Dori: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (3), va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
[[File:12-08-18-tilidin-retard.jpg|thumb]]
'''Dori''' — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday D.ni odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda kuzatiladi. D.lar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim D.lar esa dorixonalarda tayyorlanadi. D.lar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va b.boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va b.boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va b.boshqalar) hamda alohida inʼyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.
 
Taʼsiriga koʻra, yurak D.lari, surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa D.lar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir qiladigan D.lar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa D.lar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. D.larning shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozata bogʻliq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻsha D.ga chidamli qilib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun D.ni faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak.
 
D.lar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inʼyeksiya qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl bilan va qanchalik tez kiritilishiga bogʻliq. Baʼzi D.lar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi (q. [[Kumulyasiya]]). D.ni koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga oʻxshaydi, uning uchun keraksiz D.larni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan D.lar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yoʻllari, ter va b.boshqa orqali chiqib ketadi.
 
D.lar uyda bolalarning boʻyi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir D.ni yaroklilik muddati yorligʻida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan D.lar xili bir kadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.
Qator 12:
== Adabiyot ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}