Hadis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil, -a.da → -asrda (2) using AWB
Qator 6:
Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʻz H.larini aytardi. Bu H.larni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng H.larni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi H. kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin H. toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar H.lari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.
 
Hijriy 3-a.daasrda H. taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi H.lar bir joyda keltirilib, ular H. rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging H. kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli H.lar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli H.lar bilan bir qatorda "zaif" H.lar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.
 
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy H. toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar H. toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon H.lar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima H.lar yuzaga kelgan.
 
Davr oʻtishi bilan H.lar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-a.asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan H.ning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (q. [[Muslim ibn Hajjoj]]), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". "Sahihi Buxoriy" koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta H. toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. H.lar toʻplami sunna deb nom olgan. H.larni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
 
Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga H. shaklida oʻtgan. H. yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. H. har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat f-tlarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" H.lar toʻplami 4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. - 1996, 3-j. - 1994, 4-j. -1992), 2nashri esa 1997 yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muham-mad Termiziyning "Sahihi Termiziy" H.lar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999 y.yil Toshkentdachop etildi. Bulardan tashqari "Ming bir hadis" tarjimasi, "Qudsiy hadislar" tarjimasi ham nashr etildi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->