylakcha" (D. Klebanov) kabi B.lar oʻzbek mumtoz va xalq raqslari asosida yaratildi. 1941 y.da balet maktabining birinchi bitiruvchilari G. Izmaylova, R. Urmanseva, N. Tarshilova qabilar balet truppasiga kelib qoʻshildi. Ammo truppada tayyorlangan kordebaletning yuqligi mumtoz B.lar qoʻyish imkonini bermasdi. 1943 y.dagina "Oqbilak" (S. Vasilenko) baleti qoʻyildi. 1948 y. oʻzbek opera va balet teatri Sverdlov nomidagi rus opera va balet teatri bilan birlashtirilib, A. Navoiy nomidagi opera va balet teatriga aylantirildi va tajribali kordebalet artistlari bilan kuchaytirildi. "Bukri toychoq" (Ch. Puni), "Don Kixot" (L. Minkus), "Oqqush koʻli" (P. Chaykovskiy) kabi mumtoz, "Raqqosa" (G. Mushel) kabi milliy B.lar qoʻyildi. 1948 — 51 y.lar Moskva xoreografiya bilim yurti qoshida ochilgan oʻzbek balet studiyasida H. Komilova, G. Mavayeva, K. Yusupova, F. Nosirova, Yo. Hojisaidova, L. Bashirova, A. Nazrullayev, R. Tanguriyev va b.boshqa taʼlim oldilar.
 
1947 y. Toshkentda xoreografiya bilim yurti tashkil qilindi. "Yoshlik" (M. Chulaki), "Esmeralda" (Ch. Puni), "Uyqudagi goʻzal" (P. Chaykovskiy) kabi spektakllar qoʻyildi. 50-y.larning oʻrtalarida balet truppasi B. Krriyeva, L. Komilova, S. Tanguriyeva, V. Proskurina, R. Kurmasva, V. Vasilyev, K. Soatov va b.boshqa balet artistlari bilan toʻldirildi. Truppa tarkibining yangilanishi repertuarga ijro uslubi murakkab mumtoz B.larni ("Jizel", "Shopeniana") kiritish imkonini berdi. 60-y.larda "Bolero" (M. Ravel), "Don Juan" (K. Glyuk), "Spartak" (A. Xachaturyan), "Korsar" (A. Adan), "Kashmir afsonasi" (G. Mushel), "Layli va Majnun" (I. Akbarov), "Sevgi tumori", "Temur Malik" (M. Ashrafiy), "Qirqqiz" (L. Feygin), "Semurgʻ" (B. Brovsin), "Suhayl va Mehri" (M. Leviyev) va b.boshqa B.lar sahnalashtirildi. 70-y.larga kelib, mumtoz, zamonaviy va milliy baletlar bilan oʻzbek B.i boyidi. "Tanavor" (A. Kozlovskiy), "Oyimqiz va bezori" (D. Shostakovich), "Antoniy va Kleopatra" (E. Lazarev), "Afsonalar vodiysida" (U. Musayev), "Dunyoning yaratilishi" (A. Petrov), "Sevgi haqida qissa" (O. Medikov), "Sevgi va qilich" (M. Ashrafiy), "Uzilgan qoʻshiq" (A. Kalninsh) va b.boshqa spektakllar shular jumlasidan.
 
80 — 90-y.lar kompozitor va baletmeystrlarning milliy B. yaratish borasidagi harakatlari kuchaydi. "Navroʻz" (Ik. Akbarov), "Quyoshga taʼzim" (R. Ab-dullayev), "Toʻmaris" (U. Musayev) kabi B.lar milliy baletimiz mavqeini yanada koʻtardi. G. Izmaylova, B. Qoriyeva, V. Vasilyev, G. Hamroyeva, N. Yoqubova, R. Tanguriyev, S. Tanguriyeva, 3. Davletmurodova, R. Karimova, F. Saʼdullayeva qabilar oʻzbek B.ini rivojlanishiga munosib hissa qoʻshdilar. 1997 y. Toshkent xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi hamda xoreografiya maktab-internati tashkil etildi.
Qator 9:
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}