Kartoshka: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mayd. → maydoni (2), y.lar → yillar (6), va b. → va boshqa (2) using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil, -a. → -asr (2) using AWB |
||
Qator 1:
'''Kartoshka''' (Solanum tuberosum L.) — tomatdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Jan. Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Jan. va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and K.si (S.andigenum) va chili K. yoki yevropa K.si (S.tuberosum) bir yillik ekin sifatida ekiladi. K.ni Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565
K. oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. K. tuganagi tarkibida 75—80% suv, 23,7% quruq modda, shu jumladan, 17,5% kraxmal, 1—2% oqsil, 0,5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), poʻstida esa zaharli modda — solonin bor. K. kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga koʻra, bir kishi uchun yillik K. isteʼmoli mikdori 45 kg ni tashkil etadi.
|