Erkin kurash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil.av. → miloddan avvalgi using AWB
Qator 22:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Erkin kurash''' — [[sport]] turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. Erkin kurash musobaqalari diametri 9 m (yoki oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 &nbsp;kg , ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78 &nbsp;kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 minutdan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sekunddan. Erkin kurashda siltab tortish, qayirib va aylantirib tashlashga, oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3, 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniqlanadi. Agar qurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1, 2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokorlar qaroriga koʻra ham olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi.
==Tarix==
Qadimdan koʻplab xalqlarning milliy kurash turlarida hozirgi Erkin kurashda qoʻllaniladigan usullar boʻlgan (qarang:[[Kurash]]). [[Yunoniston]]da oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga mil.av.miloddan avvalgi 708 yildan boshlab Erkin kurashga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. Erkin kurashning zamonaviy qoidalari 19-asrning 2-yarmida [[Buyuk Britaniya]]da ishlab chiqilgan. 1894 yilda [[AQSh]]ning [[SentLuis]] shahrida ilk yirik musobaqa tashkil qilingan. Erkin kurash musobaqalari 1904 yildan [[Olimpiada oʻyinlari|zamonaviy olimpiada oʻyinlari]] dasturidan oʻrin olgan. oʻyinlari va [[Yunon rum kurashi|yunonrum kurashi]] turlarini rivojlantirish maqsadida [[1912]]-yilda Xalqaro havaskor kurashchilar assotsiatsiyasi (FINA) tuzilgan, unga 154 davlat ([[Oʻzbekiston]] 1992-yildan) aʼzo. Erkin kurash boʻyicha 1951-yildan erkaklar, 1995-yildan ayollar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi.
==Oʻzbekistonda Erkin kurash==
Oʻzbekistonda Erkin kurash 20-asrning 50-yillaridan ommalasha boshladi. 1956 yildan erkaklar, 2003 yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazilayapti. 20-asrning 90-yillaridan "Mustaqillik kubogi" Granpri musobaqasi, yoshlar oʻrtasida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarning tashkil etilayotgani mamlakatda Oʻzbekistonda Erkin kurashning rivojlanishiga zamin yaratdi. Kursat Ablayev, Georgiy Vanyuxin, Aleksandr Gorelik, Qoʻldosh Asraqulov, [[Obid Nazirov]], Rahmonberdi Ahmedov, [[Salim Abduvaliyev]], Maʼmur Roʻziyev kabi murabbiylar rahbarligida Leonid Shipilev, [[Arsen Fadzayev]], Maxarbek Xadarsev, Ruslan Xinchagov, Ramil Ataulin, Adham Ochilov, [[Dilshod Mansurov]], [[Magomed Ibragimov]], [[Artur Taymazov]] singari erkin kurashchilar olimpiada va Osiyo oʻyinlarida, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda gʻolib chiqishgan. Konstantin Mixaylov, Ravil Biktyakov, Tohir Gʻulomov kabi oʻzbekistonlik hakamlar xalqaro erkin kurash musobaqalarini boshqarishadi. Respublikadagi 715 ta sport maktabi va toʻgarakda 286 murabbiy qoʻl ostida 8780 kishi erkin kurash bilan shugʻullanadi. Ulardan 4807 nafari sport darajasi va unvoniga ega.
Qator 35:
==Manbalar==
<references/>
 
[[Turkum:Sport]]
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Sport]]