Fotoapparat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, y.da → yilda (8), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Mil. av. → Miloddan avvalgi, -a. → -asr (4) using AWB
Qator 3:
Zamonaviy F.larning asosiy uzellari: yoruglik oʻtkazmaydigan kamera (uning korpusi bikr, ikki tomonlama ochiladigan, teleskopik yoki buklama koʻrinishda boʻladi), obʼyekt tasvirini fotomaterial (fotoplyonka yoki fotoplastinka)ga tushirib beradigan obʼyektiv, fotoplyonka yoki fotoplastinkaning yorugʻlik sezgir qatlamiga yorugʻlik nurini oʻtkazishni taʼminlaydigan zatvor, ravshanlikka toʻgʻrilash mexanizmi, vidoiskatel (koʻrinish qidirgich), fotoplyonkani qayta oʻrash mexanizmi, fotoplyonka kassetasi, zatvor va chaqmoqlampa ishini sinxronlovchi sinxrokontakt, ekspozitsiya vaqtini yarim avtomatik aniklaydigan fotoeksponometr, zatvorni ishga tushiradigan avtomatik tepki.
 
Mil.Miloddan av.avvalgi 350 yilda yunon olimi Aristotel kichik teshik (mas, darcha) dan qorongʻi xonaga tushayotgan yorugʻlik nurlaridan xonaning qaramaqarshi devorida tashkaridagi, darcha oldidagi narsalarning yorugʻlik tasviri hosil boʻlishi mumkin, degan edi. 18 asr oʻtgandan keyin Leonardo da Vinchi bu hodisadan turli narsalarning tasvirini qogʻozga chizishda foydalangan. 1611 yilda nemis astronomi I. Kepler ikki linzadan iborat teleskopik tizimni yasadi. 1840 yilda avstriyalik olim I.Petsval bir necha linzadan iborat optik tizimni (obʼyektivni) hisoblab chikdi va uni nemis optigi P.F. Foixtlender yasadi. 19-a.asr 30-yillarida fransiyalik Jiro kassetasi katta boʻlgan yogʻoch fotokamerani koʻplab ishlab chiqardi. 1842 yilda Germaniyada metall korpusli F. ishlab chikarila boshlandi. 1888 yilda amerikalik ixtirochi J. Istmen dunyoda birinchi marta rolikka oʻralgan fotoplyonka oʻrnatilgan F. yaratdi. 1924 yilda "Leys" firmasi kichik formatli "Leyka" F.ni, 1970-yillarda ekspozitsion parametrlari yarim avtomatik va avtomatik oʻrnatiladigan, obʼyektivi avtomatik fokus lanadigan, fotozatvori elektron boshqariladigan, plyonkani tortish mexanizmi elektr yuritmali F.lar yaratildi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan, uyali telefon apparatiga "singdirilgan" F.lar mavjud.
 
Chet elda F. ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 50 dan ortiq konsern, firma va zavodlar mavjud, jumladan: "Istmen kodak", "Polyaroid" (AQSH), "AlfaGevert" (GermaniyaBelgiya), "Nippon kogaku", "Kenon", "Minolta kamera", "Asaxi optikl", "Konisirovku foto" (Yaponiya), "Leys", "Rolley", "Karl Braun", "Minoks", "Pentakon" (Germaniya), "Xassel blad" (Shvetsiya), "Krasnogorsk zavodi", "LOMO" birlashmasi (Rossiya), "Arsenal zavodi" (Ukraina) va boshqa
Qator 11:
Qoʻllaniladigan fotomaterialga qarab, F.lar plyonkali va plastinkali boʻladi.
 
Baʼzida F.dan koʻz ilgʻamas (fotoqatlamda qayd qilinadigan) ultrabinafsha yoki infraqizil nurlarni suratga tushirishda foydalaniladi. Bunday hollarda koʻzguli obʼyektiv yoki nurlarga moye keluvchi linza komponentlari, shaffof materiallar: kvars, flyuorit, litiy ftoridli (ultrabinafsha nurlar uchun); natriy xlorid, kremniy, germaniyli (infraqizil nurlar uchun) obʼyektiv ishlatiladi. Obʼyekt tasvirini biror tor spektral intervalda olish yoki fotosʼyomkada surat badiiy yaqqol chiqishi uchun obʼyektivda olib qoʻyiladigan turli yoruglik filtrlari qoʻllaniladi. 20-a.asr oxiri va 21-a.asr boshlaridan raqamli F. qoʻllanila boshlandi. FOTOBIOLOGIYA (foto... va biologiya) — ultrabinafsha va infraqizil nurlar taʼsirida organizmlarda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganadigan fan; biol.ningbirboʻlimi. F.ga 18—19a.larda asos solingan. Uning paydo boʻlishi fotosintezning kashf etilishi, rangli koʻrish jarayonining asoslab berilishi, yorugʻlik ishtirokida sodir boʻladigan tabiiy hodisalar (fotoperiodizm, fototaksis va boshqalar) ning aniqlanishi bilan bogʻliq. Lekin F. mustaqil fan sifatida 20-a.ningasrning 2yarmida nurlanish kvant taʼlimotining ishlab chiqilishi, shuningdek, biokimyo, biofizika va fiziologiyaning rivojlanishi bilan bogʻliq. F.ning vazifasi yorugʻlik kvantlari energiyasining kimyoviy boglar va biologik membranalardagi elektr potensial energiyasiga aylanishini xamda fotobiologik jarayonlarda fotokimyoviy va qorongʻilik fermentativ fazalarining oʻzaro bogʻlanishini aniklash, fotoretseptorlar va ular funksiyasining molekulyar asoslarini oʻrganish hamda fotobiologik jarayonlarning samaradorligi sabablarini koʻrsatib berishdan iborat.
 
F. sohasidagi tadqiqotlar qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining hosildorligini oshirish, quyosh nuridan foydalanish, fotobiologik hodisalar prinsiplari asosida sunʼiy sistemalar yaratish, lazer nurlaridan biol., fototerapiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida amaliy foydalanishga oid.